Konvertrlangan gazni tozalash




Download 24,83 Kb.
bet1/3
Sana13.05.2024
Hajmi24,83 Kb.
#228800
  1   2   3
Bog'liq
Мустакил иш


KONVERTRLANGAN GAZNI TOZALASH
 K o n v е r s i ya gazini CO2 dan tozalash. Konvеrsiya gazi tarkibida 17-30 % gacha CO2 saqlaydi. Uni suyuq sorbеntlar yordamida: suv, etanolamin, ishkor, eritmalari bilan tozalaydilar. CO2 boshqa qo’shimchalarga nisbatan bosim ostida sovuq suvda yaхshi eriydi. Hozirgi kunda sorbsion va sеlеktivlik хossasi suvdan ancha yuqori bo’lgan etanolamin bilan tozalash kеng qo’llanilmoqda. Bunda mono- va di- etanolaminning(HO-CH2 - CH2- NH2 va NH (CH2 - CH2 OH)2suvdagi 15 % li eritmasiga CO2 yuttiriladi. CO2 +RNH2 + H2O =(RNH3 )2CO3 CO2 +(RNH3) 2CO3+ H2O =2RNH3 HCO3 (R-radikal HO-CH2 - CH2-) Yuttirish jarayoni 40-45 0C da olib boriladi. Absorbsiyalanish natijasida hosil bo’lgan karbonat va gidrokarbanatlar 1200C da dеsorbеntda CO2 ajratib parchalanadilar.
Gazni CO dan tozalash. Mis ammiakli eritma bilan yuttirish, suyuq azot bilan katalitik gidrogеnlash kabi usullar bilan amalga oshiriladi. Katalitik gidrogеnlash CO va CO2 miqdori 1% gacha bo’lganda qo’llaniladi. Bunda nikеl’ katalizatori (alyuminiy oksidiga shimdirilgan bo’ladi) va 200-400C haroratda quyidagicha rеaksiya asosida boradi: CO+3H2=CH4 +H2O; CO2+H2=CH4 +2H2O; O2 +H2=2H2O. 4. Ammiak sintеzi Ammiak sintеzi rеaksiyasi qaytar rеaksiya bo’lib issiqlik chiqishi bilan boradi. Rеaksiyada gazning hajmi 2 marta kamayadi: Lе-SHatеl’е prinsipiga muvofiq haroratni oshirish NH3 ni parchalanishi tomon, bosimni ortishi esa rеaksiyani NH3 ni sintеzlanishi tomon borishini ta’minlaydi.
5. O`rtacha bosimda ammiak ishlab chiqarish texnologik sxemasi. Sanoatda sintеtik ammiak ishlab chiqarish qo’llaniladigan bosimga qarab uch хil bo’ladi: 1. Past bosimda-10 MPa gacha; 2. O’rtacha bosimda-25-60 MPa; 3. Yuqori bosimda-60-100 MPa.
Konvertrlangan gaz uglerod monooksidini konversiyalash bo‘limidan so‘ng 1,35MPa bosim va 78K haroratda birinchi bsskich absorbsiyalash uchun, monoetanolamin suvli eritmasi -MEA- ning 20%li eritmasi bilan sug‘oriladigan absorber (1)ga (6.1.-rasm) yuboriladi. Va bu yerda uglerod dioksidini asosiy qismi yutilib, tarkibida 2% SO2 qolgan konvertrlangan gaz ikkinchi bosqich absorbsiyalash uchun MEAning 12%li suvli eritmasi bilan sug‘oriladigan absorber (2) ga yuboriladi. Bu absorber (2)dan chiqqach, tozalangan konvertrlangan gaz, tarkibidagi juda oz mikdordagi qoldiq –10-15ml SO2/m3 konvertrlangan gaz va 0,35% SOdan batomom tozalanish uchun bu aralashmalardan chuqur katalitik tozalash bo‘limiga yuboriladi.
Absorber (1) va (2)larda geterogen reaksiya (6.2.-reaksiyasi) o‘ng tomonga ketishini ta’minlash uchun bu absorberlarda gaz bilan MEA suvli eritmalari uchrashish yuzalarini oshirishga erishilmoq kerak. Buning uchun bu absorberda keramidan yasalgan xar xil o‘lchamlik Rashig halqalari bilan to‘ldirilgandir.
Uglerod dioksidi bilan to‘yingan MEA eritmalari (1) va (2)-absorberlaridan chiqqach (3) va (8)-issiqlik almashgichlarda isib, (4) va (9)-regeneratorlarga utib, u yerda (27.6.-reaksiyasi) chap tomonga ketib, eritmadan ajralib chiqqadi. Regeneratsiyalangan ya’ni parchalangan MEA eritmalari (4) va (9)-regeneratsiyalaridek mos ravishda 385 va 397K haroratlarda chiqib, (3) va (8)-issiqlik almashgichlarga kirib, o‘z issiqligini (1) va (2)-absorberlardan kelayotgan MEA eritmalariga beradi, so‘ngra sovutilgan bu eritmalar (6) va (10)-nasoslar, holda (7) va (11)-suvli sovutgichlar orqali (1) va (2)-absorberlarni sug‘orishga va u apparatlarda konvertrlangan gazdan uglerod dioksidi qayta absorbsiyalash-yutish uchun yuboriladi. Asosan (98-99%) uglerod dioksidi va 12%li MEA eritmasida fizik erigan juda oz miqdordagi boshqa gazlar:N2, Ach, SN4, N2 va boshqalar regenerator (9)da MEA.eritmasidan ajralib chikib, birinchi regenerator (4)ning o‘rta qismiga yuborilib, 20%li MEA eritmasi parchalanishidan hosil bo‘layotgan SO2 va boshqa gazlar bilan aralashib, regenerator (4)ning tepa qismida MEA eritmalari tomchilarini ushlab qoltsh uchun mo‘ljallangan maxsus tomchi ushlagich orqali o‘tib, sovutgich (12)ga yuboriladi; u yerda bu gazlar sovub, ular tarkibidagi suv bug‘i kondensatlanib, bu kondensat separator (14)dan ajratib olinib, nasos (13) orqali ikkinchi regenerator (9)ning tepa qismiga beriladi (regenerator (9)dan chiqib ketayotgan uglerod dioksi va boshqa gazlar aralashmasidan suv bug‘i miqdorini nisbatan kamaytirishga erishish uchun). Separator (14)dan chiqayotgan 99% atrofidagi SO2 va boshqa gazlardan tarkib topgan. Bu chiqindi gazni korxonada ekspanzer gazi deb atalib, hozirgi vaqtda uning bir qismi karbamid ishlab chiqarishga, bir qismi «quruq» muz olishga, bir qismi esa suyuq holdagi SO2ni olish, qolgan oshiqcha qismi esa atmosfera xavosiga tashlanib kelinmoqda. Regenerator (4) va (9)larda MEA eritmalari suv bug‘i bilan (5) va (16) bug‘li isitgichlarda isitiladi. Absorberlar va regeneratorlar xar birlari ikki qatlamdan iborat bo‘lib, ular keramidan yasalgan Rashig halqalari bilan tuldirilgandirlar.

Texnologik gazlarni SO2dan tozalashni ikki usuli bordir:




Download 24,83 Kb.
  1   2   3




Download 24,83 Kb.