• 3.3 Elektron hujjatlar aylanish tizimida maʼlumotlarni himoyalash
  • Kurs ishi mavzusi




    Download 0,9 Mb.
    bet12/13
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,9 Mb.
    #234289
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    KURS ISHI.pdf

    3.2 Elektron hujjat nima?

    Elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.


    Ushbu ta’rif “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasidan o‘rin olgan.Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qogʻoz hujjatga shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron raqamli imzo maʼlumotlar blokiga qoʻshib qoʻyiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va maʼlumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yoʻli bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qoʻyganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatga olish markazlari tomonidan beriladi.




    3.3 Elektron hujjatlar aylanish tizimida maʼlumotlarni himoyalash
    Bugungi kunda, aksariyat kompaniyalar qog‘ozliishlardan elektronga o‘tmoqda.Bu tashkilot vaqtiniham, pulni ham tejaydi. Elektron hujjat aylanishi
    hujjatlarni yo‘q qiladi. Ma’lumotni ofisdan yoki boshqa joydan kuniga 24 soat almashish mumkin.Elektron imzo va Internetga ulangan kompyuterga ega bo‘lish kifoya.

    Bundan tashqari, elektron hujjat aylanishi tizimi ish jarayonini real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyatini beradi. Oddiy so‘z bilan aytganda, elektron hujjat aylanishi - bu mahalliy hujjatlar, Internet yoki boshqa kanallar orqali elektron hujjatlar almashinuvi. Elektron hujjat aylanishi tashkilot ichida ham, kompaniyalar o‘rtasida ham sodir bo'lishi mumkin.Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo‘natish va qabul qilib olish jarayonlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shujumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirishhamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish


    mumkin.

    Elektron hujjat aylanishi tizimi quyidagi funktsiyalarni bajaradi:



    • kataloglarni yaratish; hujjatlar bilan ishlash tarixini saqlagan holda qog‘oz va elektron hujjatlarning harakatini boshqarish;

    • hujjatlar tafsilotlarini yaratish va tahrirlash;

    • korxonaning hujjat aylanishi to‘g‘risidagi hisobotlarni shakllantirish;

    • fayl tizimidan va Internetdan hujjatlarni import qilish;

    • shablon yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizimdan hujjat yaratish;

    • hujjat versiyalari, murakkab ko‘p komponentli va ko‘p formatli hujjatlar, qo‘shimchalar bilan ishlash;

    • hujjatlarni elektron tarzda tarqatis; papkalardagi hujjatlar bilan ishlash;

    • skanerlash va tanib olish yordamida hujjatlarni qabul qilish;

    • ma’lumotlarga kirish va hujjatlarni qayta ishlash xarajatlarini kamaytirish.

    Elektron hujjat aylanishi tizimini tashkil qilishning ikki yo‘li mavjud. Birinchidan,pudratchilar bilanelektron hujjat aylanishi to‘g‘risida shartnoma tuzish


    va elektron pochta orqali elektron imzo bilan imzolangan hujjatlar bilan almashish mumkin. Ikkinchidan, siz EDI-ni maxsus operator orqali tashkil qilishingiz mumkin. Bunday holda siz elektron hujjatlar almashinuvini tartibga solishga qo‘shilishingiz kerak. Shundan so‘ng rasmiy hujjatlar va norasmiy hujjatlar bilan kontragentlar bilan almashinuv amalga oshiriladi.


    Download 0,9 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0,9 Mb.