|
Kurs ishi mavzusi
|
bet | 10/13 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #234289 |
Bog'liq KURS ISHI.pdf2.2 Sodda dastur yozish
Paskal tilida eng sodda dasturlarni yozish uchun quyidagi umumiy qoida qabul qilingan:
1. Dastur program so‘zi bilan boshlanadi, undan keyin dasturning nomi yoziladi.
2. Dastur end so‘zi bilan tugaydi.
3. O‘zgarmaslar ro‘yxati odatda ikkinchi satrda joylashib, sonst so‘zidan keyin keltiriladi.
4. Dasturda qatnashadigan barcha o‘zgaruvchilar va ularning tiplari var so‘zidan keyin ko‘rsatiladi.
5. Masalaning echish uchun paskal tilidagi buyruqlar ketma-ketligi begin dan keyin yoziladi.
6. Dasturdagi har bir ko‘rsatma yoki buyruq boshqalaridan «;» belgisi bilan ajratiladi.
7. Dasturdagi oxirgi end dan keyin nuqta qo‘yiladi. Agar yozilayotgan dasturda o‘zgarmas ma’lumotlar qatnashmasa, ushbu umumiy sxemadagi 3-punktni tushirib qoldirish mumkin. Dasturda o‘zgaruvchilardan ham foydalanishga ehtiyoj bo‘lmasa, 4-punktni ko‘rsatmaslik mumkin.Sodda dasturlar yaratish uchun “size” qayerdan boshlash kerakligini bilish kerak. Agar siz boshqalar uchun dasturlar yaratmoqchi bo‘lsangiz, masalan, loyihaga qanday ravishda qo‘llanishni o‘rganish kerak. Yoki agar siz o‘zingiz uchun dastur yaratmoqchi bo‘lsangiz, kerak bo‘lgan asosiy qadalarni bilish va texnologiyalarni o‘rganish kerak. Raqamli darsliklar, onlayn forumlar va yordamchi veb-saytlar sizning bilimingizni rivojlantirish uchun muhim bo‘lishi mumkin.Sodda dasturlar odatda oson va yengil bo‘lishi uchun maqsadlar va foydalanuvchilar talablari boyicha minimal funksiyalarga ega bo‘ladi. Bu dasturlar asosan bitta maqsadga yo‘naltiriladi, masalan, ma’lum bir vazifani bajarish, ma’lum ma’lumotlarni saqlash yoki ma’lumotni tahrirlash kabi. Sodda dasturlar odatda minimal dizaynga, oson bo‘lishga misol qilib, boshqaruv interfeysi minimalist bo‘lishi lozim. Ular ko‘p funksiyali dasturlargagina nisbatan kam funksiyalarga ega bo‘lishi mumkin.
2.3 Massivlar
Endi dasturdagi ma’lumot strukturalari bilan tanishishni boshlaymiz. Dasturda ikki asosiy tur ma’lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda xotirada egallagan joyi o‘zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Statik massivlar elementlar soni oldindan ma’lum bo‘lgan va initsializatsiyalangan (qiymat belgilangan) massivlar hisoblanadi. Dinamik ma’lumot tiplari dastur davomida o‘z hajmini, egallagan xotirasini o‘zgartirishi mumkin. Dinamik massivlar esa elementlari soni oldindan ma’lum bo‘lishi va uni initsializatsiyalash (qiymat belgilash) shart emas. Statik massivlarning kamchiliki shundaki, agar ularning o‘lchamini oldindan juda katta olinsa-yu, uning ko‘p qismi keraksiz qolib ketsa, u holda xotira behuda sarflanishiga olib keladi. Shu muammoni hal qilish maqsadida massivlar C# tilida asosan dinamik tarzda e’lon qilinadi. Massivlar hotirada ketma-ket joylashgan, bir tipdagi o‘zgaruvchilar guruhidir. Alohida bir o‘zgaruvchini ko‘rsatish uchun massiv nomi va kerakli o‘zgaruvchi indeksini yoziladi.
Massiv (lot. massa — boʻlak, parcha) — 1) togʻlik yerlarning baland joylaridagi bir-biriga oʻxshash yaxlit kismlari (mas, Pomir massivi); 2) geografik xususiyatlari va umumiy manzarasi bir tusdagi yaxlit, tutash yerlar, maydon (mas, oʻrmon massivi); 3) meʼmorchiligi jihatdan bir butunlikni tashkil etgan turar joy kompleksi (mas, Chilonzor mas o‘zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlarda foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bir o‘zgaruvchi bilan bir nechta qiymat ustida amallar bajarish uchun berilgan ma’lumotlar bir turga mansub bo‘lishi kerak. C# dasturlash tilida bir o‘zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlardan foydalanish uchun massiv degan turdan foydalaniladi. Dasturlash tillarida ro‘yxat yoki jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarni massiv deb atashadi. Massiv so‘zining ma’nosi o‘lcham, o‘lchov demakdir. Massivning barcha elementlari bitta turga mansub bo‘lib, ular bitta nom bilan nomlanadi va bir-birlaridan nomerlari (indekslari) bilan farq qiladi.
. 2.3.1-rasm
Ta’rif: Bir turga mansub bo‘lgan yagona nom bilan saqlanuvchi tartiblangan ma’lumotlar majmuasi massiv deyiladi.
Massivlar yagona o‘zgaruvchi bilan kompyuter xotirasiga saqlanadi, uning elementlari ma’lum bir indekslar bilan tartiblab joylashtiriladi. Massivlar yagona nom bilan bir nechta qiymatni o‘zida mujassamlashtiradi, bularga matematikadagi vektorlarni misol keltirish mumkin. Vektor ham yagona nom bilan saqlanib uning tarkibida bir nechta qiymatni o‘zida mujassamlashadi. Vektorning ham elementlari bir turga mansub va tartiblangan bo‘ladi.Bir o‘lchovli massivlar. Odatda massivlar zarurat, katta hajmdagi tartiblangan, lekin chekli elementlarga oid masalalarni hal etishda yuzaga keladi. Dastur ishlatilishi davomida massivlar aniq nomga ega bo‘lishi va uning elementlari ma’lum bir turda bo‘lishi kerak.
|
| |