• B ulutli fayllarni saqlash.
  • R amkalar.
  • K omponentlar.
  • K o’p foydalanuvchili tahrirlash rejimi.
  • Kurs ishi mavzusining dolzarbligi




    Download 363,14 Kb.
    bet4/5
    Sana14.05.2024
    Hajmi363,14 Kb.
    #230475
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Abduvaliyeva Ismigul informatika kurs ishi. 2 (2)

    Figma — bu veb-saytlar, ilovalar va boshqa dizayn mahsulotlarini online rejimda tayyorlash uchun ixtisoslashgan grafik muharrir. U 2016 yilda Sketch va Adobe XD’ning analogi sifatida ishga tushirilgan hamda tez fursat ichida grafik dizaynerlar o’rtasida eng mashhur vositalardan biriga aylandi.

    2.1-rasm Figmaning ishchi oynasi
    Bulutli fayllarni saqlash. Barcha Figma fayllari kompyuteringizda emas, balki cloud-bulutda saqlanadi. Shuning uchun, siz ularning xavfsizligi haqida qayg’urmasangiz ham bo’ladi. Menga eng yoqadigan qismi: Figma’dagi barcha o’zgarishlar avtomatik ravishda saqlanadi (auto saving). Lekin esdan chiqarmaslik lozim: fayldagi tasvirlar qancha ko’p bo’lsa, ularning oxirgi ko’rinishini yuklab olinishini kutishingiz kerak bo’ladi.
    Ramkalar. Photoshop’dagiga o’xshash Figma ichidagi qulay vosita. Uning ichida dizaynerlar dastur ekranlarini loyihalashtira oladi.

    2.2-rasm Ramka hosil qilish
    Har safar ramkalarning balandligi va kengligini moslashtirmaslik uchun ishlab chiquvchilar turli xil qurilmalar uchun bir nechta standart o’lchamlarni taqdim etdilar: masalan, barcha turdagi iPhone va eng mashhur Android smartfonlari uchun. Ikkinchi bosqichda biz MySQL dasturi yordamida dasturimiz uchun yangi ma’lumot ombori yaratamiz unda biz kerakli ma’lumot hamda test bazalarini saqlash uchun foydalanamiz. SQL(Structured Query Language) – Bu so'rov tili ko‘p operatorlardan tashkil topgan bo‘lib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle(MBBT) dagi ma‘lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, lekin so‘rovlarni amalga oshirishda bu so‘rov tilidan foydalanmaslikning iloji yo‘q.1 Bu til turli xildagi ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish uchun standart imkoniyatlarga ega bo‘lgan til hisoblanadi. Ko‘plab bazalar bu til asosida o‘zining versiyalariga ham ega. Lekin shunga qaramasdan SQL turli xil ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkonini bera oladi.
    SQL bilan ishlashning deyarli barcha imkoniyatlarini ko‘rib o‘tmasakda, asosiy tushunchalari, SQL tilining bir qismi hisoblangan MySQL ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni o‘rganamiz. MySQL tizimi boshqa kompyuterlardagi foydalanuvchilar bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan serverga ega bo‘ladi. Serverga bog‘lanib biz o‘zimiz uchun kerak bo‘lgan bazani topishimiz va u bilan ishlay olishimiz mumkin.2
    Kompyuterimizga avvalo XAMPP serverini o‘rnatiladi. O‘rnatish jarayoni yakunlanganidan so‘ng, quyidagi ketma-ketlik asosida serverni ishga tushuramiz. Пуск -> Все программы -> XAMPP -> XAMMP Contol Panel tanlaganimizdan so‘ng server boshqaruv oynasi aks etadi. Komponentlar. Ushbu elementlar sizning ishingizni mutlaqo standartlashtirishga imkon beradi. Komponentlar yordamida siz loyihaning umumiy uslubini o’rnatishingiz va kerak bo’lganda uni o’zgartirishingiz mumkin.

    2.3-rasm Figmada komponentalar bilan ishlash
    Misol uchun, siz 50 ta maketni ishlab chiqishni yakunladingiz, mijoz sizdan sarlavhadagi menyu bandini o’zgartirishingizni va barcha maketlarni tasdiqlash uchun yuborishingizni so’radi. Photoshop’da bu vazifa butun kunni oladi, Figma’da esa komponentlar tufayli bir necha soniyada ishingiz hal bo’ladi.
    Ko’p foydalanuvchili tahrirlash rejimi. Figma’dan oldin bir nechta dizaynerlar uchun bitta loyiha ustida ishlash va maketlarni ishlab chiquvchilarga topshirish qiyin edi. Tayyor fayllarni bir-biriga o’tkazish noqulay va Photoshop’da turli shriftlar yoki plaginlar tufayli mos kelmay qolishi ham mumkin edi. Figma’da bu muammolarning yo’q. Chunki barcha fayllar bulutda va jamoa bir vaqtning o’zida undagi hamma narsani o’zgartirish imkoniga ega.

    2.4-rasm Figmada loyihani boshqalar bilan baham ko’rish
    Figmada loyihani boshqalar bilan baham ko’rish uchun, shunchaki, jamoa tuzing — buning uchun Figmaning asosiy sahifasiga o’ting hamda “Jamoa yaratish”ni bosing. Figmadan foydalanish bepul, ammo jamoaviy ish uchun cheklovlar mavjud: -Shaxsiyn fayllaringizni faqat siz tahrirlashingiz mumkin. Bunday holda, sizda xohlagancha shaxsiy fayllar bo’lishi mumkin.
    - Jamoa ishi uchun faqat uchta fayl va bitta loyiha mavjud.
    -Bu 30 kun davomida saqlanadi. Professional dastur — $12. Bunda jamoaviy ishda hech qanday cheklovlar yo’q. Xulosa sifatida aytadigan bo’lsam, bu dasturning barcha xususiyatlari emas. Dizayner uchun loyiha ustida ishlash tezligi va jarayondagi aloqa muhim ahamiyatga ega. Ushbu va boshqa ko’plab vazifalarni Figma onlayn xizmati orqali hal qilish mumkin.

    Download 363,14 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 363,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzusining dolzarbligi

    Download 363,14 Kb.