Korxonalar faoliyatidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi




Download 118,32 Kb.
bet4/6
Sana20.05.2024
Hajmi118,32 Kb.
#245758
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi.Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar.

Davlat bojini to‘lovchilar
Vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan va o‘ziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to‘lovchilardi

Davlat bojini to‘lash va hisobga o‘tkazish tartibi

  • Davlat boji, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat boji undiriladigan yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilguniga qadar va (yoki) bunga vakolatli bo‘lgan muassasalar (mansabdor shaxslar) tomonidan hujjatlar berilguniga qadar naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanadi.
  • To‘lovchining davlat bojini naqd pulsiz shaklda to‘laganligi fakti qog‘ozdagi yoki elektron shakldagi to‘lov hujjati bilan tasdiqlanadi.
  • To‘lovchining davlat bojini naqd pul shaklida to‘laganligi fakti bank tomonidan to‘lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilagan shaklda to‘lovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoxud davlat organi va tashkilotning kassasi tomonidan to‘lovchiga beriladigan kvitansiya bilan tasdiqlanadi.
  • Davlat bojini to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari amalga oshirilayotgan yuridik ahamiyatga molik harakatlarning turiga, to‘lovchilarning toifalariga yoki boshqa holatlarga ko‘ra ushbu Qonunning 19 — 24-moddalariga muvofiq belgilanadi.
  • Davlat boji to‘lov hujjatlari asosida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi, bundan davlat bojining qaysi davlat organlari xizmatlari uchun davlat boji undirilayotgan bo‘lsa, o‘sha davlat organi tasarrufida qoldirilayotgan qismi mustasno.
  • Davlat bojining bir qismi davlat organi tasarrufida qoldirilgan taqdirda, davlat boji yagona hisobvarag‘iga keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat organi o‘rtasida qonunchilikka muvofiq taqsimlangan holda to‘lanadi.
  • Davlat bojining davlat organi tasarrufida qoldiriladigan miqdori qonunchilikda belgilanadi.
  • Mulkiy nizo bo‘yicha sudga da’vo arizasi berilganda, shuningdek mol-mulkning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda, merosga bo‘lgan huquqni rasmiylashtirishda, agar da’vo qiymati, shartnoma summasi yoki meros miqdori chet el valyutasida belgilansa, davlat bojining miqdori harakatlar amalga oshirilgan sanada O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada belgilanadi va undiriladi.

Download 118,32 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 118,32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonalar faoliyatidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi

Download 118,32 Kb.