Bundan tashqari, siz texnologik amalga oshirish masalasini ko'tarishingiz mumkin, ammo bu alohida muhokama bo'lishi kerak




Download 193,61 Kb.
bet8/10
Sana06.06.2024
Hajmi193,61 Kb.
#260853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hamrayeva Sh. biblio Kurs ishi

Bundan tashqari, siz texnologik amalga oshirish masalasini ko'tarishingiz mumkin, ammo bu alohida muhokama bo'lishi kerak. Agar hududiy ilmiy kutubxonalar o'zlarining dasturiy mahsulotlarini yaratish masalasini hal qila olsalar, shahar kutubxonalari o'zlarining kutubxona dasturlarini ishlab chiqishni o'z zimmalariga olishlari maqsadga muvofiq emas. Mutaxassislarning so'zlarini tinglashga arziydi ...
Avtomatlashtirish masalalari ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydigan professional firmalardan tayyor mahsulotlarni sotib olish yo'li bilan hal qilinadi.
Kutubxonada yuqorida tavsiflangan barcha texnologiyalarning mavjudligi uning ma'lum bir axborotlashtirish darajasiga erishayotganidan dalolat beradi.
Avtomatlashtirilgan kutubxonada foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishning interaktiv xizmatlarning koʻrinishlari turlicha boʻlishi mumkin. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan ARMAT++ dasturining yangi versiyasi ham foydalanuvchilarga interaktiv xizmatlarni koʻrsatishda yangi imkoniyatlarni taqdim etdi. Mazkur interaktiv xizmatlar orqali quyidagilar taqdim etiladi:
Elektron katalog orqali adabiyotlarni qidirish va buyurtmalar berish;
maxsus buyurtmalarni shakllantirish orqali elektron katalogga kiritilmagan, biroq ARMda mavjud adabiyotlarga buyurtmalar berish;
«Maxsus buyurtma» orqali berilgan bu­yurtmalar ARM fondida boʻlmagan holda «Rad etilgan buyurtmalar» bazasini shakllantirish.
buyurtmalarning bajarilishi toʻgʻrisida ma’lumot olish;
ARMdan olingan adabiyotlar muddatini avtomatik tarzda uzaytirish;
foydalanuvchi tomonidan ARM fondida mavjud adabiyotlarni elektron shaklga oʻtkazish toʻgʻrisida taklif berish va taklifning bajarilganligi toʻgʻrisida ma’lumot olish;
Virtual qabulxona xizmatidan foydalanish.
Virtual qabulxona xizmatidan foydalanish jarayoni interaktiv xizmat foydalanuv­chisining avtomatlashtirilgan AIOʻda taqdim qilingan. Mazkur xizmatdan foydalanish uchun foydalanuvchining AIOʻga kirishi zarur. Foydalanuvchining AIOʻdagi «Virtual qabulxona» boʻlimiga kirish kerak. Buning uchun foydalanuvchining AIOʻdagi «Virtual qabulxona» punktiga sichqoncha bilan chertiladi. Natijada virtual qabulxonaning bosh sahifasiga kiriladi.
Murojaatlar roʻyxatida foydalanuvchi tomonidan kutubxonachiga berilgan savollar va kutubxonachidan olingan javoblar aks etgan. Agar foydalanuvchi kutubxonachiga biror-bir savol bilan murojaat qilmoqchi boʻlsa, «Murojaatlar roʻyxati»ning yuqori oʻng qismidagi «Qoʻshish» tugmasini chertadi. Ochilgan darchaga foydalanuvchi oʻz savolini kiritadi va «Qoʻshish» tugmasini chertadi.
Murojaatni kiritish
Natijada foydalanuvchi tomonidan berilgan murojaat kutubxonachining AIOʻga joʻnatiladi. Kutubxonachining AIOʻda kutubxonachi «Virtual qabulxona» boʻlimiga kiradi va foydalanuvchi tomonidan berilgan savolni koʻradi. Kutubxonachi berilgan savolga javob berish uchun murojaatning oʻng tomonidagi maxsus belgiga (oʻzgartirish) sichqoncha bilan chertadi va berilgan savolga javob berish imkoniyatiga ega boʻladi. Natijada foydalanuvchi tomonidan berilgan savolga kutubxonachining javobini berish imkoniyatiga ega darchaga oʻtamiz. Bu yerdagi «Qoʻshish» tugmasini chertish orqali foydalanuvchining AIOʻga berilgan savolga javob joʻnatiladi. Foydalanuvchi oʻzining AIOʻga kirib «Virtual qabulxona» boʻlimi orqali berilgan savolga javob oladi. ARMAT ++ dasturidagi «Virtual qabulxona»dan foydalanish shunday amalga oshiriladi. ARMdan olingan adabiyotlarni qaytarib topshirish muddatini masofadan turib, uzaytirish interaktiv xizmati ham mavjud. Mazkur interaktiv xizmat foydalanuvchining AIOʻda taqdim qilingan. Foydalanuvchi ARMdan olgan kitobning qaytarib topshirish muddatini uzaytirish uchun shaxsiy kabinetdagi «Oʻqilgan kitoblar» boʻlimiga kiradi, bu yerdagi «Foydalanuvchi qoʻlidagi kitoblar» darchasiga oʻtib, bu yerdagi muddati uzaytirilishi kerak boʻlgan kitob tavsifiga belgi qoʻyadi va «topshirish vaqtini uzaytirish» tugmasini chertadi.
Kitobni qaytarib topshirish muddatini uzaytirish
Foydalanuvchi bunday usulda ARMdan olgan kitobini qaytarish muddatini (har biri 10 kundan) ikki marta uzaytirishi mumkin. Foydalanuvchi tomonidan olingan kitobni qaytarish muddatini uzaytirish kutubxonachi tomonidan bajariladi. Kutubxonachi oʻzining AIOʻdan turib, foydalanuvchi tomonidan kitobdan foydalanish muddatini uzaytirish boʻyicha bergan soʻrovini quyidagicha amalga oshiradi. Muddati uzaytirilayotgan kitob tavsifining chap tomonidagi kvadratchaga belgi qoʻyiladi va «Topshirish vaqtini uzaytirish» tugmasi chertiladi. Natijada foydalanuvchining talabiga koʻra foydalanilayotgan kitobni qaytarib topshirish muddati 10 kunga uzaytiriladi. Shunday qilib, ARMdan olingan kitobni qaytarib topshirish muddatini choʻzish jarayoni amalga oshadi. Bu ARMdan foydalanilayotganda muhim omillardan boʻlib hisoblanadi, zera kitobni oʻz vaqtida topshirmaslik. foydalanuvchini tizimdan foydalanishini cheklaydi. ARM fondini elektron shaklga oʻtkazishda birinchi navbatda, qaysi kitoblarni raqamlashtirilgan shaklga oʻtkazish kerak degan savolga javob izlanadi. Bunday holda avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimidan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini hisobga olish yaratilayotgan elektron resurslardan foydalanish samarasini oshiradi, zero birinchi navbatda, foydalanuvchilarga kerakli adabiyotlarni elektron shaklga oʻtkazish ularning ehtiyojlarini qondirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Foydalanuvchi tomonidan oʻzini qiziqtirgan kitobni elektron shaklga oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrov foydalanuvchining AIOʻda shakllantiriladi. Buning uchun foydalanuvchining AIOʻdagi «Oʻqilgan kitoblar» boʻlimiga kirib, qaysi elektron shaklga oʻtkazilishi kerak boʻlgan kitob tavsifining chap tomonidagi kvadratchaga belgi qoʻyiladi va «Elektron nusxaga buyurtma» tugmasi chertiladi.
Natijada foydalanuvchining AIOʻdagi «Elektron nusxaga buyurtma» boʻlimida foydalanuvchi talabiga koʻra elektron shaklga oʻtkazilishi kerak boʻlgan kitobning tavsifi paydo boʻladi. Foydalanuvchi dastlab bu yerda soʻrovning bajarilmaganligini koʻrsa, keyinchalik soʻrov asosida kitob elektron shaklga oʻtkazilgach, bu toʻgʻrisida axborot olishi mumkin. Foydala­nuvchining oʻziga kerakli adabiyotni elektron shaklga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi soʻrovi tizim kataloglashtiruvchisining AIOʻga joʻnatiladi. Kataloglashtiruvchining AIOʻda soʻrov qabul qilinadi va soʻralayotgan kitobning elektron shakli tavsifga bogʻlanganda foydalanuvchi­ning AIOʻga bu toʻgʻrisida ma’lumot joʻnatiladi. Kataloglashtiruvchining AIOʻdagi «Elektron nusxaga buyurtma» boʻlimida foydalanuvchilarning talabiga koʻra elektron shaklga oʻtkazilgan adabiyotlar roʻyxati paydo boʻladi.
Xulosa qilib aytganda, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi tarkibida interaktiv xizmatlarning paydo boʻlishi foydalanuvchilarga axborot-kutubxona fondidan foydalanishda quyidagi qulayliklarni yaratadi:
1) Axborot kutubxona muassasasi faoliyati bilan bogʻliq turli savollarga tez­korlikda javob olish. Buning uchun foydalanuvchi bevosita kutubxonaga borishi shart emas. Savol javoblarni qoʻl telefoni va planshetlar orqali amalga oshirish mumkin.

Download 193,61 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 193,61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bundan tashqari, siz texnologik amalga oshirish masalasini ko'tarishingiz mumkin, ammo bu alohida muhokama bo'lishi kerak

Download 193,61 Kb.