-rasm. Kuchlanish klassi 35 kV quvvati 10006300 kVA konstruk-siyasiga mos keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori




Download 420,85 Kb.
bet2/6
Sana16.05.2024
Hajmi420,85 Kb.
#237361
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kuch transformatorlarini tanlash reja Tranformatorlar va ularni

1-rasm. Kuchlanish klassi 35 kV quvvati 10006300 kVA konstruk-siyasiga mos keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori:
1 – bak; 2 – moy uchun ventil; 3 – zaminlash uchun qistirma; 4 – ter-mosifonli filtr; 5 – radiator; 6 – kuchlanishni rostlash qayta ulagichi; 7 – kengaytirgich; 8 – moy ko‘rsatkich; 9 – havo quritgich; 10 – chiqaruvchi (saqlovchi) truba; 11 – gaz rele; 12 – YuK chulg‘am uchun o‘tish izolyatori; 13 – qayta ulagich dastagi; 14 – PK chulg‘amga oid o‘tish izolyatori; 15 – transformatorni ko‘tarish uchun ilgich; 16 – PK chulg‘amni o‘tish izolyatori bilan bog‘lovchi o‘tkazgich; 17 – magnit o‘tkazgich; 18 – YuK chulg‘amni o‘tish izolyatori bilan bog‘lovchi o‘tkazgich; 19 – yuqorgi va pastki yarmo balkalari; 20 – YuK chulg‘am rostlash tarmog‘ining simlari; 21 – YuK chulg‘am; 22 – aravacha g‘ildiragi.
Transformatorlarning tasnifi, ularga qo‘yiladigan asosiy talablar, gabaritlari va nominal kattaliklari
Transformatorlarning tasnifi. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra transformatorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) kuch transformatorlari; 2) maxsus transformatorlar.
Kuch transformatorlari o‘z navbatida: umumiy maqsadli va sohaviy turlarga bo‘linadi.
Elektr energiyani uzatish, qabul qilish hamda ishlatishga mo‘ljallangan elektr tarmoqlari va uskunalarida elektr energiyani o‘zgartirish(kuchlanishni oshirish yoki kamaytirish) vazifasini bajaradigan transformatorni kuch transformatori deyiladi. Bu toifaga: quvvati 6,3 kVA va undan katta bo‘lgan uch fazali transformatorlar hamda quvvati 5 kVA va undan katta bo‘lgan bir fazali transformatorlar kiradi.
Normal sharoitda ishlayotgan elektr tarmog‘iga ulash uchun yoxud maxsus ish sharoiti, yuklamaning xarakteri yoki ish rejimi bilan farq qilmaydigan energiya iste’molchilarini bevosita ta’minlashga tayyorlangan transformatorlarni umumiy maqsadli kuch transformatorlari deyiladi. Transformatorlar fazalar soniga ko‘ra: bir, uch va ko‘p fazali(sohaviy); chulg‘amlar soniga ko‘ra – ikki, uch va ko‘p chulg‘amli turlarga bo‘linadi.
Agar transformatorning har fazasida uchta[yuqori kuchlanishli (YuK), o‘rta kuchlanishli (O‘K) va past kuchlanishli (PK)] elektr jihatdan ulanmagan chulg‘amlari bo‘lsa, bunday holda uch chulg‘amli transformator deyiladi.
Agar transformatorda U1N2N bo‘lsa – oshiruvchi, U1N>U2N bo‘lganida esa – pasaytiruvchi transformator deyiladi.

Download 420,85 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 420,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Kuchlanish klassi 35 kV quvvati 10006300 kVA konstruk-siyasiga mos keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori

Download 420,85 Kb.