§. Ishlab chiqarishni yoritish va yoritish armaturalarini ekspluatatsiya qilishga doir talablar




Download 0.6 Mb.
bet14/16
Sana18.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#74073
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
amalyot hisoboti
35-2021 19.10.2021 (3), 35-2021 19.10.2021 (2), uzb, Fransuz tili, Bosim va Burchak tezligi datchiklari, 1. Variatsiya to’g’risida tushuncha va variyatsiya ko’rsatkichla, Baliqchilik uning iqtisodiy ahamiyati, BMI ni bajarishni nazorat qilish jadvali (PROSENTOVKA), 7-8-9-10-11-sinf fizika ish reja 2023-yil, 92262bf907af914b95a0fc33c3f33bf6, Amir Temur, 3-маъруза АТ ҳужжатлар турлари, Davlat budjeti
13 §. Ishlab chiqarishni yoritish va yoritish armaturalarini ekspluatatsiya qilishga doir talablar
159. Korxonaning ishlab chiqarish va maishiy xonalaridagi tabiiy va sun’iy yoritish amaldagi qurilish me’yorlari va “Tabiiy va sun’iy yoritish” qoidalariga muvofiq (mazkur Qoidalarning 5-ilovasida ko‘rsatilgan) bo‘lishi lozim.
160. Kishilar uzoq vaqt davomida bo‘ladigan barcha ishlab chiqarish va qo‘shimcha xonalar tabiiy yoritilishi lozim. Sex omborlari, moddiy omborlar, termostat, boyler, ventilatsion kameralar tabiiy yoritilmaydigan xonalarda joylashtirilishi mumkin.
161. Yorug‘ bo‘lmagan yoki yorug‘lik yetarlicha bo‘lmagan paytda bir maromdagi ish, ishlovchilar va transportning harakati sharoitini ta’minlash uchun sun’iy yoritishdan hududning barcha xonalarida, platformalar va maydonchalarida foydalanilishi lozim.
162. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy yoritish (TYOK) tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti va ko‘rish ishi razryadiga muvofiq bajarilishi lozim.
163. Ishlab chiqarish xonalarida ishchi yuzalarni sun’iy yoritish, gaz zaryadli lampalar va cho‘g‘lanuvchi lampalar yordamida Sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq yoritilganlik me’yorlariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi mumkin.
164. Ishlab chiqarishda “Iste’molchilar tomonidan elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” (2004-yil 9-iyul) talablariga amal qilinishi lozim.
165. Ishlab chiqarish xonalarining yorug‘lik lampalari shisha yuzalarini kirdan tozalash mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan jadval bo‘yicha, biroq bir oyda kamida bir marta amalga oshirilishi lozim.
166. Yozgi paytda insolatsiyadan himoya qilish uchun himoya moslamalari (pardalar, shishani oqlash) qo‘llaniladi.
167. Yorug‘lik oynalarini bino tashqarisidan va ichkarisidan uskunalar, tayyor mahsulotlar, yarim fabrikatlar va hokazolar bilan to‘sib qo‘yish man etiladi.
168. Bitta xonadagi sun’iy yoritish lyuminessentli lampalar yoki cho‘g‘lanma lampalar bilan amalga oshiriladi.
Ranglar farqlanishi (xomashyoni tekshirish, saralash) talab qilinadigan xonalarda cho‘g‘lanma lampalar o‘rnatilishi lozim.
Ishlab chiqarish, qo‘shimcha va ma’muriy-maishiy xonalardagi yoritilganlik me’yori (mazkur Qoidalarning 5-ilovasida) ko‘rsatilgan.
169. Umumiy yoritish chirog‘lari uchun 220 V dan yuqori bo‘lmagan kuchlanish talab qilinadi.
170. Mahalliy va ko‘chma yoritish chirog‘lari uchun tegishli ravishda 42 V va 12 V kuchlanishdan foydalanish lozim.
171. Chiroqlarning poldan va ish maydonchalaridan balandligi kamida 2,5 m bo‘lishi lozim. Elektr simlari metall quvurlar yoki qoplamlarda olib kelingan, konstruksiyasi maxsus moslamalarsiz chiroqqa yetib bo‘lmasligi ko‘zda tutilgan holda chiroqlarni 2,5 m dan past balandlikda o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
172. Cho‘g‘lanma lampalar va gaz zaryadli lampalar kolba yoki u singanda shisha bo‘laklari tushib ketish imkonini bermaydigan himoya va yorug‘likni sochuvchi armaturaga o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
173. Barcha texnologik sexlar va ochiq havoda o‘rnatilgan chiroqlarning metall qismlari atrof-muhit ta’siridan himoya qiluvchi (namdan saqlovchi) qoplamaga ega bo‘lishi lozim.
174. Stellajlar orasida va yuk platformalarida ko‘chma chiroqlarni ulash uchun 42 V kuchlanishdagi shtepsel rozetkalar o‘rnatilishi lozim.
175. Ko‘chma chiroqlar chang o‘tkazmaydigan bo‘lishi, shisha qalpoq, metall to‘r bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
Ko‘chma chiroqlarni oziqlantirish alohida birlamchi va ikkilamchi elektr o‘ramli pasaytiruvchi transformatorlardan amalga oshirilishi lozim.
176. Ko‘chma chiroqlar, ko‘chma pasaytiruvchi transformatorlarni elektr tarmog‘iga ulash rozetkalari, umumiy o‘rama yoki shlangdagi egiluvchan simlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
177. Barcha texnologik sexlar va bo‘linmalarda mustaqil quvvat manbaidan favqulodda yoritish ko‘zda tutilishi lozim.
Ishlarni davom ettirish uchun favqulodda yoritish ish joylarini ular uchun belgilangan me’yorning kamida 10 foizi darajasida yoritishni ta’minlashi lozim.
178. Evakuatsiya qilish uchun favqulodda yoritish barcha ishlab chiqarish va maishiy xonalarda, zinalar va galereyalarda o‘rnatilishi hamda polda yoki zinalarda 0,3 Lk yorug‘lik darajasini ta’minlashi lozim.
Evakuatsiya qilish uchun favqulodda yoritish chiroqlari ishchi yoritish tarmog‘idan mustaqil tarmoqqa ulanishi lozim.
179. Favqulodda yoritish uchun ish chiroqlaridan turi yoki o‘lchamiga ko‘ra farq qiluvchi chiroqlar o‘rnatilishi lozim yoki ularga chiqishga harakatlanish yo‘nalishi ko‘rsatilgan belgilar qo‘yilishi kerak.
180. Yoritish moslamalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida quyidagilarni amalga oshirish zarur:
davriy ravishda, biroq bir yilda kamida bir marta nazorat nuqtalaridagi yoritilganlik darajasini va xonalarning umumiy yoritilganlik darajasini tekshirish;
davriy ravishda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul shaxs tomonidan belgilangan muddatlarda yoritish moslamalarining ahvolini (loyihaga muvofiqligini, chiroqlarda oyna, panjara, to‘rlar mavjudligini va hokazo) tekshirish;
chiroqlar va yoritish armaturasini davriy ravishda tozalab turish.

Download 0.6 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0.6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Ishlab chiqarishni yoritish va yoritish armaturalarini ekspluatatsiya qilishga doir talablar

Download 0.6 Mb.