IX. Reduktorning ikkinchi bosqich eskiz loyihasi




Download 12,22 Mb.
bet7/9
Sana09.01.2024
Hajmi12,22 Mb.
#133416
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI HISOBOTI ( Mashina detallari ) muhmmad

IX. Reduktorning ikkinchi bosqich eskiz loyihasi
Reduktorning birinchi bosqich eskiz loyihasini chizmalar bilan to‘ldiramiz.
Valga o‘tkaziladigan detallarni jumladan, halqalar, zichlagichlar, gayka, shayba, shponka va boshqa detallarning o‘lchamlari asosida tasvirlaymiz[1].
Podshipniklarni reduktorni yig‘ish ishlarini yengillashtirish maqsadida stakanlarga joylashtirib, loyihalashni amalga oshiramiz.
Reduktor korpusi devorini qalinligini tasvirlab, qolgan asosiy elementlarini aniqlaymiz(ilova 4).
Podshipnik qopqoqlarini joylashtiramiz. Uning o‘lchamlari quyidagi jadvaldan olinadi.

Podshipnik qopqog’ining o’lchamlari



D

d0

Δ

20÷50

7

8

50÷65

9

10

65÷90

12

12

90÷120

14

14




Podshipnik qopqog‘i o‘lchamlari va tuzilishi

Yetaklovchi valning podshipnik qopqog‘ini maxkamlovchi boltdan shkivni chetigacha kamida 10mm oraliq bo‘lishi kerak.


Reduktorlarning chizmasining ikkinchi bosqichida tishli g‘ildirak, vallar, korpus, podshipniklar, stakanlar va vallarning aniqlashtirilgan hisobi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar olinadi.
Umuman olganda reduktorning ikkinchi eskizini quyidagi tartibda davom ettirish mumkin.
Shesternya va g‘ildiraknik yuqorida aniqlangan konstruktiv o‘lchamlari bo‘yicha chizmani to‘ldiriladi va ilashma chiziladi.
Yetaklovchi valda shesternya bilan podshipnik orasiga moy sidirish halqa joylashtiriladi. U korpus devoring ichki tarafidan 1÷2 mm chiqib turadi. Shu sababli moy sidirish halqasi moy sachratish vazifasini ham bajaradi. Valning uchiga(shesternya old tarafiga) shlitsali gayka chiziladi. U shesternyani valga o‘tkazgandan so‘ng, stopor shaybadan keyin burab qisiladi. Xuddi shunday valning boshqa uchiga ham podshipnikni o‘kazgandan so‘ng, o‘litsali gayka bilan mahkamlanadi.
Podshipniklar gabarit o‘lchamlari bo‘yicha to‘ldiriladi va stakanlar joylashtiriladi.
Podshipnik qopqog‘iga faskalari, ichki devorlari chiziladi. So‘ngra podshipnik qopqog‘ini mahkamlash uchun boltlar va ochiq qopqoqlar uchun zichlagichlar joylashtiriladi.
Yetaklanuvchi val uchun ham shu ishlar qayta bajariladi. Ayrim joylarini aytib o‘tamiz. G‘ildirak bir tomoniga chiqib ketmasligi uchun devor(prutok), ikkinchi, ya’ni valni chiqish diametri tomoniga esa moy sidirish halqasi bilan g‘ildirak orasiga vtulka joylashtiriladi.
So‘ngra shponkalar o‘lchamlari bo‘yicha joylashtirib chiqiladi.
Bulardan tashqari reduktorning yondan ko‘rinishi, moy o‘lchagich, moy to‘kish uchun tiqini, ko‘rish oynasi, shtift va reduktorni ko‘tarish uchun maxsus ilgaklar joylashtiriladi.
Bularning hammasini millimetrli qog‘ozda bajarib, keyin formatga ko‘chirish mumkin yoki birinchi bosqichni A1(594×841) formatga ko‘chirib ham davom ettirish ham mumkin. Reduktorning barcha detallari joylashtirib bo‘lgandan so‘ng, chizmadagi qirqimlarga shtrix chiziqlar, spesifikatsiya nomeratsiyasi va reduktorning texnik tavsifi yoziladi.



Download 12,22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 12,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IX. Reduktorning ikkinchi bosqich eskiz loyihasi

Download 12,22 Mb.