|
Korxonada marketingni boshqarishda strategik yondashuv Reja
|
bet | 1/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 232,3 Kb. | | #228974 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (3)
Korxonada marketingni boshqarishda strategik yondashuv
Reja:
Korxona faoliyatoda marketingning tutgan o`rni
Marketing tizimi va uning tavsifi
Marketingni boshqarishning o`ziga xos xususiyatlari
Korxona faoliyatida marketingning tutgan o`rni
Marketing – bu ayni paytda biznes falsafasi hamda faol jarayondir. U harakatdagi jarayon sifatida bozor iqtisodiyoti aniq faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan bir qator vazifalarni hal qiladi.
“Marketing” atamasi tom ma’noda bozor sari harakatlanish jarayoni ma’nosini beradi, bu atama jarayonning ichki ikkiyoqlamalik xossasini to‘la ochib bera olmaydi va marketingning “tahliliy” jihatiga nisbatan uning “faolroq” tomoniga ko‘ra ko‘proq urg‘u beradi. Bu ikkiyoqlamalikni xarakterlash uchun “strategik” va “operatsion” marketing atamalaridan foydalaniladi.
Operatsion marketing qisqa muddatga mo‘ljallangan rejalashtirishning mavjud bozorlarga qaratilgan faol jarayondir. Bu tovar, sotish, narx va kommunikasiyalarga oid taktik vositalardan foydalanish yo‘li bilan kerakli savdo hajmiga erishishning klassik tijorat jarayonidir.
Marketingning firmaning iqtisodiy operasiyalarida o‘ynaydigan roli 1-rasmda ko‘rsatilgan. Bu erda boshqaruvning to‘rt asosiy funksiyasi (tadqiqot va ishlab chiqish, ishlab chiqarish, marketing va moliya) o‘rtasidagi asosiy moliyaviy aloqalar keltirilgan.
Operatsion marketingning asosiy maqsadi – tovar sotishdan daromadlar hosil qilish, ya’ni maqsadli aylanmalardir. Bu sotishning eng samarali usullaridan foydalangan holda xarid uchun buyurtmalarni “sotish” hamda qabul qilish va ayni paytda xarajatlarni kamaytirishni anglatadi. Ma’lum darajadagi savdo hajmiga erishishdan iborat bo‘lgan maqsad operasiyalar bo‘limi uchun ishlab chiqarish dasturiga va savdo bo‘limi uchun tovarlarni saqlash va bevosita o‘tkazish dasturiga aylanib ketadi. Bundan kelib chiqadiki, operatsion marketing firmaning qisqa muddatli rentabelligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi hal qiluvchi elementdir.
|
| |