I Bob Proyektni tayyorlash va loyihalash
1.1 Loyihalash
Loyihalash — moʻljallangan obyektlar (apparat va asboblar, bino va inshootlar, yoʻl va koʻpriklar, mashina va jihozlar, samolyot va kosmik kemalar, radiopriyomnik va televizorlar, telefon va kompyuterlar, kiyim-bosh va poyabzallar, mebellar hamda boshqa turli-tuman mahsulotlarning yangi xillari va namunalari)ni qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish jarayoni. Fan va texnikaning barcha sohalarida qoʻllaniladi. U ilmiy tadqiqot ishlari, iqtisodiy va texnikaviy hisob-kitob, smeta tuzish, chizmachilik va chizmalarni koʻpaytirish amallarini oʻz ichiga oladi, chizmalar asosida koʻpincha obyekt (bino, mashina va boshqalar)ning maketi tayyorlanadi. Biror bir obyektni individual (yakka tartibda) va tipaviy (ommaviy tartibda) loyihalash mumkin. Loyihani maxsus tashkilotlar, firmalar yoki guruhlar amalga oshiradi. Bular sohalar boʻyicha yoki ixtisoslashtirilgan tarzda ish yuritadi. Biror obyektni loyihalashda standartlashtirilgan detallar, agregatlar, uzellar va meʼyoriy hujjatlardan keng foydalaniladi.
Loyiha ushbu bosqichlarda amalga oshiriladi: loyiha topshirigʻi, loyiha yechimi va loyiha sinovi. Loyiha topshirigʻida boʻlajak obyektni qurishning shartsharoitlari va maqsadga muvofiqligi asoslanadi va uning tafsilotlari belgilanadi. Loyiha yechimida boʻlajak obyektning rejasidan tortib toki tayyor holigacha boʻlgan ishlar belgilab olinadi. Loyiha sinovida tayyor loyiha maxsus tuzilgan dastur asosida tekshiriladi.
Bu bosqichlarni amalga oshirishda ilmiy tadqiqot ishlari va muhandislik-qidiruv ishlarini bajarishga ham toʻgʻri keladi. Hozir loyihalash jarayonini avtomatlashtirishga ayniqsa keng eʼtibor berilmoqda. Bunda tashkiliy-texnikaviy vositalar, elektron-hisoblash mashinalari, kompyuterlar, avtomatika vositalaridan foydalaniladi. Bu vositalar majmui "inson va mashina" tizimini, yaʼni avtomatlashtirilgan loyihalash tizimini tashkil qiladi. Bu tizim insonni murakkab va sermehnat hisoblash, qiyin jadvallarni tuzish ishlaridan ozod qiladi, loyihani ancha tezlashtiradi.
Korxona, bino va inshootlarni loyihalash ikki yoki bir bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Ikki bosqichli loyihalashda texnik loyiha va ishchi chizmalar ishlab chiqariladi, bir bosqichli loyihalashda esa texnik ishchi loyiha ishlab chiqiladi.
Bir bosqichli loyihalar qurilishi namunaviy yoki takroran qo‘llanilayotgan iqtisodiy loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan, shuningdek texnik jihatdan murakkab boim agan obyektlar uchun ishlab chiqariladi:
Matbaa sanoatida bir bosqichli loyihalash namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan tuman, shaharva viloyat miqyosidagi bosmaxonalar uchun, shuningdek, katta bo‘lmagan korxonalarni rekonstruksiya qilishda qo‘llaniladi.
Bir yoki ikki bosqichli loyihalarni ishlab chiqarish qarorlarini tegishli vazirliklar va mas’ul tashkilotlar qabul qiladi.
Texnik loyihada quyidagi asosiy masalalar hal qilinadi:
1. Ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, energiya, suv va boshqa resurslar bilan ta’minlash.
2. Xomashyo va tayyor mahsulotlarning harakatlanish oqimi shakli.
3. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va hamkorligi.
4. Yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi ishlab chiqarishning texnik jarayonlari.
5. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning iqtisodiyoti hamda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini qo‘llash.
6. Ishlab chiqarishni kadrlar bilan ta’minlash.
7. Qurilishga ajratilgan hududdan foydalanish va bosh rejaning oqilona variantini tanlash.
8. Asosiy bino va inshootlar, binolarning muhandislik jihozlarining arxitektura va tuzilish prinsiplari.
9. Mehnatni ilmiy tashkil qilish va ishchilarga maishiy xizmat ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratish.
10. Korxonada va qurilishda ishlovchilar uchun turarjoy maishiy
sharoitlar yaratish.
11. Qurilishni tashkil qilish va uni amalga oshirish davomiyligi.
12 Qurilish narxi, ya’ni smeta kapital qurilishini rejalashtirish hamda buyurtmachi va quruvchi tashkilot orasidagi hisoblar uchun asosiy hujjat bo‘lishi kerak.
13. Texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar: mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, ishlab chiqarishning rentabelligi uning mexanizatsiyalashganlik va avtomatlashganlik darajasi, energiya bilan ta’minlanganlik, kapital sarmovalarning iqtisodiy samaradorligi va boshqalar.
|