|
Кompyuter grafikasi turlari
|
bet | 2/8 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 120,21 Kb. | | #108397 |
Bog'liq Kompyuterning grafik imkoniyatlari va ularning turlariКompyuter grafikasi turlari - Shunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni o‘zgartishning fotografik aniqligi talab etilganida rastrli formatdan foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida uzatiladi.
Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari - Xozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalari kirib bormagan soxani topish qiyin.
- Кompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalarini qo‘llanish soxasiga ko‘ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:
- — poligrafiya ishlari uchun mo‘ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari;
- — ikki o‘lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;
- — taqdimot ishlari uchun mo‘ljallangan dasturlar;
- — ikki o‘lchamli animatsiya dasturlari;
- — uch o‘lchamli animatsiya dasturlari;
- — ikki o‘lchamli animatsiya dasturlari;
- — ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli animatsiya dasturlari;
- — videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar;
- — ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.
Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari - Кompyuter grafikasi va animasiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter o‘yinlari va o‘qitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o‘z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg‘otadi.
- Poligrafiya ishlari va rasm chizish uchun mo‘ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari matnni turli ko‘rinishdagi illyustrasiyalar bilan to‘ldirish, saxifalar dizaynini yaratish, hamda yuqori sifatli poligrafiya maxsulotlarini chop ettirish imkoniga egadirlar. Bunday dasturlarga misol qilib, tasvirlarni qayta ishlash imkonini beruvchi Adobe Photoshop rastrli paketini keltirish mumkin. Bu va shunga o‘xshash paketlar rastrli tasvirlarni taxrirlash va montaj qilish uchun zarur bo‘lgan vositalardan: skanerlangan tasvirlar rangini korrektsiyalash, fotosuratlarni "tekislash", maxsus effektlar va maskalardan foydalanish imkonini beradi. Paketning so‘nggi versiyalari tasvirlarning ko‘p qatlamli tuzilmasini qo‘llash vektorli konturlarni yaratish va taxrirlash imkoniyatlariga ham ega. Paket tarkibiga turli maskalar, ko‘p sonli filtrlardan tashqri rang bilan ishlash va maxsus effektlarni yaratishga mo‘ljallangan vositalar majmui kiritilgan.
|
| |