|
Kompyuterli modellashtirish |
bet | 68/141 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | | | #138013 |
Bog'liq KM majmua (1)6-amaliy mashg`ulot.
Mavzu: Matritsalarning asosiy xarakteristikalarini hisoblash.
Reja
1. Amaliy mashg`ulot uchun kerakli jihozlar
2. Nazariy ma`lumotlar
3. MATLAB tizimining matrisaviy amallarga yo’naltirilganligi
4. Tizimlarni
modellashtirish
va
loyihalashning
turli
bochqichlarida
qo‘llaniladigan modellar va modellashtirish vositalari.
5. Amaliy qism
6. Amaliy topshiriqlar
Kerakli jihozlar.
Matlab®/Simulink®dasturiy ta’minoti bilan ta’minlangan
kompyuterlar va printerlar.
MATLAB tizimining matrisaviy amallarga yo’naltirilganligi
MATLAB vaqt sinovidan o’tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish
tizimlaridan biridir. U matrisaviy amallarni qo’llashga asoslangan. Bu narsa tizimning
nomi- MATrix LABoratory-matrisaviy laboratoriyada o’z aksini topgan. Matritsalar
MATLAB tizimining asosiy obyektlari hisoblanadi: 4.x versiyasida faqat bir
o’lchamli massisvlar-vektorlar va ikki o’lchamli massivlar-matritsalar; 5.0 versiyasida
ko’p o’lchhamli massivlardan-tenzorlardan foydalanish
imkoniyati mavjud.
MATLAB tizimi vektorlar va matrisalar ustida murakkab amallarni bajaradi. Undan
arifmetik va algebraik amallardan tashqari matrisalarni invertirlash, ularning xususiy
qiymatlarini hisoblash, chiziqli tenglamalar sistemasini yechish, ikki va uch o’lchamli
funksiyalarning grafiklarini olish va boshqa ko’plab amallarni bajaruvchi kuchli
kalkulyator sifatida ham foydalanish mumkin. Oddiy son va o’zgaruvchilarga ham
MATABda 1x1 o’lchamli matrisa sifatida qaraladi. Shu sababli oddiy sonlar va
massiv-lar ustida bajariladigan amallarning shakli va usullarida bir xillikka erishilgan.
MATLAB - kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga oson
moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo’l bilan kengayishi va bu
kengayish m-fayllar ko’rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, tizimning
kengayishlari kompyuterning qattiq diskida saqlanadi va MATLABning biriktirilgan
(ichki) funksiyalari va proseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish uchun
chaqiriladi. Zarur hollarda vektor va matrisalar massivlarga aylantiriladi va ularning
qiymatlari har bir element uchun hisoblanadi. MATLAB oddiy arifmetik amallar va
elementar funksiyalarni hisoblashdan tashqari vektorlar va matrisalar, kompleks
sonlar, qatorlar va polinomlar bilan ham amallar bajaruvchi g’ayrioddiy
superkalkulyatorga aylantiradi. Quyida massiv va matritsalar, matritaslar ustida
amallar, maxsus matritsalarning MATLAB tizimining 4.x versiyasida tashkil etish
funksiyalari tavsifi keltirlgan:
|
| |