Kurs Tibbiyot qurilma va tizimlarini dasturlash ma’ruza




Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
Sana11.03.2024
Hajmi0.81 Mb.
#169920
Bog'liq
Maruza 3
Bobojonov javohir, Akmalxonova Diloromxon 5dars, Test, тажрибани режалаштириш, O, Farmatsiya !02a, 105, ON va YaN baholash shakllari2022 2023 30 09 22 shakli 3 2 (2), Lochin mustaqil ish, Alisher Navoiy (2), ASOSIY, Toshkent shaxri tumanlari, SAMAD, 103B, muhammad19b



1kurs 
Tibbiyot qurilma va tizimlarini dasturlash 
3 ma’ruza:
Tibbiyot qurilmalarini dasturlashda. Algoritmni tavsiflash usullari 
Algoritmlarni tasvirlashning turli usullari mavjud. Quyida algoritmlarni tasvirlashning keng 
tarqalgan usullarini ko'rib chiqamiz.
1. Algoritmning so‘zlar yordamida ifodalanishi Inson og'zaki nutqida qo'llaniladigan so‘zlar 
orqali ifodalangan (masalan, ko‘chadan o'tish algoritmi, g'ishtlar sonini hisoblash 
algoritmi) algoritmning bunday tasvirlash usulida ijrochi uchun ko'rsatma jumlalar orqali 
ko'rsatma shaklida berilgan bo’ladi.
2. Algoritmning formulalar yordamida ifodalanishi Bu usul matematika, fizika, kimyo va 
biologiya kabi fanlarda ko‘plab qo'llanilaniladi. Masalan: g‘ishtlar sonini hisoblash 
algoritmini formula orqali ifodalasak, formulada «+», «—», «x», «:» kabi arifmetik 
amallarning tartibiga rioya qilgan qo’yidagi formula orqali ifodasi topiladi: 
3. Algoritmning jadval yordamida ifodalanishi. Algoritmning bu ko'rinishda berilishi ham sizga 
tanish. Masalan, matematikada qo'llanib kelinayotgan Bradis jadvali deb nomlangan to‘rt xonali 
matematik jadval, lotareya yutuqlar jadvali, Mendeleyev kimyoviy elementlar jadvali. Bunday 
jadvallardan foydalanish ma’lum bir algoritm qo'llashni talab etadi. Biror funksiyaning 
grafigini chizish uchun ham funksiyaning argument qiymatlariga mos qiymatlar jadvaiini hosil 
qilamiz. Bu ham algoritmning jadval ko‘rinishiga misol bo'ladi.
4. Algoritmning grafik shaklda ifodalanishi Algoritmning bu ko‘rinishda ifodalanishi 
matematikada chizilgan grafik, kerakli uyni oson topish uchun dahalarda o‘rnatil- gan uylarning 
joylashish sxemasi, avtobuslarning yo'nalish sxemasi orqali sizga tanish. Algoritmlash 
asoslarini o‘rganishning yana bir qutay grafik shakli — blok-sxema usulidir. Blok-sxemalar bir 
yoki bir nechta buyruq yoki ko'rsatmani aks ettiruvchi maxsus geometrik shakllar — bloklardan 
tashkil topadi. Bloklar yo'nalish chiziqlari orqali tutashtiriladi. 
5. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi. Ma'lumki, kompyuter dasturlar asosida ishlaydi va 
boshqariladi. MS Word, MS Paint va MS Excel kabi amaiiy dasturlar bilan ishladingiz. Lekin 
har bir amaliy dastur ham juda katta va murakkab algoritmning bir ko‘rinishidir. Demak, bu 



kabi algoritmlar bajarilishi uchun ular algoritm ijrochisiga, ya ’ni kompyuterga tushunarli 
bo‘lishi lozim.
Odatda, algoritmning kompyuter tushunadigan tilda yozilishi dastur deb ataladi. 
Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi. Jahonda hozirgi kunda minglab 
dasturlash tillari mavjud va yana rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda keng tarqalgan va 
o'rganish uchun qulay bo'lgan BASIC, Pascal, VBA, Delphi, C dasturlash tillari o‘rganiladi. 
Kompyuter dasturi kompyuterda masalalarni bajarilishi uchun yo‘naltirilgan ko‘rsatmalar 
ketma-ketligini o‘z ichiga oladi. Kompyuter dasturchisi, ba’zan ishlab chiqaruchi ham deyiladi, 
ular kompyuter dasturlarini yaratadi va ularni o‘zgartiradi. Dasturni yaratish uchun dasturchi 
ba’zan dasturlash tillari yordamida dastur buyruqlari yoki dasturiy kodlardan foydalanadilar. 
Dasturlash tillari o‘z ichiga kompyuterga habar jo‘natish uchun dasturchiga ruxsat beruvchi 
so‘zlar to‘plami va simvollarni oladi. Boshqa vaqtlarda dasturchilar dastur yaratish uchun 
dastur element (instrument)laridan foydalanadilar. Dasturlash tillari dasturni qurish uchun qulay 
muhitni ta’minlaydi. Aniqrog‘i, insonlar turli tillarda gapiradilar (ingliz tili, ispan tili, franzuts 
tili, o‘zbek tili va hakazo), dasturchi ham shunga o‘xshash turli dasturlash tillari va 
instrumentlaridan dastur yaratishda foydalanadi(1-rasm). 
Dasturchi dastur yaratishi uchun qaysi dasturlash tilidan foydalanishni aniqlab olishi zarur. 
Bugungi kunda yuzga yaqin dasturlash tillari mavjud. Har bir til dastur tuzish uchun 
o‘zining maxsus instruksiyasiga va dastur tuzish qoidalarga ega.
Dasturlash tillari aniq maqsadga, ilmiy ilovalarga, biznes, veb-sahifa yaratish va albatta 
qishloq xo‘jaligi masalalarini echishga hamqaratiladi. Masalani echishda yoki echimni topishda 
dasturchi bittadan ortiq dasturlash tillarini birlashtirgan holda foydalanadi.
Dasturlash tillari ikki turda bo‘ladi: yuqori daraja va quyi daraja.
Quyi daraja dasturlash tillari mashinaga (kompyuterga) bog‘liq holda ishlaydi. Mashina 
yagona aniq biror bir turdagi kompyuter bo‘lishi mumkin va bu kompyuterda quyi darajadagi 
dasturash tillari ishlaydi. Bu dasturlar boshqa turdagi kompyuterlarga o‘tkazish juda qiyin 
bo‘ladi.
Yuqori darajadagi dasturlash tillarining har bir buyrug‘i bir qancha mashinalarga 
(kompyuterlarga) mos bo‘ladi. Yuqori darajadagi dasturlash tillari mustaqil mashina asosida 
bo‘ladi. Mustaqil-mashina turli xildagi kompyuterlarda va operatsion tizimlarda ishlashi 
mumkin. 
















Download 0.81 Mb.




Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs Tibbiyot qurilma va tizimlarini dasturlash ma’ruza

Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish