3
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-
2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF 60-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da fuqarolarning
axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash
borasida bir qator vazifalar, jumladan, shaxsiy va sir saqlanishi lozim bo‘lgan
ma’lumotlarni Internet tarmog‘ida oshkor qilish bilan bog‘liq daxlsizlik huquqi
buzilishining oldini olish va kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini yaratish
vazifalari qo‘yilgan [1,2].
Bundan tashqari 2020–2023 yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir
milliy strategiya asosida Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 25-fevralda qabul
qilingan va Senat tomonidan 2022-yil 17-martda ma‘qullangan “Kiberxavfsizlik
to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Qonunning asosiy maqsadi
kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mazkur
qonunda kiberjinoyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur
choralarni ko‘rish alohida ta‘kidlab o‘tilgan [1,2].
Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlanish davrida barcha ishlar
avtomatlashib turli xil qulayliklar yaratilib borilmoqda. Shu bilan birga inson
yashashi uchun zarur bo‘lgan turar joylar ayniqsa bu texnologiyalar yordamida
kishilarda o‘zgacha taassurot uyg‘otmoqda. Zamonaviy uyda avtomatlashtirilgan
qurilmalar, konditsioner, shamollatish tizimlari va shunga o‘xshash bir qator
zamonaviy talablarni o‘zida mujassam etgan bo‘lishi talab etiladi. Aqlli uy
texnologiyasida ma’lumotlarni maxfiyligini, butunligini ta’minlash, undagi
xavfsizlik muammolari, bo‘ladigan hujumlar va ulardan himoyalanish bugungi
kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Individual loyiha ishining maqsadi va vazifalari:
mazkur ishning maqsadi
zamonaviy IoT texnologiyalaridagi xavfsizlik muammolari va unga bo‘ladigan
hujumlar tahlili. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quydagi vazifalar qo‘yiladi: