• Elektron sxemalar ishlab chiquvchisi
  • Tizim arxitektori
  • Mutaxassis Masalalar doirasi




    Download 26,25 Kb.
    bet3/7
    Sana15.05.2024
    Hajmi26,25 Kb.
    #235094
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Kompyuterni tashkil etilishi-azkurs.org

    Mutaxassis


    Masalalar doirasi


    Yarimo’tkazgich materiallarini ishlab chiqaruvchisi

    Integral mikrosxemalar uchun material (kremniy qotishmasi, kremniy dioksidi va boshqalar)




    Elektron sxemalar ishlab chiquvchisi

    HM tugunlarining elektron sxemalari (ishlab chiqish va tahlil qilish)




    Integral mikrosxemalar ishlab chiquvchisi

    O’ta katta integral mikrosxemalar (elektron komponentlarning sxemalari, ularni kristalga joylashtirish)




    Tizim arxitektori

    Hisoblash mashinasining arxitekturasi va tashkil etilishi (qurilmalar va tugunlar, buyruqlar tizimi va boshqalar)




    Tizim dasturchisi

    Operatsion tizimlar, kompilyatorlar




    Nazariyotchi

    Algoritmlar, abstract ma’lumotlar tuzilmalari


    1-jadval. Hisoblash mashinalarini ishlab chiqaruvchilari o’rtasida funksiyalarni taqsimlash


    Hisoblash mashinasi
    Chiqarish
    a
    Kiritish
    MP
    Shinalar
    TX
    KChQ
    b
    BQ
    Shinalar
    NQB
    AMQ
    Registrlar
    d
    Dastur ketma-ketligi mantig’i
    Shinalar
    BQ registrlari
    BQ xotirasi
    Boshqaruvni yaratish mantig’i
    e
    1-rasm. Hisoblash mashinalarni bo’laklash darajalari: a —«qora quti» darajasi; b — umumiy arxitektura darajasi; d — markaziy protsessorning arxitektura darajasi; e — boshqaruv qurilmasining arxitektura darajasi
    Birinchi darajadagi hisoblash mashinasi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashga, xamda tashqi dunyo bilan ma’lumotlarni almashishga qodir bo’lgan qurilma sifatida qaraladi (1-rasm, a). HM aloqa tarmog’iga ulanishi mumkin bo’lgan va o’z navbatida periferiya qurilmalarini ulash mumkin bo’lgan “qora quti” sifatida ifodalandi.
    Umumiy arxitektura darajasi (1-rasm, b) HM ni to’rtta tashkil etuvchi shaklida tasvirlashni o’z ichiga oladi: markaziy protsessor (MP), asosiy xotira (AX), kiritish/chiqarish qurilmasi (KChQ) va tizim shinasi.
    Uchinchi darajada, ikkinchi darajadagi har bir qurilmalar yanada bo’laklangan. Misol uchun markaziy protsessor olingan (1-rasm, d). Oddiy shaklda uni quyidagicha ajratish mumkin:
    - butun sonlarni qayta ishlashni ta’minlaydigan arifmetik mantiqiy qurilma (AMQ);
    - quzg’aluvchan nuqtali shakldagi sonlarni qayta ishlash bloki (NQB);
    - buyruqlar, ma’lumotlar va adreslarni qisqa muddatli saqlash uchun ishlatiladigan protsessor registrlari;
    - HM qurilmalarining birgalikda ishlashini ta’minlaydigan boshqarish qurilmasi (BQ);
    - ichki shinalar.
    To’rtinchi darajada uchinchi darajadagi elementlar batafsil bayon etilgan. Shunday qilib, 1-rasmdagi e qismda boshqaruv qurilmasining tuzilishi ochib berilgan. BQ to’rtta komponent shaklida taqdim etiladi:
    - dastur ketma-ketligining mantig’i – dasturda belgilangan ketma-ketlikdagi buyruqlarning bajarilishini ta’minlovchi electron sxemalar;
    - boshqaruv qurilmasining registrlari va deshifratorlari;
    - xotirani boshqarish;
    - barcha kerakli boshqarish signallarini hosil qiluvchi boshqaruvni yaratish mantig’i.
    Hisoblash jarayonini yengillashtirish va ideal tarzda avtomatlashtirishga urinishlar 5000 yildan ortiq tarixga ega. Ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishi bilan hisoblashni avtomatlashtirish vositalari doimiy ravishda takomillashib bordi. Hisoblash texnikasining (HT) hozirgi holati ko’p yillik evolyutsiyaning natijasi hisoblanadi.
    An’anaviy talqinda hisoblash texnologiyasining evolyutsiyasi HT avlodlarining ketm-ket o’zgarishi sifatida ifodalanadi. “avlod” atamasi 1964 yilda paydo bo’ldi, IBM firmasi IBM 360 seriyali kompyuterlarini chiqargan va bu seriyani “uchinchi avlod kompyuterlari” deb nomladi. GOST 15971-90 standarti atamaga quyifagicha ta’rif berdi:
    «Hisoblash mashina avlodlari – bu HM ning qurilmalarini ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanishga, shuningdek funksional xususiyatlar va dasturiy ta’minotning rivojlanish darajasiga ko’ra birlashtirilgan va hisoblash texnikasi vositalari sanoatining rivojlanishining ma’lum bir davrini tavsiflovchi HM ni sinflashtirish guruhidir».

    Download 26,25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 26,25 Kb.