|
Konvertrlangan gazni tozalash
|
bet | 2/3 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 24,83 Kb. | | #228800 |
Bog'liq Мустакил иш1) Absorbsiya usuli.
2) Katalitik usuli.
Absorbsiya usuliga:
A) Aminospirt eritmalari orqali SO2ni 0,16 - 2,96 MPa bosimda yutish;
B) karbonat eritmalari orqali yutish;
V) Ishqoriy eritmalarda yutish:
G) Organik erituvchilar orqali tozalash:
D) Suvda yuvish turlari kiradi;
Bu usullar ichida texnologik gazlarni aminospirt eritmasi bilan tozalash hozirgi vaqtda sanoat kimyosida birinchi o‘rinni egallaydi. Bu turda etanolli amino-birikmalar: monoetanolamin (S2N5O)NH2 - (MEA eritmasi), dietonolamin (S2N5O)2NH - (DEA eritmasi), uchetanolamin (S2N5O)3N-(UEA eritmasi) ishlatiladi. Bulardan MEA eritmalari katta asoslik xususiyatiga ega bo‘lgani uchun, tarkibida nordon, ya’ni kislotali muhitga ega bo‘lgan (SO2, N2S,...) aralashmalaridan tozalashda ishlatiladi. DEA kamroq darajada qo‘llaniladi.
Uglerod dioksidini, konvertirlangan gazdan MEA eritmasi bilan yutishdagi reaksiyalar:
2RNH2 + N2O + CO2 = (RNH3)2CO3 (5.3.)
(RNH3)2CO3 + N2O + CO2 = 2RNH3HCO3 (5.4.)
2RNH2 + 2N2O + 2CO2 = 2RNH3 HCO3 yoki (5.5.)
RNH2 + N2O + CO2 = RNH3 NCO3 + Q (5.6.)
Bu yerda R bilan S2N5O gruppasini belgilangan. MEA eritmasi konventirlangan gazni N2S qoldiqlaridan batomom tozalashni ham ta’minlaydi:
2RNH2 + N2S = (RNH3)2S (5.7.)
(RNH3)2S + N2S = 2RNH3 HS (5.8.)
2RNH2 + N2S = 2RNH3HS yoki (5.9.)
RNH2 + N2S = RNH3HS + Q (5.10.)
Konvertirlangan gazni SO2 dan tozalash texnologiyasida 12-20 % MEA eritmasini 2,76 MPa bosimda 78-320 K haroratda ishlatiladi.
SO2 ni yutishda ishlatilib bo‘lingan MEA eritmalarini 380-420 K, ya’ni (regeneratsiya) jarayoni amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda MEA eritmalarini kam sarflash maqsadida, uni apparat bo‘ylab bo‘lib-bo‘lib berish maqsadga muvofiqdir. Eng yuqori aktivlikka ega bo‘lgan MEA ni absorberni yuqorisidan, 80 - 85 % gacha qayta tiklangan MEA - eritmasini esa, absorberni o‘rta qismiga beriladi, chunki ularning SO2 ni yutish qobiliyati har xildir.
MEA ni ishlatish jarayonida qo‘shimcha reaksiyalar ketishi hisobiga uni bir qismi polimerlanib, chaqichsimon modda hosil qiladi, undan tashqari MEA ko‘p vaqt mobaynida ishlatilsa, rangli metallarni chirishiga olib keladi. Shuning uchun, ishlatilayotgan MEA ning bir qismi ishqoriy muhitda qaytadan haydalanadi.
|
| |