|
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: __________ _______
|
bet | 23/75 | Sana | 01.04.2021 | Hajmi | 3,99 Mb. | | #13848 |
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: __________ __________
5-Sinf. 6-dars.
Sana: 21,22,29 noyabr
I. Mavzu: Klaviatura bilan tanishuv
II. Maqsad:
a) Ta’limiy: Klaviatura haqida ma’lumot berish.
b) Tarbiyaviy: Kompyuterning qurilmalariga, xavfsizlik texnikasiga qanday munosabatda bo’lishni o’rgatish.
c) Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni klaviatura bilan ishlash ko`nikmasini hosil qilish.
III. Dars turi: Yangi bilim beruvchi
IV. Dars usuli: Interfaol usullardan foydalanilgan an’anaviy dars.
V. Darsning jihozi: Kompyuterlar va ularni qurilmalari, videoproyektor, darslik, tarqatma materiallar, slaydlar.
VI. Darsning rejasi: 1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. O’tilgan mavzuni so’rash (15 minut): Yozma, og’zaki savol-javob.
3. Yangi mavzu bayoni (15 minut).
4. Darsni mustahkamlash va yakunlash (8 minut).
5. O’quvchilarni baholash (3 minut)
6. Uyga vazifa berish (2 minut).
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashaman, davomatni aniqlayman, agar darsda qatnashmayotgan o’quvchi bo’lsa, sababli yoki sababsiz ekanligini aniqlab jurnalga qayd etib, mavzuga oid plakatlarni ilib qo’yaman.
2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va baholanadi.
|
| |