Lab 2 Windows nt tizimida tarmoqni tashkil etish ishlari




Download 16.73 Kb.
Sana16.03.2024
Hajmi16.73 Kb.
#174595
Bog'liq
LAB 2 Windows NT tizimida tarmoqni tashkil etish ishlari
ШАХСИЙ РЕЖА KITOBCHA, истиқболли режа З.Бозоров, Informatika 7-sinf. 1-Mavzu axborot tushunchasi va bilish haqid, AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA, 7-sinf, Ta`lim muassasasi menejmenti Reja, Pedagogik mahorat. Mavlonova, Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzular bo‘yicha badiiy asarlar ro‘yxatini tuzish, TUG’ILISH DAVRI INQIROZI, 6277 403 5112000-Жисмоний маданият узбек 2021, “Bir million dasturchi”, 1-mavzu amaliy hemis, 8742dd91-7cd2-429e-adb3-a15c062acb18, 270dc967-8e4e-40e0-8914-aa118f3de539, kerio-control-userguide

LAB 2 Windows NT tizimida tarmoqni tashkil etish ishlari
Windows NT Workstation operasion tizimi tarmoq mijozi funksiyasini
bajarish bilan birga tarmoq foydalanuvchilariga fayl servisini, bosmaga chiqarish va

291
boshqa xizmatlarni taqdim etishi mumkin. Boshqa tomondan Windows NT Server


operasion tizimi kompyuter mijoz ishchi stansiyasi sifatida harakat qilishi uchun
barcha zaruriy vositalardan iborat. Windows NT Server operasion tizimi boshqaruvida
tarmoqdagi boshqa kompyuter resurslariga so’rovlar paydo bo’lganda OT mijoz
funksiyalari bajarilishini talab qiluvchi amaliy dasturlar lokal tarzda ishga tushiriladi.
Windows NT Server operasion tizimi Windows NT Workstation kabi rivojlangan
grafik interfeysga ega. Bu esa operasion tizimlarni foydalanuvchilar va tarmoq
ma’murining interaktiv ishi uchun teng muvaffaqiyat bilan qo’llash imkonini yaratgan.
Tarmoq xizmatlari va operasion tizim.
Oxirgi foydalanuvchi uchun tarmoq – bu kompyuterlar, kabellar va
konsentratorlar va axborot oqimi emas, uning uchun tarmoq – bu avvalam bor tarmoq
xizmatlari majmuasi. Bu xizmatlar yodamida foydalanuvchi tarmoqdagi kompyuterlar
ro’yxatini ko’rishi, masofadagi faylni o’qishi, “kerakli” printerda bosmaga chiqarishi
yoki pochta xabarini jo’natishi mumkin. Aynan taqdim qilinayotgan xizmatlar majmui
qanchalik katta bo’lsa, ularni tanlash shunchalik qulay, ishonchli va xavfsiz bo’ladi.
Ma’lumot almashinuvidan tashqari tarmoq xizmatlari boshqa bir muncha
spesifik masalalarni, masalan ma’lumotlarga taqsimlangan holda ishlab berish
masalasini ham yechishi kerak. Bunday masalalarga ma’lumotlarning turli xil
mashinalarda joylashgan bir necha nusxasini bir biriga qarshi emasligini ta’minlash
(replika xizmati) yoki bitta masalani parallel tarzda tarmoqda bir nechta mashinalarda
bajarilishini tashkil qilish (masofadagi amalni chaqirish xizmati) kiradi. Tarmoq
xizmatlari orasidan ma’murlashni ajratish mumkin, ya’ni bu tarmoqning to’liqligicha
to’g’ri ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ma’murlash xizmatlariga ma’murga
tarmoq foydalanuvchilarining umumiy ma’lumotlar bazasini yuritish imkonini
beruvchi foydalanuvchilarning hisob yozuvlari, tarmoq trafigiga egalik va tahlil qilish
imkonini beruvchi tarmoqni monitoring qilish tizimi, xavfsizlik xizmati, masalan,
parol orqali tekshiruv xizmatlari misol bo’la oladi.
Tarmoq xizmatlari dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladi. Barcha tarmoq
xizmatlari "mijoz-server" arxitekturasida qurilgan.
Asosiy xizmatlar – fayl xizmati va bosmaga chiqarish xizmati – odatda tarmoq
operasion tizimi tomonidan berilib, yordamchilari esa, masalan ,ma’lumotlar bazasi,
faksimil aloqa tovushni jo’natish xizmatlarini tarmoq operasion tizimi bilan uzviy
aloqada ishlovchi tizimli tarmoq ilovalari yoki utilitalari beradi. Tarmoq xizmatlarini
ishlab chiqishda taqsimlangan ilovalar xususiyatiga bog’liq quyidagi masalalarni
yechishga to’g’ri keladi: mijoz va server o’rtasida aloqa qilish protokolini aniqlash,
ular o’rtasida funksiyalarni taqsimlash, ilovalarni manzillash sxemalarini tanlash.
Tarmoq xizmatlarining asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biri uning qulayligidir.
Aynan bir resurs uchun bir necha xizmatlar yaratilgan bo’lishi mumkin bo’lib ular bir
xil masalani yechish uchun mo’ljallangan. Ularning farqi unumdorligida yoki taklif
qilayotgan xizmatlarning qulayligida bo’lishi mumkin. Masalan, fayl xizmati nomi
bo’yicha faylni bir kompyuterdan boshqa kompyuterga uzatish buyrug’idan
foydalanishga asoslangan bo’lib, bu foydalanuvchidan kerakli faylni bilishni talab
qiladi. Ushbu fayl xizmati boshqacha amalga oshirilishi ham mumkin, ya’ni
foydalanuvchi masofadagi lokal katalog fayl tizimini ko’zdan kechiradi, keyin esa
masofadagi faylga o’zining resursi kabi murojaat qiladi. Bu esa bir muncha soddaroq

292
hisoblanadi. Tarmoq xizmatlarining sifati foydalanuvchi interfeysining tushunarlilik,


yaqqollilik, rasionallik sifatlariga bog’liq bo’ladi.
Taqsimlangan resursni qulaylik darajasini aniqlashda ko’p hollarda "shaffoflik"
atamasidan foydalaniladi. Shaffof erkin foydalanish – bu shunday erkin foydalanish-
ki, bunda foydalanuvchi o’ziga kerakli resurs qayerda joylashganini sezmaydi. U
katalog daraxtidan masofadagi fayl tizimini ko’zdan kechirganidan so’ng unga
barchasi shaffof (ma’lum) bo’lib qoladi. Ko’zdan kechirish amalining o’zi turli xil
shaffoflik darajasiga ega bo’lishi mumkin. Shaffoflik kam bo’lgan tarmoqlarda
foydalanuvchi masofadagi fayl tizimi joylashgan kompyuter nomini bilishi va uni
buyruqda berishi lozim. Shaffoflik yuqori darajada bo’lgan tarmoqlarda tarmoqning
mos dasturiy komponenti fayllarni joylashgan joyiga bog’liq bo’lmagan holda
qidiruvni amalga oshiradi va so’ngida qidiruv natijasini foydalanuvchiga qulay,
masalan, ro’yxat, piktogrammalar to’plami ko’rinishida taqdim etadi.
Shaffoflikni ta’minlash uchun ajraluvchi tarmoq resurslarini manzillash
(nomlash) usuli muhim hisoblanadi. Ajraluvchi tarmoq resurslarining nomi fizik
jihatdan u yoki bu kompyuterda joylashgan joyiga bog’liq bo’lishi kerak emas. Agar
tarmoq ma’muri bir kompyuterni tom yoki katalogini boshqasiga ko’chirsa, maqsadga
ko’ra o’zining ishida hyech narsani o’zgartirmasligi kerak. Ma’murning o’zi va
tarmoq operasion tizimi ushbu fayl tizimining joylashishi haqida ma’lumotga ega,
lekin foydalanuvchidan bu yashirilgan. Bunday darajadagi shaffoflik tarmoqda kam
uchraydi, odatda ma’lum bir kompyuterning resurslaridan foydalanish huquqini olish
uchun eng avval u bilan mantiqiy bog’lanishni o’rnatish kerak. Masalan, bunday
yondashuv Windows NT tarmoqlarida qo’llanilgan.
Bir muncha ommabob va keng tarqalgan tarmoq operasion tizimlar oilasini –
Windows 2000 Server operasion tizim oilasini ko’rib chiqamiz. Server operasion
tizimining bu oilasi foydalanishda qulaylikni, yuqori unumdorlikni, server ilovalarini
ishga tushirish imkoniyatini va telekommunikasion xizmatlarni bir vaqtning o’zida
ta’minlaydi. Tarmoq operasion tizimining bu oilasi ixtiyoriy masshtabdagi bir nechta
kompyuterdan iborat oddiy tarmoqdan yuz va minglab foydalanuvchili axborot
tizimlarini qurish uchun ishonchli platforma hisoblanadi. Windows 2000 Server
operasion tizimining xavfsizlik tizimi axborotlarni va tizimli xizmatlarni ruxsatsiz
foydalanishdan va malakaga ega bo’lmagan foydalanuvchilardan himoya qiladi.
Tarmoqda serverning odatdagi vazifalari unumli amalga oshirilgan – ya’ni ko’p sonli
kollektiv foydalanishga mo’ljallangan fayllarni markazlashtirilgan holda saqlash
tashkil qilingan, barcha fayl resurslari qaysi diskda joylashganligidan qat’iy nazar
darhol umumiy foydalanish holatiga keltirish mumkin.
Windows 2000 Server operasion tizimining asosiy afzalliklaridan biri undan
fayllar serveri va shuningdek, masalan xabar almashinuv tizimi yoki katta ma’lumotlar
bazasini tashkil qilish uchun kuchli ilovalar serveri sifatida ham foydalanish mumkin.
Bundan tashqari cheklanmagan sonli lokal printerlarni ulash va TSP/IP protokoli
yordamida tarmoqda umumiy foydalanishni tashkil qilish mumkin. Ushbu OT turli xil
apparat platformalarda, ko’p prosessorli kompyuterlarda ishlaydi.
Windows Server 2003 operasion tizim oilasi mahsuloti asosiy modeldagi
vazifalarni kengaytirishni davom etdi. Bu model ko’p masalali OT hisoblanib,

293
markazlashtirilgan holda yoki taqsimlangan server rolini bajarish imkoniyatiga ega va


u vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
- fayl serveri va bosmaga chiqarish serveri;
- veb-server va ilovalar veb-serveri;
- pochta serveri;
- terminallar serveri;
- masofadan erkin foydalanish serveri;
- katalog xizmati, domen nom tizimi (DNS), bog’lamalarni dinamik sozlash
protokol serveri (DHCP);
- multimedia-eshittirish oqimi serveri.
Bu modelning asosiy xarakteristikalarini operasion tizimning Windows Server
2008 versiyasi misolida batafsil ko’rish mumkin. Bu operasion tizim tarmoq
infrastrukturasini boshqarish uchun unumli platforma bilan ta’minlash, amaliy
masalalarni va tarmoq himoyasini qo’llab quvvatlash imkonini beradi. Bu
imkoniyatlardan katta bo’lmagan lokal tarmoqlarda, hamda hisobalash tizimlarining
katta serverlarida unumli foydalanish mumkin.
Windows Server 2008 operasion tizimining asosiy farqli jihatlari:
- boshqaruv bo’yicha kengaytirilgan imkoniyat: ssenariylar yaratish va standart
masalalarning bajarilishini avtomatlashtirish imkoni, masofadan ma’murlash uchun
vositalarning mavjudligi, keng diapazondagi jo’natmalar xizmati, maksimal imkoniyat
bo’yicha mumkin bo’lgan hajmdagi ma’lumotni ishonchli jo’natish, tayyorlik va
xavfsizlik;
- kuchaytirilgan himoyalanganlik: yadroning muloqot muhitini kamaytirish va
himoyalanganlikni va server muhitni mustahkamligini oshirish, tarmoqqa kirishni
himoyalash texnologiyalari, faqat o’qish uchun yangi turdagi domen kontrollerining
mavjudligi, ma’murga faqat avtorizasiyadan o’tgan kompyuterlar erkin foydalanishini
ta’minlash uchun server va domen resurslarni izolyasiyalash imkoniyatini berish,
shifrlash ochiq kalitining kuchaytirilgan infrastrukturasi, kiruvchi va chiquvchi trafikni
nazorat qiluvchi yangi ikki tomonli Windows brandmauyeri, yangi avlod
kriptografiyalarini qo’llab quvvalash;
- tarmoqning masofaviy komponentlari boshqaruvi: masofadagi ofislarda
serverlarni
rivojlantirish
va
ma’murlashning
sodda
jarayoni,
masafadagi
nimtarmoqlarning zaif joylarini bartaraf etish, global tarmoq bilan bog’langanda
kanalning o’tkazuvchanlik qobiliyatidan unumli foydalanish, masofadagi firma
foydalanuvchilari uchun cheklangan funksiyalar to’plamidan iborat minimal
komplektli operasion tizimni o’rnatish imkoniyati, katalog xizmatini boshqarishda
soddalashuv (yangilangan o’rnatish masteri), foydalanuvchi ishtirokisiz operasion
tizimni avtomatik o’rnatish imkoniyati;
- yuqori darajada tayyorlik: buzilishga barqaror klasterlarni shakllantirish
(kompyuterlar-serverlar guruhi), tarmoq yuklamasi bo’yicha muvozanatni saqlash,
ma’lumotlarni rezerv nusxalash va tiklashning kengaytirilgan imkoniyati, amaliy
dasturlar ishini bo’lmasdan disk resurslarni dinamik qo’shish orqali disk maydonlarini
kengaytirish, disk maydonlarida xatoliklarni tuzatish jarayonining soddalashuvi.
Download 16.73 Kb.




Download 16.73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lab 2 Windows nt tizimida tarmoqni tashkil etish ishlari

Download 16.73 Kb.