|
Korxonalar faoliyatidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi
|
bet | 1/6 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 118,32 Kb. | | #245758 |
Bog'liq Aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi.Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar. Aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi.Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar. Qabul qildi: Aliqulov S. REJA: - 1. Aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi.Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar.
- 2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Mol-mulk solig‘i. Yer solig‘i.
- 3. Bojxona to‘lovlari.
-
Aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi.Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar.
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Import qilingan, aksiz to‘lanadigan, o‘ziga nisbatan aralash — advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo‘yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo‘llanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo‘lishi mumkin emas.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq hisoboti, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan erdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Soliq to‘lash tartibi
Soliqni to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha soliqni to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.
|
| |