• 3.1- jadval. 2018-22 yillar uchun YaIMga nisbatan byudjetlar daromadlari
  • Kurs ishi Mavzu: “Moliya munosabatlarining mohiyati, vazifalari va iqtisodiyotni tartibga solishdagi ro’li”




    Download 158,92 Kb.
    bet8/11
    Sana09.01.2024
    Hajmi158,92 Kb.
    #133405
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Kurs ishi Mavzu “Moliya munosabatlarining mohiyati, vazifalari

    2.4. Qimmatli qog`ozlar bozori.
    Qimmatli qog`ozlar, bu - qonunda belgilangan tartibda chiqarilgan va nominal qiymatga ega bo`lgan pulli xujjatlardir. Ular mulkchilik munosabatlarini ifodalaydi va qandaydir mulk yoki pul miqdoriga egalik qilish huquqini tasdiqlaydi. Qimmatli qog`ozlar dividend yoki foizlar ko`rinishida daromad to`lashni hamda mazkur xujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini ham nazarda tutadi.
    Boshqacha qilib aytganda, egalik qilish huquqini tasdiqlovchi, divident yoki foizlar ko`rinishida daromad olishni ko`zlovchi, emissiya qiluvchi va sotib oluvchi o`rtasidagi o`zaro mulkiy munosabatni bildiruvchi, boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi barcha pulli xujjatlar qimmatli qog`ozlar deb yuritiladi.
    O`zbekiston Respublikasining "Qimmatli qog`ozlar va fond birjasi to`g`risida"gi Qonunida ko`rsatilishicha, mamlakatimiz hududida qimmatli qog`ozlarning quyidagi turlari amal qiladi: aktsiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit sertifikatlari, veksellar, hosilaviy qimmatli qog`ozlar.
    Aktsiyalar aktsiyadorlik jamiyatining ustav jamg`armasiga muayyan hissa qo`shganlikdan guvohlik beruvchi, uning egasiga jamiyat foydasining bir qismini olish va uni boshqarishda qatnashish huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog`ozdir.
    Aktsiyalar bo`yicha ularning egasi oladigan daromad divident deb aytiladi. Dividentlarning miqdori aktsiyadorlik jamiyatining yil davomida olgan foydasiga bevosita bog`liqdir. Katta foyda olgan jamiyatning o`z aktsiyadorlariga ko`proq divident to`lash imkoniyati mavjud bo`lsa, kamroq foyda olgan jamiyatlarning to`laydigan dividentlari ham kamroq bo`ladi.
    O`zbekiston Respublikasida chiqarilayotgan aktsiyalarning 2 xil turi mavjud bo`lib, ularning birinchisi ochiq va yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalaridir. Ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalari ochiqchasiga muomalaga chiqarilib, keyinchalik aktsiyadorlarning roziligisiz qo`ldan-qo`lga o`tib, o`z egasini almashtirib turishi mumkin. Yopiq turdagi jamiyatlar aktsiyalari sarmoyadorlar o`rtasidagina taqsimlanib, faqat kompaniya umumiy yig`ilishining roziligi bilan qo`ldan-qo`lga o`tishi mumkin.
    Aktsiyalarning ikkinchi turi, bu – egasining nomi yozilgan va faqat uning mulki hisoblanadigan aktsiyalardir. Aktsiya egasi jismoniy shaxs bo`lsa, uning familiyasi, agar yuridik shaxs bo`lsa, tashkilotning nomi ko`rsatiladi.
    Aktsiyalar, shuningdek, oddiy va imtiyozli bo`ladi. Oddiy aktsiya egasi aktsiyadorlar umumiy yig`ilishida qatnashish huquqiga ega bo`lib, u oladigan dividentining miqdori jamiyatning yil davomidagi ish natijalariga bog`liq. Imtiyozli aktsiyalar egasi aktsiyadorlar yig`ilishida qatnashish, demak, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega emas. Aktsiya egasiga beriladigan imtiyoz shundan iboratki, unga to`lanadigan divident miqdori kafolatlangan bo`lib, jamiyatning ish natijalariga bog`liq emas.
    Obligatsiyalar deyilganda, uning egasi ma`lum miqdordagi pul mablag`larini qarzga berganligini va uning evaziga ma`lum muddat o`tgandan keyin qarz belgilangan foiz bilan qaytarilishini tasdiqlovchi qimmatli qog`oz tushuniladi.
    Obligatsiyalar, ularni chiqaruvchi, ya`ni emitentning xususiyatiga ko`ra 3 xil bo`ladi: davlat obligatsiyalari, munitsipal (mahalliy) obligatsiyalar va korxonalarning obligatsiyalari.
    Xazina majburiyatlari, bu – ularning egalari tomonidan byudjetga ma`lum miqdordagi pul mablag`larini berilganini va ular ma`lum muddat davomida belgilangan daromadni olish huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi qimmatli qog`ozlardir.
    Tabiatan xazina majburiyatlari davlat obligatsiyalari bilan nihoyatda yaqin bo`lib, odatda 3 xil ko`rinishga ega.

    III-BOB. INTERNET MA’LUMOTLAR.
    Soliq tizimining muammolari va ularni hal qilishning mumkin boʻlgan istiqbollarini taqdim etishdan oldin, uni rivojlantirishning amaldagi sharoitlarini koʻrib chiqamiz. 2021 yil yakunlari boʻyicha Konsolidatsiyalashgan byudjet (Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalari) daromadlari 196,4 trln soʻmni (YaIMga nisbatan 26,7%) tashkil etdi. 1-jadvaldan koʻrinadiki, YaIMga nisbatan Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari ulushi dinamikada deyarli oʻzgarmagan va aksincha oʻsish tendensiyasiga ega. Buni ayniqsa 2022 yil uchun daromadlar prognozi tasdiqlaydi - daromadlarning YaIMga nisbati 30,3% darajasida prognoz qilinmoqda.
    Byudjetga daromadlar tushumining oshishi/kamayishiga umuman quyidagi omillar ta’sir etadi:
    - respublika iqtisodiyotining oʻsishi;
    - soʻmning erkin ayirboshlash kursini joriy qilish;
    - qimmatbaho va rangli metallarga jahon narхlarining nisbatan yuqoriligi;
    - pandemiya vaqtida karantin choralarining joriy etilishi va yengillashtirilishi;
    - soliq islohoti;
    - soliq ma’muriyatchiligining yangi instrumentlarini joriy etish.
     3.1- jadval. 2018-22 yillar uchun YaIMga nisbatan byudjetlar daromadlari
    mlrd soʻm





    Download 158,92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 158,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi Mavzu: “Moliya munosabatlarining mohiyati, vazifalari va iqtisodiyotni tartibga solishdagi ro’li”

    Download 158,92 Kb.