|
I bob. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtrish texnologiyasining asosiy tushunchalari
|
bet | 1/3 | Sana | 25.12.2023 | Hajmi | 44,61 Kb. | | #128202 |
Bog'liq I bob. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtrish texnologiyasinin-fayllar.org
I bob. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtrish texnologiyasining asosiy tushunchalari
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………………
I BOB. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtrish texnologiyasining asosiy tushunchalari………………………………………………….
1.1 . Texnologik jarayonlarni avtomatlashtrishning maqsadi va vazifalari ….….….
1.2 Texnologik jarayonlarni avtomatlashtrishning bosqichlari………………….....
1.3 Texnologik ob’ektlarni avtomatlashtirish darajasini aniqlash va baholash……
II-BOB. Texnologik jarayonlarini avtomatlashtrishni amalyotga tadbiq qilish Ichimlik suvini tozalashni avtomatlashtrish misolida…………...…………….…
2.1. Oqava suvlarni tozalash inshootlari ………. ………………………………….
2.2 Oqava suvlarni tozalash inshootlarini avtomatlashtirish …………………….
Xulosa
Foydalanilgan adabiyot
KIRISH
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish — uzluksiz rivojlanuvchi tizim bo‘lib, u ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari bilan uzviy bog‘langandir. Ishlab chiqarishni avtom atlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti — asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanadi. Avtomatlashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi ko‘p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta ’sir ko‘rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda avtomatlashtirishga tayyorgarligi, xomashyo, yarimtayyor mahsulotlar va energetik resurslarning sifati ham da barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va hokazo.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish faqat ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash bilangina emas, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik mahsulotga ketadigan moddiy va mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini orttirish bilan bog‘liq.
Iqtisodiy omillar avtomatlashtirish obyektini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligini orttirish omillari juda ko‘p. Hozirgi sharoitda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini kamaytirish hisobigagina erishishga ko‘p hollarda imkon bo‘lmaydi, chunki zamonaviy zavodlar, korxonalar, bo‘linmalarga nisbatan kam miqdordagi odamlar bilan xizm at ko‘rsatiladi. Shuning uchun iqtisodiy sam aradorlikni oshirish omillariga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulot sifatini oshirish, xomashyo va turli xil energiya sarfini, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish, ishlab chiqarish ritmini oshirish, mehnat unumdorligini va chiqarilayotgan mahsulot hajmini oshirish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnat sharoitini ishlab chiqarishning kishilar hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan hududlardagi zararli ishlarni yo‘qotish hisobiga yaxshilash.
Loyihalanayotgan va qurilayotgan yangi ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirish texnologiya bilan uzviy ravishda bog‘lanishi kerak. Jadal texnik taraqqiyot tufayli ,,yosh“ ishlab chiqarish ma’lum davrdan so‘ng teskiradi va yangilashni talab qiladi, shu jumladan, amaldagi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish tizimlarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan almashtirishni talab qiladi.
Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi tufayli zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish ularni mikroprotsessor texnikasi va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo‘llab, keng avtomatlashtirish asosidagina samarali bo‘lishiga erishiladi. Avtomatlashtirish talablari texnologik jarayonlar loyihalanayotgan bosqichdayoq hisobga olinganda — avtomatlashtirish katta samara beradi.
Yuqorida aytilganlardan, texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirishning ilmiy-texnik, iqtisodiy jihatlari sanoat taraqqiyotini, mehnatkashlarning madaniyatini va turmush darajasini ko‘tarishni ta ’minlashda katta ahamiyatga ega bo’lishi kelib chiqadi. Biroq, sanoatni avtomatlashtirishda muvaffaqiyatga erishishning muhim sharti — oliy ta’lim muassasalarida, loyiha institutlarida va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish masalalarini yuqori ilmiy-texnik darajada hal qilishga qodir korxonalarda avtomatika bo‘yicha ko‘p sonli malakali kadrlar, mutaxassislar yetishtirishdan iborat.
Hozirgi kunda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarida olib borilayotgan tadbirlarning asosiy maqsadi — mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashdir. Bu ishlarni jadallashtirishda ta iim , fan va ishlab chiqarishning uzviy aloqada boiishi asosiy omildir.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish bo‘yicha muhim vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun yuqori malakali kadrlar kerak. Bunday kadrlar tubdan yangi ilmiy g‘oyalarga va yuksak texnik yechimlarni hal etish, o ‘z ona tili — davlat texnologik jarayonlar haqida texnika tilida tushunarli gaplasha olish va yuksak saviyada yozishmalar olib bora olish qobiliyatiga ega boiishlari zarur.
Qurilayotgan obyektning murakkabligiga qarab, loyiha ma’lum qismlardan iborat boiadi. Loyihada texnika - iqtisodiy, texnologik, qurilish, santexnika, elektr, avtomatika kabi qismlar bo‘lishi mumkin. Avtomatlashtirish loyihasining bir bo‘limi bo‘lgan texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatik rostlash hamda boshqarish qismini shu sohaga ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki texnologik loyihalash institutining avtomatlashtirish bo‘limi amalga oshiradi.
Bu loyiha texnologik jarayonlarning ratsional ishlashini va uskunalar ishidagi xavfsizlikni ta ’minlovchi nazorat-o‘lchov asboblarini, rostlagichlar, avtomatika va signalizatsiya qurilmalarini, loyihalashtirilayotgan obyektda ishlatiladigan texnikaviy hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
|
| |