Kontaktli payvandlash transformatorini hisoblash




Download 0,72 Mb.
bet1/2
Sana22.01.2024
Hajmi0,72 Mb.
#142868
  1   2
Bog'liq
10- amaliy mashg\'ulot

Kontaktli payvandlash transformatorini hisoblash.

10-amaliy mashg’ulot


I. Ishdаn mаqsаd: Kontaktli payvandlash transformatorini hisoblashni o`rganish.
II. Qisqаchа nаzаriy mа’lumоt: Bir fazali o‘zgaruvchan tok transformatorini hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar:
1) nominal payvandlash toki I2n yoki uzoq muddatli ikkilamchi tok I2u.m (A);
2) birlamchi kuchlanish U1 (V) va tok chastotasi f (Hz);
3) salt yurish ikkilamchi kuchlanishi: nominal, eng kichik va eng katta U20n, U20min va U20max (V)
4) ikkilamchi kuchlanishni rostlash bosqich soni n va chegaralari;
5) ulanish muddati UM (%);
6) transformatorning turi (sterjenli yoki zirxli);
7) magnit o‘tkazgichning materiali va tuzilishi;
8) chulg‘amlarning ishlanish (lok shimdirilgan, emal qoplangan yoki epoksid kompaundi eritib kuyilgan disksimon yoxud silindrsimon galtaklar);
9) chulg‘amlar izolyatsiyasining qizishga chidamlilik sinfi;
10) chulg‘amlar va magnit o‘tkazgichning sovitilishi.
Transformator ulashning oxiridan oldingi bosqichida nominal quvvatni hosil qilmogi zarur. Oxirgi bochqich zaxira bosqich hisoblanadi, u nominal quvvatdan katta quvatda, lekin kichik UM da ishlashga imkon beradi.
Boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lgach, transformatorning turi, bosqichlarni almashlab ulagich turi va uning chulg‘amlarini sovitish usuli tanlanadi.
Birlamchi chulg‘amlarning qismlariga keltiriluvchi hisoblab topiladigan kuchlanish U1 ulovchi qurilmaning turiga bog‘liq bo‘lib, 330 dan 380 V gacha o‘zgarib turadi. Ushbu kuchlanishning pasayishi ignitronlarda yuz beradi (20 V gacha), bu pasayish tokni ravon rostlash va uning barqarorlashuvi uchun zarurdir
Elektrik hisoblash birlamchi chulg‘am sxemasini tanlashdan boshlanadi. Sxema tanlab olingach, hamma bosqichlardagi kuchlanish aniqlanadi.
U2n/U2(n-1)=const nisbat maqsadga muvofikdir. Kuchlanishning bosqichlar bo‘yicha o‘zgarishi geometrik U2(n)=U2(1)xn-1 yoki arifmetik U2(n)=U2(1)+(n-1)ΔU2 progress bo‘yicha yuz berishi mumkin. Ayrim hollarda qatorning maxraji almashlab ulagichning muayyan holatlarida o‘zgarishi mumkin.
Tok bosqichli rostlanadigan mashinalar uchun n raqamli rostlash bosqichidan n+1 raqamli rostlash bosqichiga o‘tilganda transformatsiya koeffitsienti 20-30% dan ortiq kamaymasligi kerak.
Bosqichlar bo‘yicha kuchlanish ma’lum bo‘lgach, birlamchi chulg‘am o‘ramlarining soni aiiklanadi. w2=1 bo‘lganda eng yakin yaxlit songacha yaxlitlash va U2n tegishlicha tuzatishlar kiritish bilan wn=U1/U2n bo‘ladi. Olingan o‘ramlar soni va hisoblangan ikkilamchi kuchlanishlar jadvalda jamlanadi.
Birlamchi va ikkilamchi o‘ramlarning kesimlari uzoq muddatli toklar bo‘yicha hisoblanadi. Ularning eng katta qiymatlari nominal bosqich bo‘yicha qabul qilinadi.
Birlamchi chulgamda o‘tuvchi hisoblab topilgan uzoq muddatli tok:
bunda k1 - salt yurish tokining ta’sirini hisobga oluvchi koeffitsient.
Tajriba ma’lumotlariga ko‘ra
ГОСT 297-80ga muvofik i0=1,05-1,2 qilib olinadi.
Istalgan boshqa x bosqichdagi birlamchi tok ushbu formuladan foydalanib hisoblanadi (w2=1) da:
Ikkilamchi chulg‘amdagi hisoblab aniqlanadigan uzok muddatli tok boshlangich ma’lumotlarda beriladi, qisqa muddatli nominal tok I2n ,berilgan bo‘lganda esa u quyidagi formula yordamida hisoblab chiqariladi:
Birlamchi q1x va ikkilamchi q2 chulg‘amlarning kesimi tokning zichligini or‘niga qo‘yib, ushbu formulalar yordamida hisoblab chiqariladi:
q1x=I1x/j1 va q2=I2/j2,
bunda: j1 – birlamchi chulg‘amdagi tokning joiz zichligi (mis simdan yasalgan, ikkilamchi chulg‘amning disklariga zich siqilgan, suv bilan sovitiladigan disksimon chulg‘am uchun 2,8–3,2 A/mm2); j2 – ikkilamchi chulg‘amdagi tokning joiz zichligi (mis disklar ko‘rinishidagi chulg‘amlar uchun sovitish jadalligiga qarab 4,5–15 A/mm2).
Magnit o‘tkazgichni hisoblash uning kesimini (m2) quyidagi formuladan aniqlash bilan boshlanadi:

Download 0,72 Mb.
  1   2




Download 0,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kontaktli payvandlash transformatorini hisoblash

Download 0,72 Mb.