|
DDR1 — maksimal ishlash chastotasi 400 megagersgacha;
DDR2
|
bet | 2/6 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 15,38 Kb. | | #119538 |
Bog'liq Labaratoriya ishi tezkor va doimiy xotira qurilmalari-fayllar.orgDDR1 — maksimal ishlash chastotasi 400 megagersgacha;
DDR2 — maksimal chastotasi 800 megagersgacha;
DDR3 — maksimal ishlash chastotasi 1800 megagersgacha.
Har bir tezkor xotira turi o’zining platasiga ega, ya’ni platadagi slot faqat bir turdagi tezkor xotirani qabul qiladi. Misol uchun, DDR1 uchun mo’ljallangan plataga DDR2 ni o’rnatib bo’lmaydi. Chunki har bir tezkor xotira turi oʻzgacha ulanish tishlariga ega. Oʻlchami bir xil boʻlishi mumkin lekin tishlari oʻrtasida farq bor.
Muhim ma’lumotlardan biri shuki, plata shinasini ham tezkor xotirani oʻrnatishda e’tiborga olish, uning chastotasini ham bilib qoʻyish zarur. Bu ma’lumotni kompyuter platasi hujjatidan topishingiz mumkin. Misol uchun, 800 MGʼda ishlaydigan DDR2 tezkor xotirasini 533 MG shinada ishlaydigan plataga qoʻyilsa, tezkor xotira ham 533 MGʼda ishlaydi yaʼni shu chastotaga moslashadi. Agar har xil chastotada ishlaydigan 2 ta tezkor xotirani bir plataga oʻrnatilganda, umumiy ishlash chastotasi kichik bo’lgan chastota bilan bog’liq bo’ladi. Misol tariqasida 1000 MG va 600 MG chastotada ishlaydigan tezkor xotirani bitta plataga oʻrnatilsa, shunda tezkor xotira 600 MGЦ chastota bilan ishlaydi. Tezkor xotira koʻplab oʻyin va dasturlar uchun javobgardir.
Katta hajmdagi ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoj kompyuterdan bu ma’lumotlarni tezkorlik bilan o‘qishni talab qiladi. Buning uchun esa RAM ( Random Access Memory), ya’ni bosh tezkor xotira qurilmasining imkoniyati ham keng bo‘lishi kerak.
Kompyuterga biror dastur yuklanganida, internet sahifasi ochilganida dastlab tezkor xotiraga yozilib, u yerdan ishga tushadi. Misol uchun, siz biror internet sahifasini 1 marta ochsangiz va uni yopib, kompyuterni o‘chirmasdan ikkinchi marotaba yana ochsangiz, kompyuterda bir xil sahifa ikkinchi martada tezroq ochiladi. Boisi Tezkor xotira qurilmasida saqlanadigan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki bu xotira ma’lumotga to‘lganida o‘chib ketadi.
DDR1 RAM
|
| |