1.2.1- rasm
1.3 Loyihalash mazmuni va bosqichlari.
Ma’lumki, korxona va muassasalar ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshiradilar. Bu faoliyat qoidaga binoan bir xildagi mahsulot ishlab chiqarishni va bir xil operatsiyalarni yoki loyihalarni o‘z ichiga oladi.
«Loyiha» tushunchasi qator umumiy xususiyatlari bilan tavsiflanadigan turli xildagi faoliyatlarni birlashtiradi. Ulardan asosiylari quyidagilar:
–aniq bir maqsadga, belgilangan natijalarga erishishga yo‘naltirilganligi;
–o‘zaro bog‘liq juda ko‘p harakatlarning muvofiqlashtirilgan tarzda bajarilishi;
–ma’lum bir chegaralangan muddatga egaligi.
Loyihaning ishlab chiqarish tizimidan asosiy farqi shundan iboratki, loyiha
bir marotabalik faoliyatdir. Mahsulot ishlab chiqarish esa vaqt bo‘yicha oldindan
belgilangan muddatga ega emas va u talabning miqdoriga bog‘liq. Mahsulotga
talabning tugashi ishlab chiqarishni to‘xtatishga olib keladi.
Operatsiya va loyiha ham o‘xshash, ham bir-biridan farq qiluvchi qator
tavsiflarga egadir. O‘xshash bo‘lgan tavsiflar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
–ular ma’lum maqsadga ega;
–kishilar tomonidan bajariladi;
–miqdoriy chegaralangan ma’lum bir resurslarni talab qiladi;
–boshqariladi, ya’ni rejalashtiriladi, nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.
Asosiy farqi shundan iboratki, operatsiyalar uzoq vaqt mobaynida doimiy ravishda takrorlanib turadi, loyiha esa operatsiyadan farqli o‘laroq, muvaqqat, yakka tartibdagi tadbirdir. Bundan ko‘rinadiki, loyiha o‘ziga xos yangilikka va takrorlanmaslikka hamda qat’iy belgilangan boshlanish va tugallanish vaqtiga ega.
Loyiha va operatsiyalarning farq qiluvchi jihatlarini quyidagi misollarda ko‘rib o‘tish mumkin:
Operatsiyalar:
–go‘sht mahsulotlarini, ya’ni kolbasa ishlab chiqarish texnologik liniyasining Loyihani boshqarish ko‘p jihatdan tashkiliy-iqtisodiy jarayonlarga kiradi hamda loyihani boshqarishning turli funktsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqaruv masalalarini hal qilishga yo‘naltirilgan.
Loyihalarda qo‘llaniladigan loyihani boshqarishning ko‘pgina jarayonlarini odatda 5ta guruhga ajratish mumkin.Ularning har biri bir yoki bir necha jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
1. Initsiatsiya jarayoni–loyiha yoki uning navbatdagi fazasi bo‘yicha ish boshlanganligini rasmiy tan olish (bunga buning uchun zarur bo‘ladigan barcha ishlar va tadbirlar kiradi).
2. Rejalashtirish jarayoni–loyihaning maqsad va natijalariga muvaffaqiyatli erishish uchun loyiha rejasini va boshqarishning harakatdagi tashkiliy-texnik tizimini ishlab chiqish.
3. Bajarish jarayoni–loyiha rejasini bajarish uchun mehnat va moddiy resurslarni loyihaga muvofiqlashtirish.
4.Nazorat qilish jarayoni–loyiha bo‘yicha bajarilgan ishlarni miqdoriy baholash, monitoring yo‘li bilan loyihaning bajarilishi va maqsadga erishilganlikni kuzatib borish va loyiha rejasidan salbiy cheklanishlarni bartaraf qilish uchun zaruriy tuzatmalarni amalga oshirish.
5.Yopilish jarayoni–bajarilgan loyiha yoki uning alohida fazasini rasmiy qabul qilish, shartnomalarning yopilishi va loyihani nihoyasiga etkazish. Loyihani boshqarish bo‘yicha asosiy ishlarning mazmunini quyidagicha qayd qilish mumkin:
INITSIATSIYA (tashabbus ko‘rsatish)
–loyiha yoki uning navbatdagi fazasini initsiatsiyalash;
–loyiha kontseptsiyasini ishlab chiqish;
–texnik-iqtisodiy asoslash;
–loyihani baholash va tasdiqlash.
REJALASHTIRISH
–predmet sohasi (maqsadi, natijalari)ni rejalashtirish;
– loyihaning predmet sohasini boshqarish(mazmuni va mohiyati);
–sifatni boshqarish (natijalarga talablar, standartlar);
–vaqt resurslarini boshqarish (vaqt byudjeti);
–qiymatni boshqarish (moliyaviy va moddiy sarf- xarajatlar byudjeti).
Loyiha uchun quyidagilarni aniqlash zarur:
–loyihaning predmet sohasi;
–loyiha sifati (tashkiliy va texnik echimlar, bajarilgan ishlar, oraliq va yakuniy natijalar);
– loyihaning muddati (bosqichlar va ishlar grafigini ishlab chiqish va nazorat qilish);
–loyihaning qiymati (loyihaning to‘la smetasi va moliyaviy byudjetini ishlab chiqish).
Loyihani boshqarishning integrallashgan funktsiyalari quyidagilar:
–loyiha personalini boshqarish (ishni tanlash, tayyorlash, tashkil etish);
–kommunikatsiyalarni boshqarish(ishning ketishi va natijalarini monitoring va prognoz qilish );
–shartnomalarni boshqarish (bajaruvchilar, materiallar va boshqa kontraktatsiyalar);
–tahlikani boshqarish (loyihadagi noaniqlik darajasini pasaytirish).
Boshqarish faoliyatining beshinchi turi–nazorat, ya’ni o’z vaqtida ogohlantirish uchun chetga chiqishlarni prognoz qilishdir. Tibbiyotda eng asosiy muammo kasallikni davolash emas, balki uning oldini olishdir. Shifokorlar kasallikdan qanchalik ko‘p marta ogohlantirsalar, bemorlar soni shunchalik kam bo‘ladi. Asosiysi –bu profilaktika! Loyihani boshqarishda ham shunday. «Natija»dan keyin emas, loyihaning bajarilish jarayonini oldindan aytib berish va chetga chiqishga yo‘l qo‘ymaslik o‘ta muhim. Aynan shu haqiqiy nazoratdir.Loyihanboshqarish boshqaruv funktsiyasini amalga oshirishda majmuaviylikni ko‘zda tutadi. Buning uchun quyidagilar nazarda tutiladi:
– loyihani boshqarish mazmunini tashkil etuvchi funktsiyalar butun yig‘indisini ko‘rib chiqish hamda loyiha oldida turgan maqsad va vazifalarning ushbu yig‘indiga moslik darajasini aniqlash;
|