|
Koʻtarish, tashish va qarash ajratish-yigish ishlari texnologik jarayoni Reja Ko'tarish, tashish va qarash ishlari texnologik jarayoni. 2-Ajratish-yig’ish ishlari texnologik jarayoni
|
bet | 2/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 9,48 Kb. | | #235363 |
Bog'liq Koʻtarish, tashish va qarash ajratish-yigish ishlari texnologik -kompy.infoKo'rish ariqchalarining turlanishi Ko'rish ariqchalari tuzilish avtomobillarni turiga bog'liq bo'lib, uzunligi avtomobil uzunligidan (yengil avtomobillar uchun 1.4-1.5m, yuk avtomobillar va avtobuslar uchun 1.2-1.3 m) uzun bo'ladi Eni esa avtobus va yuk avtomobili uchun 0.9-1.1 m, yengil avtomobillar uchun 0.8 m bo'ladi. Ko'rish ariqchalariga kuchlanishli yoritgichlar (42 V) o'rnatiladi va ularni harorati 16-25S bo'lgan, har 1 metr uzunlikka 200 m.kubsoat hajmidagi,tezligi 2-2,5 ms va yo'nalishi 45 burchak ostida bo'lgan havo bilan shamollatib turilishi kerak. Chiqindi gazlarni chiqarish uchun maxsus trubalar o'rnatiladi. Ensiz ko'rish ariqchalari yoriq emasligi, hamda ba'zi bir agregatlarni yechish va o'rnatishning qiyinligi, enli ariqchalar ko'p joy egallashi kabi kamchiliklardan ham holi emasdir. Ko'targichlar: Ular avtomobilni kerakli balandlikka ko'tarish uchun xizmat qiladi va quyidagicha turlanadi 1) Pol ustidagi 2) Ko'rish ariqchalaridagi Ular o'z navbatida qo'zg'almas, qo'zg'aluvchan bo'lishi va ishchi organlari bo'yicha esa, suyuqli yuritmali, elektromexanik va pnevmatik kabi turlarga bo'linadi. Estakadalar - temir betondan, temirdan yoki yog'ochdan balandligi 0.7-1.4 m qilib ishlangan bo'lib, 20-25 % qiyalikdagi chiqish va tushish rampalari bo'lgan ko'priklardan iborat bo'ladi. Ko'tarish tashish moslamalari: avtomobillarga TXK va JT ishlarida agregat va mexanizmlarni ko'tarish, hamda tashish uchun ATK da harakatlanuvchi kranlar, yuk tashish aravachalari, elektr telferlari va kran-balkalar ishlatiladİt -harakatlanuvchikranlar: yuklarni yerdan ko'tarish yoki tashish uchun ishlatiladi. Ular kichik yelkada 1000 kg gacha, katta yelkada 200 kg gacha yuk ko'tarish va tashish qobiliyatiga ega.- -yuktashisharavachalari- avtomobil agregatlarini ishlab chiqarish korpusida tashish uchun ishlatiladi. Ular maxsus ishga mo'ljallangan bo'lishi ham mumkin (uzatmalar qutisi, ko'prik reduktorini, kardan valini, ressorlar va boshqa agregatlarni yechish, o'rnatish va tashish aravachalari).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Koʻtarish, tashish va qarash ajratish-yigish ishlari texnologik jarayoni Reja Ko'tarish, tashish va qarash ishlari texnologik jarayoni. 2-Ajratish-yig’ish ishlari texnologik jarayoni
|