|
Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati
|
bet | 62/72 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 12,89 Mb. | | #159157 |
Bog'liq ‘l texnikumi “Axborot texnilogiyalariKompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda o‘zini tutishi hamda faoliyat yuritishi belgilanadi va nazorat qilinadi.
Tarmoq har doim bir nechta komp’yuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri o‘z axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot uzatish va qabul qilish komp’yuterlar o‘rtasida navbat bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun har qanday tarmoqda axborot almashinuvi boshqarib turiladi. Bu esa o‘z navbatida kompyuterlar o‘rtasidagi axborot to‘qnashishi va buzilishini oldini oladi yoki bartaraf qiladi.
Kompyuterlar tarmoqlari tashkil etilgandan so‘ng undagi barcha kompyuterlarning manzillari belgilanadi. Chunki axborotlarni tarmoq orqali bir kompyuterdan boshqasiga uzatish kompyuter manzillari orqali amalga oshiriladi. Jo‘natilayotgan axborotga oddiy hayotimizdagi xat jo‘natish jarayoni kabi uzatuvchi va qabul qiluvchi manzillari ko‘rsatiladi va tarmoqqa uzatiladi. Har bir kompyuter kelgan axborotdagi qabul qiluvchi manzilini o‘zining manzili bilan solishtiradi, agar manzillar mos kelsa, u holda axborotni qabul qilib oladi va uzatuvchiga qabul qilib olganligi to‘g‘risida tasdiq yo‘llaydi. Xuddi shu tariqa kompyuterlararo axborot almashiniladi.
Server, konsentrator.
Axborot uzatish kabellari, modem va tarmoq turlari
Mavzu:6. Internet va elektron pochta
Reja:
1. Internet-global haqida.
2. Kompyuter tarmog‘i, uning tarkibiy, texnik, dasturiy va axborotli qismlari.
3. Internet bayonnomalari va electron pochta ochish va undan foydalanish.
Internet va elektron pochta
Xabarni uzatish uchun qo`yidagi ketma-ketlik bajarilishi lozim
Кому darchasiga xat jo’natilishi kerak bo’lgan elektron manzil, Копия darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo’natilishi kerak bo’lsa, o’sha manzil, Teмa darchasiga xat mavzusi yoziladi. Xat mazmuni pastki bo’sh oynaga yoziladi va Отправыт tugmachasi bosiladi. Agar xat to’g’ri jo’natilgan bo’lsa, u holda ekranda Успешно отправлен ma’lumoti paydo bo’ladi. Foydalanuvchi elektron manzil orqali kompyuter xotirasidagi ixtiyoriy fayllarni ham jo’natishi mumkin. Buning uchun Прикрепит tugmachasi bosiladi. Agar bir nechta faylni jo’natish kerak bo’lsa, qolgan fayllar ham shu tartibda tanlanadi.
Foydalanuvchi elektron pochtasiga kelgan xatlarni ko’rishi uchun Входяшие buyrug’i tanlanadi. Ekranda pochtaga kelgan xatlar ro’yxati paydo bo’ladi. Unda xat kimdan, mavzusi, pochtaga qachon kelib tushgan va fayl o’lchami to’g’risida ma’lumot saqlangan. Foydalanuvchi xatni o’qishi uchun, Тема bandida sichqonchaning chap tugmachasi bosiladi. Ekranda xat mazmuni paydo bo’ladi. Foydalanuvchi xatni o’qishi va agar zaruriyat bo’lsa ФайлПечать buyrug’i orqali printerda chop qilishi mumkin. Elektron pochtadagi keraksiz xatni o’chirish uchun dastlab u belgilanadi va Удалит tugmachasi bosiladi. o’chirilgan fayl Корзинага borib tushadi. Корзинаni tozalash Очистит Корзина buyrug’i orqali amalga oshiriladi.
|
| |