• 2.7-jadval
  • Tekstil beton tayyorlash uchun komponentlar. Matritsa.
  • Kurs ishi mavzu: Kompozit materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi. Mundarija




    Download 0,91 Mb.
    bet14/15
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,91 Mb.
    #245227
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Kompozit2222

    – jadval


    Turli kompozit fibratolalarning solishtirma tavsifi



    Ko‘rsatkichlar

    Bazaltli fibra

    Polipropilenli fibra

    Shishatolali fibra

    Po‘lat (metall) fibra

    Material

    Bazaltli tola

    Polipropilen tola

    Shishatolali

    Uglerodi po‘lat (metall) tola

    Cho‘zilishdagi mustahkamligi, MPa

    3500

    150-600

    1500-3500

    600-1500

    Tolaning diametri

    13-17 mkm

    10-25 mkm

    13-15 mkm

    0,5-1,2 mm

    Tolaning uzunligi

    3,2-15,7 mm

    6-18 mm

    4,5-18 mm

    30-50 mm

    Elastiklik moduli, GPa

    75 dan kam emas

    35

    75

    190

    Uzayish koeffitsienti

    3,2

    20-150

    4,5

    3-4

    Yumshash harorati, 0C

    1450

    160

    860

    1550

    Ishqorlar va korroziyaga bardoshliligi

    Yuqori

    Yuqori

    Faqat ishqorga bardoshli tola uchun

    Past

    Zichligi, g/sm3

    2,60

    0,91

    2,60

    7,80



    2.7-jadval


    Fibro betonlarning afzallik va kamchiliklari

    Afzalliklari

    Kamchiliklari

    • Betonlarni fibro tolalar bilan armaturalash armatura karkasi va setkasi xarajatlarini kamaytiradi;

    • Yuqori mahsuldorligi;

    • Beton sarfining kamligi;

    • Betonning boshqa turlaridan farqli o'laroq, fibrobeton xizmat muddati tugagandan keyin ham texnik xususiyatlarini yo'qotmaydi, chunki tolalar tufayli material yopishqoq bo'ladi;

    • Yaxshi adgeziya (yopishqoqlik) xususiyatiga ega;

    • Fibro gazo- hamda penobetonlarda qo’llanilishi;

    • Fibro penobetnlarda mustahkamligini oshiradi.

    Ajablanarlisi shundaki, bu betonning kamida bittasi, ya'ni oddiy beton eritma bilan solishtirganda yuqori narx. Biroq, bu kamchilik qurilish materiallarining chidamliligi va uning aşınma qarshiligi bilan osongina qoplanadi

    Tekstil beton tayyorlash uchun komponentlar. Matritsa.


    Tekstil beton matritsasi oddiy betonga nisbatan nafaqat tarkibi, balki reologik xossalari bilan ham farqlanadi. Tekstil betonda to‘ldiruvchi sifatida asosan mayda to‘ldiruvchi bo‘lgan qumdan foydalaniladi. Bog‘lovchi modda sifatida odatda portlandsementdan foydalaniladi. Mayda to‘ldiruvchi, bog‘lovchi va suv miqdori hal qiluvchi omil bo‘lib, matoning shimilishiga va bu bilan materialning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari bir qatorda yangi betonning konsistensiyasi ishlab chiqarish jarayoniga bog‘liqdir. Quyish, laminatsiyalash yaxshi oquvchanlikni talab qiladi va buning oqibatida qolip to‘ldiriladi va zarur geometrik shakl tayyorlanadi. Foydalaniladigan armaturalovchi materialning turiga qarab shishaning korroziyasini kamaytirish maqsadida betonning ishqoriyligini boshqarish mumkin (2.9, 2.10-jadvallar).
    Tekstil qatlamli strukturalarni tayyorlash g‘oyasi Englerga tegishli bo‘lib, u to‘rlarni modifikatsiyalab avvalgi to‘rlarni mavjud joylashitirishni to‘r o‘lchami va shaklini o‘zgartirish orqali erishgan. Bunday tekstil armaturali konstruksiyalar yaxshi egiladi va zarur geometrik shaklga ega bo‘lishi mumkin.
    Tektil strukturalarning egiluvchanligi ma’lum afzallik va kamchiliklarga egadir. Ularning asosiy afzalligi tekstil strukturalarning xar qanday geometrik shaklni hosil qilish imkoniyatining mavjudligidir. Ammo o‘lchamlar va tayyorlash jarayoni stabilligining pastligi, xususan betonlash jarayonidagi qiyinchiliklar mavjuddir. Buning uchun turli choralar ko‘rilishi mumkin (2.13-rasm).
    Armaturaning yuzasiga qistirmalar o‘rnatilishi mumkin va bu esa qolip devoridan ma’lum masofada bo‘lishni ta’minlaydi. Muqobil usul sifatida tekstil
    epoksid qatroni yoki plastik dispersiyalar bilan shimdirilsa u yuqori bikrlikka ega bo‘ladi va o‘lchamlarning stabilligiga erishish mumkin.
    XULOSA

    Xulosa qilib shuni aytganimda zamonaviy ta’lim tizimining asosini yuqori sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’lim jarayonida innovatsion axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga hamda fan, texnikaning rivojlanishiga xizmat qiladi. Kompozitsion materiallar ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan yana biri qurilishni qisqa muddatlarda olib borish imkoniyatini beradigan, qurilmalarning vaznini kamaytiradigan, qurilishning sifatini oshiradigan va tannnarxini pasaytiradigan samarador materiallar va buyumlar ishlab chiqarish deb belgilandi. Misol tariqasida har xil qurilish materiallaridan tayyorlangan devorning qalinligi va 1m2 yuzasining massasini solishtirib ko‘rish mumkin.


    Bu o‘rinda beton va yig‘ma temir-beton buyumlarni ishlatish ham katta ahamiyatga ega. Temir-beton buyumlar va qurilmalarning samaradorligi mehnat unumdorligini oshirish, qurilish muddatini qiskartirish imkoniyatini beradi. Shuning uchun temir-beton buyumlar, shu jumladan oldindan zo‘riqtirilgan qurilmalar ishlab chiqarish rivojlanmoqda. Kompozitsion materiallar -oʻzaro uncha taʼsirlashmaydigan, kimyoviy jihatdan har xil boʻlmagan komponent (aralashma) larning hajmiy birikishidan hosil boʻladigan va komponentlar bir-biridan aniq chegara bilan ajralib turadigan materiallar. Har qaysi komponentning eng yaxshi xossalari (mustahkamligi, yeyilishga chidamliligi va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtirganligi uchun Kompozitsion materiallar ularning hech biriga xos boʻlmagan koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Odatda, Kompozitsion materiallar plastik (metall yoki nemetall — anorganik yoki organik) asos yoki matritsa hamda qoʻshilmalar: metall kukunlari, tolalar, ipsimon kristallar, yupka payraha, gazlama va boshqalardan iborat boʻladi. Kompozitsion materiallar turlari: tolali; dispersion-zichlangan va qatlamli. o‘qitishdan maqsadkompozitsion materiallar ishlab chiqarish sanoatining xozirgi kundagi xolati, kompozitsion materiallar ishlab chiqarish sanoatida chet el tajribalari haqida, kompozitsion materiallar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar tanlash, xom ashyolarga ishlov berish, xom ashyolarni tozalash va boyitish talabalarda amaliy masalalarni hal qilish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat

    Download 0,91 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,91 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzu: Kompozit materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi. Mundarija

    Download 0,91 Mb.