|
Kontaktli payvandlash transformatorini hisoblash
|
bet | 2/2 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #142868 |
Bog'liq 10- amaliy mashg\'ulotSo‘=U2n/(4,44fw2B)
bu yerda: B – o‘zakdagi induksiya, Tl. B=1–2,1Tl ga teng induksiya po‘latning markasi, qalinligi va tayyorlanish usuliga, o‘zakning quvvatiga qarab tanlanadi.
Listlar yuzasida izolyatsiya qatlami borligi sababli o‘zakning haqiqiy kesimi kattaroq:
S'=So‘/ko‘,
bunda ko‘ – o‘zakning tuldirilish koeffitsienti bo‘lib, odatda ko‘=0,88 – 0,92 ni tashkil etadi.
Uzak to‘rtburchak shaklida bo‘lib, tomonlarining nisbati 1:2,5. Transformator darchasining o‘lchami birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarni, zarur izolyatsiyalovchi qistirmalarni hamda sovitish naychasini joylashtirishga yetarli bo‘lmog‘i kerak. Darchaning yuzi ushu formula yordamida hisoblab topiladi:
bunda kd.t – darchaning t o‘ldirish koeffitsienti bo‘lib, odatda 0,4–0,6 ga teng.
Elektrotexnika po‘lati standart listini tejamli bichish maqsadida darcha tomonlarining nisbati 2:3 qilib tanlanadi.
Chulg‘amlar disklarining namunaviy joylashtirilishi tarmoqlar va ponalarni joylashtirish uchun g‘altaklar orasida tirqish bo‘lishini tagminlamog‘i lozim (Δ=10–14 mm). G‘altaklarning ichki o‘lchami ponalarni o‘rnatish va g‘altaklarni bemalol kiydirish uchun eni bo‘yicha 10–15 mm hamda uzunligi bo‘yicha 20–40 mm katta bo‘ladi. G‘altaklarning darchada joylashtirilishini tekshirishda darchada g‘altaklarning balandligi bo‘yicha 6–12 mm tirqish bo‘lishiga e'tibor qaratilishi zarur. Hisoblab bo‘lingandan keyin transformatordagi yuqotishlar, uning FIK va sovitilish sharoiti aniqlanadi.
Salt yurish toki I0 o‘zakning qizishdga aktiv yo‘qotishlarni hisobga oladi (aktiv tashkil etuvchi I0a va magnit oqimini yuzaga keltirish uchun reaktiv tashkil etuvchilar (reaktiv tashkil etuvchi I0r)) hamda quyidagi formuladan aniqlanadi:
Aktiv tashkil etuvchi ushbu formula yordamida aniqlanadi:
Ioa=Pokх/U1,
bunda: P0=ppG salt yurishdagi yuqotishlar, Vt; U1 – birlamchi kuchlanish, V; pp - po‘latdagi solishtirma yo‘qotishlar, Vt/kg, pp=1,05–15, bo‘lib, induksiyaga, po‘latning markasi va qalinligiga bog‘liq; G – o‘zak temirining og‘irligi, kg; kx – qo‘shimcha y o‘qotishlar koeffitsienti, kx=1,2.
Salt yurish tokining reaktiv tashkil etuvchisi quyidagi formuladan aniqlanadi:
bunda Awi – magnit o‘tkazgichning 1 sm uzunligiga to‘g‘ri keluvchi magnit yurituvchi kuch; lo‘r.m – kuch liniyasining o‘rtacha uzunligi, sm; Bc – tirqishlardagi induksiya, Tl; ntirq va δtirq – magnit zanjiridagi tirqishlar soni va kattaligi (δtirq=0,005 sm); k2 – salt yurish tokining kichiklashuvini hisobga oluvchi koeffitsient; wb – oxirgi bosqich birlamchi chulgam o‘ramlarining soni 1,2-1,8 Tl ga teng induksiya uchun k2=1/[(1,9—0,8)Вc] ni aniqlash mumkin.
Salt yurish tokining nisbiy kiymati iо=Iо100/I1ГОСТ 297-80 da ko‘rsatilgan qiymatlardan katta bo‘lmasligi kerak ya’ni I2k da 50, 32 va 20% va mos ravishda 2,5, 5 hamda 5 kA dan katta bo‘lmog‘i lozim. Payvandlash transformatorining FIK:
bunda:
= Рch + Рpo‘l– o‘zak po‘lati va chulg‘amlardagi jami yuqotishlar;
U2 – yuklanganda nominal bosqichdagi kychlanish (tashqi tavsif bo‘yicha yoki vektorli diagramma bo‘yicha aniqlanadi);
– ikkilamchi konturdagi quvvat koeffitsienti:
Transformatorni sovitish uchun zarur bo‘lgan suv miqdori: 5% (sm3/sek):
bunda ΔT – kiradigan va chiqib ketadigan suvning haroratlari-dagi farq, ΔT =5 –10°C
Sovitish tizimi quvurchasining diametri dquv (sm) diskning qalinligiga teng qilib tanlanadi. Quvurchadagi suvning tezligi:
, m/sek
O‘zgarmas tok, past chastotali tok va kondensatorli mashinalarning payvandlash transformatorlari asosan bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinalarining transformatorlari uchun foydalaniladigan formulalar yordamida hisoblanadi, ammo bunda transformatsiya koeffitsientlarini, o‘ramlar va o‘zak kesimini aniqlashda ayrim farqlar bo‘ladi.
|
| |