|
I BOB Kutubxona proyektining nazariy jihatlari
|
bet | 2/12 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #232837 |
Bog'liq Abdulloyeva SitoraI BOB Kutubxona proyektining nazariy jihatlari
Kutubxonani avtomatlashtirish tarixi
O’zbekistonda elektron kutubxonalarni yaratish masalasi bugungi kunda dolzarb mavzulardan biriga aylanib ulgurgan. Qadimdan O‘zbekiston hududida kutubxonalar mavjud bo‘lgan bo‘lib, ular zamonlar o‘tgan sari rivojlanib, shakllanib borgan. Elektron kutubxonalarni yaratilishi bevosita kutubxona xizmatlari evolyutsiyasi bilan bog‘liq. Zero bu evolyutsiyada elektron kutubxonalarning yaralishi evolyutsiyasi o‘rin egallagan. Mazkur kutubxona xizmatlari evolyutsiyasiga to‘xtalib o‘tamiz. Davrlar misolida ko‘rib o‘tamiz: I. davr: 4000 yildan ortiq. Bunda an’anaviy kutubxona xizmatlari va qog‘oz kataloglari, 2-3 xil xizmatlar mavjud bo‘lgan; II. davr: 1950-1960-yillardan bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Bunda elektron katalog orqali ma’lumotlar qidirish mavjud bo‘lgan; III. davr: 1970-1980-yillardan bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Aynan manashu davrda elektron kutubxonalardan foydalanish shakllangan va amalga oshirila boshlagan. Shu bilan birgalikda korporativ kutubxona tarmoqlaridan ma’lumot qidirish funksiyasi ham mavjud bo‘la boshlagan. IV. davr: 1990-yillardan boshlab, masofadan xizmat ko‘rsatish xalqaro kutubxona tarmoqlaridan foydalanish rivojlanib borgan. Shu bilan birgalikda internetdan foydalanish ham mavjud bo‘lgan. V. davr: 2000-yillardan boshlab, bunda virtual kutubxonalar 70 dan ortiq turlari paydo bo‘la boshlagan. Library 2.0 (2006-yildan boshlab) O‘zbekistonda kutubxonachilik sohasining rivojlanishida jumladan, elektron kutubxonalarni yaratilishida sohaga oid qonun va qarorlar muhim o‘rin egallab kelmoqda. 0‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi va «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi, «Elektron raqamli yozuvlar to‘g‘risida»gi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni va 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish choratadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlarini shular jumlasiga kiritish mumkin. Jumladan, “Axborot kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ 280-sonIi O‘zbekiston Respublikasi qonunida elektron kutubxona haqida alohida to‘xtalib, unga ta‘rif berilgan. Electron kutubxonaning elementlarida biri bo‘lgan elektron katalog haqida ham atama va ta‘rifi ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra: Elektron katalog tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslari ro‘yxatining elektron shakli. Elektron kutubxonadagi barcha xujjatlar haqidagi ma’lumotlar, ya’ni nomi, muallifi, nashriyot nomi, nashr etilgan yili, xajmi kabi ma’lumotlar elektron katalogning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. To‘liq matnini ham kiritish maqsadga muvofiq. Shu tarzda foydalanuvchi elektron katalog yordamida kerakli xujjatni qisqa muddatda topadi va unga buyurma berish imkoniga ega bo‘ladi. Elektron kutubxonalar va ularning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Elektron kutubxona navigatsiya va qidiruvning zamonaviy vositalari bilan ta’minlangan, tartibga solingan turli-tuman elektron hujjatlar (shuningdek, kitoblar) “kolleksiyasidir”, dea ta’rif beriladi wikipedia saytida. Elektron kutubxonalar o‘zida juda katta hajmdagi materiallarni jamlagan holda universal hamda ixtisoslashgan bo‘lishi kerak. Elektron kutubxonalarni aralash tarkibli, asosan, adabiy saytlardan farqlash lozim. Adabiy jurnal bosma nashr bo‘lib, ularhech bir o‘zgarishlarsiz internetga joylashtiriladi, elektron kutubxona esa, adabiy saytlardan farqli o‘laroq, doimiy yangi materiallar bilan yangilanib turiladi. "Gutenberg" — ilk loyiha Elektron kutubxona tashkil etish bo‘yicha birinchi loyiha "Gutenberg" loyihasidir (1971 yil). Komputer va internetdan foydalanuvchilar soni ortishi bilan ko‘plab odamlar elektron kitoblardan foydalanishni boshladilar. Bu o‘z-o‘zidan offlayn kutubxona foydalanuvchilari sonining kamayishiga sabab bo‘ldi. Masalan, 1997-2002 yillar mobaynida Aydaxo universiteti kutubxonasiga tashrif buyuruvchilar soni 20% foizdan ko‘proq tushib ketdi, kutubxonaning elektron talqinidan foydalanuvchilar esa 35% foizga oshdi. Shu bois ko‘plab kutubxonalar fondlaridagi kitoblarning elektron talqinini yaratishga jiddiy kirishib ketdilar. 1990 yili AQSh Kongress kutubxonasi mamlakat tarixiga oid elektron materiallarga erkin va bepul kirish imkonini beruvchi "Amerika xotirasi" loyihasini boshladi. Google 2002 yili kitoblarni raqamlash bo‘yicha loyihani amalga oshirishga kirishdi. 2004 yilning dekabrida "Google Print" deb nomlangan kutubxona loyihasi ishlari boshlangani haqida e’lon qilindi va bu loyiha 2005 yili “Google kitoblar qidiruvi” deb qayta nomlandi. 2008 yilning 20 noyabrida Evropeana umumevropa raqamli kutubxonasi amaliyotga tatbiq etildi. 2009 yilning 21 aprelida esa Butunjahon raqamli kutubxonasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Elektron kutubxonalarda joylashgan asarlar shakllarini ikki toifaga ajratish mumkin - matnni o‘qish uchun onlayn tarzda taqdim etiladigan hamda o‘quvchi komputeriga yuklab olish uchun taqdim etiladigan shakllar. Birinchi toifaning eng ko‘p tarqagan shakli - HTML bo‘lib, matnlar TXT shaklida bo‘ladi. Bu ushbu an’ana bilan bog‘liq: dastlabki elektron kutubxona paydo boigan vaqt (1994 yil)da internetda ishlash tezligi juda past bo‘lgan va jo‘natishning mana shu eng yengil shakli qo‘llanilgan. Yuklab olish shakllari - TXT; RTF va DOC; Mobipocket .PRC (shaxsiy komputerlar va telefonlarda kitob o‘qish uchun shakl). Shuningdek, badiiy asarlami saqlash uchun maxsus tashkil etilgan Fiction Book (FB) formati juda mashhurdir. Ilk elektron kutubxona — "Gutenberg" loyihasi ko‘chirib olinadigan fayllarning ZIP arxivlarda matn ko‘rinishida bo‘lishini talab etadi, chunki bu matnlami istalgan qurilmada o‘qish mumkin, qolaversa, foydalanilayotgan formatlarga ishlov beruvchi dasturlarga ziyon yetgan taqdirda ham, ular yo‘qolmaydi. Matematik formulalar va murakkab chizmalar tasvirlangan kitoblarni skanerlashdan so‘ng matnli shaklga o‘tkazish bir muncha qiyin, shu bois ular doim oddiy PDF grafik shakllarda saqlanadi. Darhaqiqat, elektron kutubxonaga mazkur sohaning klassiklari qanday ta’rif berishgan? Elektron kutubxonaga berilgan ba’zi bir ta’riflarni eslab o‘taylik F.S.Voroyskiy o‘zining [3] ishida EKga quyidagi ta’rifni beradi. Elektron kutubxona bu - fondida elektron shakldagi axborotlarni saqlaydigan va ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan kutubxonadir. Kennet Doulin esa EKni o‘zining 1984 yili e’lon qilingan “Elektron kutubxona” nomli kitobida quyidagicha ta’riflaydi: - Resurslarni kompyuter orqali boshqarish; - Axborot ta’minotchisini axborot iste’molchisi bilan elektron kanallar orqali bog‘lash qobiliyati; - Zarur hollarda xodimlarni elektron jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati; Elektron vositalardan foydalanib, axborotlarni saqlash, ishlov berish va iste’molchilarga uzatish qobiliyati. 1991 yili Buyuk Britaniyada “Elektron kutubxona” dasturining ishga tushirilishi munosabati bilan unga dastlab “Kutubxona, elektron kutubxona deyiladi, agarda uning fondidagi hujjatlarning katta qismi elektron shaklga o‘tkazilgan bo‘lsa” degan ta’rif berilgan. Bu ta’rifdan ko‘rinadiki, to‘liq avtomatlashtirilgan kutubxona “Elektron kutubxona” bo‘lishi mumkin ekan. AQSh Massachuset universitetidan Vilyam Adams o‘zining kitobida EKga “Servislarga mos axborotlarning boshqariladigan kollektsiyasi, bunda axborot raqamli shaklda saqlanadi va unga kirish tarmoq orqali amalga oshiriladi” deb ta’rif bergan. Ya.L.Shrayberg o‘zining kitobida elektron kutubxonaga quyidagicha ta’rif beradi, “Elektron kutubxona - bu strukturalashtirish va kirishning umumiy ideologiyasi asosida birlashtirilgan lokal yoki global elektron resurslardir”. Axborot-kutubxonalarda (AK) elektron kutubxona yaratish uchun ishni quyidagi jarayonlardan boshlash kerak: Axborot-kutubxona yetarli miqdorda kompyuterlar sotib oladi. AKda ichki tarmoq yaratiladi. AK xodimlarining barchasi kompyuterlardan foydalanishga o‘rgatiladi. AK kompyuterlari Internet tarmog‘iga ulanadi. AK xodimlari Internetdan axborot qidirish, elektron katalogdan (Internetning elektron bibliografik resurslaridan) foydalanishga o‘rgatiladi. AKdagi asosiy axborot jarayonlari (axborotlarni yig‘ish, saqlash, ishlov berish, qidirish va uzatish) avtomatlashtirish imkoniyatini beruvchi maxsus dasturiy vosita (avtomatlashtirilgan kutubxona axborot tizimi (AKAT) sotib olinadi va tatbiq qilinadi. AKAT sotib olish bilan cheklanib qolmay, balki AK xodimlarini undan foydalanishga o‘rgatish ham kerak bo‘ladi. AKda AKATning tatbiq qilinishi AK fondini ochib beruvchi elektron katalog yaratilishiga olib keladi. Kitob berish, qaytarib olish, . “qarzdorlarni” aniqlash, kutubxona statistikasini yuritish, kitobxonlarga masofadan xizmat ko‘rsatish kabi bir qator jarayonlar avtomatlashtirilgan tarzda kompyuterlar yordamida bajariladi. AK fondini elektron katalog yordamida ochib berish imkoniyati yaratilgach, kitobxonlarning ehtiyojlarini o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi. AK statistikasini AKAT orqali olib borish qaysi adabiyotlarning ko‘proq o‘qilayotganligi, qaysi adabiyotlarga ehtiyoj ko‘pligini aniq aytish imkoniyati tug‘iladi. Shunday qilib, AK fondidagi adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazishda kitobxonlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib ish tutishga sharoit yaratiladi. AK maxsus skaner sotib oladi va kerakli adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkaza boshlaydi. Ayni paytda AKAT elektron katalogidagi bibliografik tavsifga kitobning to‘liq matni bog‘lanadi. Shu tarzda AKning AKAT bazasida elektron kutubxona yaratila boshlanadi. Elektron katalogsiz “Elektron kutubxona” yaratish maqsadga muvofiq emas. Masalan, Siz Internetning biror-bir qidiruv mashinasiga “Informatika” so‘zi ishtirok etgan adabiyotni qidirish so‘rovini berib ko‘ring. Siz 7 000 000 dan ko‘p axborotga ega bo‘lasiz. Bunday katta axborotlar oqimidan o‘zingizga kerakligini topa olasizmi? Umringiz yetarmikan? Elektron kutubxona uchun elektron katalog qidirish samarasini oshirish uchun kerak bo‘ ladi. Virtual kutubxona qanday yaratiladi? Ko‘pincha kompyuterlashtirilgan kutubxona, avtomatlashtirilgan kutubxona, raqamli kutubxona, elektron kutubxona, virtual kutubxona tushunchalarini aralash holda ishlatilishining guvohi bo‘lamiz. Virtual kutubxona bu elektron kutubxonalar majmuining axborot kommunikatsiya vositalari orqali birlashtirishdan hosil bo‘ladi. Tarmoq orqali ixtiyoriy elektron kutubxonadan foydalanish - virtual kutubxonadan foydalanish bo‘ladi. Shunday qilib, AKda elektron kutubxona yaratish bosqichlari quyidagicha: - Kompyuterlashtirilgan kutubxona; - Avtomatlashtirilgan kutubxona; - Elektron (raqamli) kutubxona; - Virtual kutubxona. Axborot-kutubxonani avtomatlashtirish nimadan boshlanadi? Axborot- kutubxonalarda yangi axborot texnologiyalarini, kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish vositalarini joriy qilishga asosli va izchil yondashish zarur.
|
| |