Energiya tejamkorlik bo‘yicha maqsad-mezonlarini ishlab chiqish va energiya tejamkorlik qiymatlarini baholash




Download 125.08 Kb.
bet2/2
Sana09.11.2023
Hajmi125.08 Kb.
#96268
1   2
Bog'liq
Korxonaning energetik auditi tekshiruvlarida energiya balanslarni qurish va tahlil qilish
Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
2.4. Energiya tejamkorlik bo‘yicha maqsad-mezonlarini ishlab chiqish va energiya tejamkorlik qiymatlarini baholash

Sanoat korxonalarida elektr energiyasidan foydalanish sama­radorlik ko‘rsatkichlari yoki elektr ta’minoti tizimining mukam­malligi darajasi odatda shu korxona uchun hisoblangan ratsional elektr ta’minoti tizimi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib aniqlanadi. Bunday ratsional elektr ta’minoti tizimi odatda loyihachining tajribasi va uning intellektual imkoniyatlariga bog‘liq holda tanlangan bir necha elektr ta’minoti sxemasi bo‘yicha hisoblangan natijalarni ma’lum mezon asosida taqqoslash orqali topiladi. Bunda odatda elektr ta’minoti tizimini tanlash mezoni sifatida asosan iqtisodiy ko‘rsatkichlar olinadi [122]. Ammo, iqtisodiy xarajatlarni hisoblash uslubiyoti xozirgi paytdagi sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimining samaradorligini belgilovchi xarajatlarni to‘la qamrab olmaydi. Bu ko‘rsatkichlar ko‘pincha elektr uskunalarning va xizmatlarning ulgurji bahosiga asoslangan bo‘lib [80], bu narxlar hozirgi paytda ko‘pgina tasodifiy omillar ta’sirida shakllanadi.


Sanoatda energiya samaradorlik bo‘yicha loyihalarni joriy etishda uni samaradorligini baholash muhim ahamiyatga ega bo‘lib loyihalarni tanlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Hozirgi kunda sanoat korxonasi elektr ta’minoti tizimini oqilona variantni aniqlashda variantli, ekstremal yoki ularni birgalikdagi hisoblash usullaridan, hamda keltirilgan xarajatlarni umumlashgan farqi usulidan foydalanish mumkin [21, 44]. Energiya tejash tadbirlarini iqtisodiy samaradorligini baholashni eng samarali usuli iqtisodiy va natural ko‘rsatgichlar kompleks tahlil qilish hisoblanadi.
Loyihalarni samaradorligini baholashni bir me’zonli va ko‘p me’zonli tahlil usullari bor. Bir me’zonli tahlilda odatda bir ko‘rsatkich orqali loyiha samaradorligi baholanadi. Bunday ko‘rsatkich sifatida odatda iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri olinadi. Hozirgi kunda loyihalar samaradorligini baholashda eng keng foydalanilayotgan usul bu “Sof diskontlangan foyda” ko‘rsatkichi orqali baholash hisoblanadi.
Sanoatimizni jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi bilan O‘zbekiston Respublikasida Evropa standartlari bo‘yicha elektr energiyasi sifatini talab qiluvchi zamonaviy import texnikasi va texnologiyalari joriy etilmoqda. Zamonaviy texnologik uskunalar elektr tarmoqga faol ta’sir ko‘rsatadi va ayni vaqtda elektr energiyasi sifatiga va elektr ta’minoti tizimi (ETT) ishonchligiga yuqori talablar qo‘yadi. Bu holat korxonalarni zamonaviy talablar asosida, jumladan elektr energiyasi sifati va foydalanish samaradorligi, istemolni avtomatlashtirish, qayd qilish va boshqalar bo‘yicha qayta jihozlashni taqozo qiladi. Tarmoq rejimini bir maqsadli strukturaviy optimallash provard natijada boshqa ko‘rsatkichlarni yomonlashuviga olib keladi. Tugunlardagi kuchlanishni oshishi oqibatida energiyatizimda quvvat istemolini oshishiga olib keladi. Buning natijasida quvvatlar balansini muvozanati buziladi. Ushbu holatlar korxona ETT samaradorligini ko‘p me’zonli tahlil asosida baholash uslubiyotini ishlab chiqishni va ushbu ko‘rsatkichni energetik tadqiqotlarda foydalanishni talab qiladi. Bu o‘z navbatida sanoat tarmoqlarini loyihalash uslubiyotini, ETT ishlash samaradorligini baholashni va elektr istemoli samaradorligi nazoratini takomillashtirishni talab qiladi.
Bu talablarni ta’minlash korxona ETT samaradorligini baholash va loyihalash uslubiyotini ko‘p me’zonli tahlil asosida ishlab chiqishni taqozo etadi. Elektr energetikasi ob’ektlari samaradorligini nazorat tizimini yaratish uchun texnik va iqtisodiy ko‘rsatichlarni e’tiborga oluvchi umumlashgan (integral) ko‘rsatkichlar zarur bo‘ladi. Korxona ETT samaradorligi elektr energiyasini uzatish, shikastlanish va to‘xtashlarni bartaraf qilish, nazorat va avtomatlashtirish bo‘yicha ETT imkoniyatlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanishi kerak. Bir xil imkoniyatlarga ega bo‘lgan korxlnalar ETT lari bir ko‘rsatkichga ega bo‘lishi kerak.
Korxona energiya samaradorligini oshirish va korxona ETT ishlash samaradorligini oshirishga oid yuqorida keltirilgan masalalarni kompleks echimi korxona elektr samaradorligini umumlashtirilgan ko‘rsatkichini ko‘p me’zonli tahlil asosida ishlab chiqish orqali ta’minlanadi.
Hozirgi kunda energiya samaradorlik bo‘yicha loyihalarni baholashda dunyoda “Sof diskontlangan foyda” uslubiyotidan keng foydalaniladi [21]. Bunda loyihaning barcha xarajatlari va kelgusida olinadigan foyda loyiha ko‘rilayotgan vaqt qiymatiga keltiriladi.
Sanoatda energiya tejash bo‘yicha loyihalarni samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Sof diskontlangan foyda (integral samara, sof foydaning hozirgi kunga keltirilgan qiymati, va sh.o‘.);
Investitsiyalarni sof foyda keltirish indeksi (loyihaning samaradorlik koeffitsienti)
Foydaning ichki meyyoriy qiymati, FIMQ;
Kapital xarajatlarni qoplash muddati:
- dinamik, T0;
- statik, T0st .
Sof diskontlangan foyda deb loyihani xizmat ko‘rsatish vaqti davomida kelgusida keladigan barcha foydalarning hozirgi kunga keltirilgan qiymatidan kelgusida bo‘ladigan barcha xarajatlarni hozirgi kunga keltirilgan qiymatini ayrilganiga aytiladi.
Sof diskontlangan foydani hisoblash uchun diskont stavkasi aniqlash lozim. Bu qiymat odatda kapital yil davomida keltiradigan folydani foiz miqdori qabul qilinadi.
Sof diskontlangan foyda (SDF) quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(1.25)
bu erda: Ft – bir yildagi umumiy foyda; Xt bir yildagi xarajatlar; En –diskont stavkasi, n – loyihani davom etish vaqti.
Real diskont stavkasi quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(1.26)
bu erda: En – nisbiy qiymatdagi nominal stavka; Ei- o‘rtacha yillik kutiladigan inflyasiya qiymati.
Loyiha foydasining ichki normasi (yoki rentabellikning ichki normasi) diskont stavkasining shunday qiymatiga aytiladiki bunda foyda va xatrajatlar teng bo‘ladi. YOki boshqacha qilib aytganda foydaning ichki stavkasi deb diskont stavkasining sof diskontlangan foyda nolga teng bo‘ladigan qiymatiga aytiladi. Bu qiymat ketma –ket yaqinlashish orqali aniqlanadi.
Foyda indeksi (FI) deb umumiy keltirilgan foydani umumiy kapital xarajatlarga nisbatiga aytiladi:
(1.27)
Kapital xarajatlarni qoplash muddati loyihaga sarflanadigan kapital xarajatlarni foyda hisobidan to‘la qoplanadigan yillar soniga aytiladi. Dinamik va statik qoplash muddati farqlanadi. Statik qoplash muddati investorni birlamchi kapital xarajatlarni qaytarish muddatiga aytiladi va quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(1.28)
Dinamik qoplash muddati T0 deb investor sarflagan xarajatlarni to‘la qaytarib va meyyoriy foydani oladigan vaqtga aytiladi. Bu qiymat quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(1.29)
Hozirgi kunda eng samarador ETT ni tanlash uchun umumiy diskontlangan xarajatlardan foydalaniladi. U quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(1.30)
bu erda: muvofiq ravishda variantlar bo‘yicha: Kn- diskontlangan kapital xarajatlar, St, At –yillar joriy xarajalari amortizatsiya ajratmalari t; NIt mol-mulk solig‘i.
Diskontlangan kapital xarajatlar (boshlang‘ich vaqtga keltirilgan kapital xarajatlar) quyidagi ifodadan topiladi:
(1.31)
bu erda: T – hisoblanadigan davr; Kt-yillik kapital xarajatlar; E-
yillik UDX quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(1.32)
bu erda: βT1- annuitet koeffitsienti, ya’ni diskont stavkasiga teskari kattalik.
Yillik joriy xarajatlar o‘zgarmas bo‘lganda UDX quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(1.33)
O‘zgaruvchan yillik joriy xarajatlar va eski uskunalarni yangisiga almashtirishga mo‘ljallangan loyihalarda UDX quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(1.34)


(1.35)
bu erda:S1t,S2t – eski va yangi loyihalarni yillik joriy xarajatlari; A1t, A2t –eski va yangi asosiy vositalardan yillik amortizatsiya ajratmalari; K1 – eski uskunalarni qayta tiklash qiymati; K2 – yangi loyihaga sarflanadigan kapital xarajatlar; Spr – soliqdan tashqari eski uskunalarni sotishdan olingan qiymat; T1,T2 – eski va yangi uskunalarni xizmat ko‘rsatish muddati, yil; Te – eski uskunani yalmashtirishgacha ishlagan vaqti, yil; (T1-Te) – texnik vositalarni almashtirish vaqtidan eski uskunalarni meyyoriy ishlash muddatigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i.
Kapital xarajatlarni qoplash muddati loyihadan olingan sof foyda hisobidan to‘la qoplanadigan muddatni yil hisobida aniqlaydi. Statik va dinamik qoplash muddati farqlanadi. Statik qoplash muddati dastlabki kapitalni qaytarib olish muddatini aniqlaydi va quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(1.36)
Dinamik qoplash muddati esa dastlabki kapitalni qaytarib olib meyyoriy foydani olish muddatini aniqlaydi va quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(1.37)
SHunday qilib ma’lum davrda bo‘ladigan sarf xarajatlar va foyda diskontlash orqali shu kunning qiymatiga keltiriladi. “Sof diskontlangan foyda” usulida aniqlangan samaradorlik ko‘rsatkichlari 4-ilovada hisoblab keltirilgan.
Energotejash bo‘yicha tadbirlar uchun energoauditor korxona elektr ta’minoti bo‘yicha to‘liqroq ma’lumotni olishi kerak, elektr energiyasini iste’mol grafiklari, quvvatlar oqimini quyilish nuqtasiga taqsimlanishi bo‘yicha, texnologik va energetik uskunalarni to‘la ro‘yxati bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarilgan mahsulot bo‘yicha to‘la ma’lumot oxirgi yil bo‘yicha bo‘lishi lozim. Bu kabi ma’lumotlar tashkil etilgan axborot tizimidan olinadi va energiya auditi tekshiruvlarini samaraliroq tashkil etish imkonini beradi.
Elektr energiyasi qaydlov tizimini samaradorligi qo‘yidagi ifodalar orqali aniqlanadi.
Qaydlov tizimini joriy etishdan iqtisodiy samaradorligi:
(1.18)
bu erda, ΣPtij-tijorat qaydlov tizimining samaradorligi, mln so‘m; ΣPtex-texnik qaydlov tizimini samaradorligi, mln.so‘m.
Tijorat qaydlov tizimi samaradorligi
(1.19)
bu erda, ΔZe- elektr energiyasi xarajatlarini kamayishi; ΔZp-qaydlov tizimini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar.
(1.20)
ΔW-tejaladigan elektr energiyasi; SΔ-elektr energiyasi narxi.
(1.21)
(1.22)
bu erda, – kompleks qaydlov tizimini joriy etishda texnologik elektr uskunalarni holatini, istemol rejimlarini, nazoratni kuchayganligi va tashkiliy tadbirlarni nisbiy samaradorlik koeffitsientlari.
Texnik qaydlov tizimini joriy etishdan iqtisodiy samaradorlik
(1.23)
a va b-texnik qaydlov tizimini foyda va xarajatlardagi salmog‘ini belgilovchi koeffitsient.
Qaydlov tizimini samaradorlik koeffitsienti:
(1.24)
Ps va P0 - qaydlov tizimini qisman va to‘la joriy etishdagi foyda.
Download 125.08 Kb.
1   2




Download 125.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Energiya tejamkorlik bo‘yicha maqsad-mezonlarini ishlab chiqish va energiya tejamkorlik qiymatlarini baholash

Download 125.08 Kb.