|
Kremniydan tashkil topgan quyosh panellari Panellarni qo’llash usullari Quyosh panellari: afzalliklari
|
bet | 1/3 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 134,02 Kb. | | #136063 |
Bog'liq Quyosh panellari
Quyosh panellari
Reja :
Kirish
Asosiy qism
Kremniydan tashkil topgan quyosh panellari
Panellarni qo’llash usullari
Quyosh panellari: afzalliklari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Talabga javob beradigan muqobil energiya manbaalari hozirda quyoshdan energiya olib ishlaydigan uskunalar hisoblanadi. Bu yo’nalish dunyo bo’ylab juda jadallik bilan rivojlanmoqda, hususan O’zbekiston ham bu borada qolishayotgani yo’q. Elektr energiya va boshqa manbaalarning narxi ko’tarilayotgani sababli bizning mamlakatimizda ham ko’p insonlar geliopanellarga qiziqishi ortib bormoqda.
Hozirda bozor sizga shunchalik ko’p turdagi quyosh panellarini taklif qilishi mumkin, ularning turlari judayam ko’p, shu sababdan haridorlarda savol tug’ilishi mumkin “ Qanday qilib sifatli quyosh panelini tanlash mumkin? Quyosh panellarining qanday turlari bor? “ Maqolada shu haqida so’z boradi. Birinchi navbatda panellar, materiallar, ishlash prinsipi va ishlab chiqarish turiga qarab farqlanadi.
Kremniydan tashkil topgan quyosh panellari
Bunday turdagi panellarning eng birinchi farqi bu ishlatiladigan materialidadir. Nomidan bilib olishingiz mumkin, bu kremniy quyosh panellaridir. Bugungi kunda bozordagi eng ko’p uchraydigan panel. Bu kremniyni topish osonligidan, hamyonbop va boshqa panellarga qaraganda energiya ishlab chiqarishi ham anchagina yaxshiroqdir. Bunday panellarni ishlab chiqarishda nafaqat kremniydan, undan tashqari mono, polikristal va amorf kremniy ham ishlatiladi. Farqi nimada?
Monokristal quyosh panellari
Monokristal quyosh panellarini ishlab chiqarishda eng toza kremniydan foydalaniladi. Ko’rinishida esa, barcha yacheykalar bir tizimga ulangan holda bo’ladi. Monokristalni tozalab bo’lgandan so’ng uni qotishi uchun vaqt talab etiladi. Qotib bo’lgandan so’ng esa o’ta yupqa plastinalarga ajratiladi.
Bunday plastinalar elektroddan yasalgan yuqa sim bilan bir biriga bog’lanadi. Amorfli panellarga nisbatan qimmatroq turadi. Sababi, bu turdagi panellarni ishlab chiqarish juda qiyin. Ammo, bu turdagi panellarni tanlash ham yaxshi, sababi bu panellarning foydali ish koeffitsiyenti 20% atrofida bo’lib, quyosh panellari uchun juda yaxshi ko’rsatkich.
|
| |