• Ko’p sathli kommutator
  • Marshrutizator
  • Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
  • 1.1.1 Kompyuterlarni to’gridan-tog’ri ulash
  • Laboratoriya ishi №1




    Download 1,23 Mb.
    bet5/9
    Sana10.01.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #133906
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Laboratoriya ishi 1 s (7)

    Kommutator (Switch) – kompyuter tarmoqlarining bir nechta uzellarini bir segment chegarasida bog’lash uchun mo’ljallangan tarmoq qurilmasi. Bir portiga ulangan qurilma trafigini qolgan barcha qurilmalarga tarqatadigan konsentratordan farqli, kommutator ma’lumotni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Kommutatorning shartli belgisi 1.7-rasmda ko’rsatilgan.

    1.7-rasm. Kommutatorning shartli belgisi.
    Ko’p sathli kommutator (Multilayer Switch) – OSI modelining uchunchi va to’rtinchi sathida ishlay oladigan yuqori unumdorlikka ega bo’lgan kommutator. Ko’p sathli kommutatorning shartli belgisi 1.8-rasmda ko’rsatilgan.

    1.8-rasm. Ko’p sathli kommutatorning shartli belgisi.
    Marshrutizator (Router) – lokal tarmoqlarni birlashtirish va global tarmoqqa ulash imkonini beruvchi qurilma. Marshrutizatorning shartli belgisi 1.9-rasmda ko’rsatilgan.

    1.9-rasm. Marshrutizatorning shartli belgisi.
    Ulanish nuqtasi (Access Point, AP) – mavjud simli lokal tarmoqqa simsiz qurilmalarni ulash imkonini beruvchi qurilma. Ulanish nuqtasi shuningdek, bir nechta kompyuterlarni kabelli tarmoqqa ulanmagan alohida tarmoqqa ulash imkonini beradi. Ulanish nuqtasining shartli belgisi 1.10-rasmda ko’rsatilgan.

    1.10-rasm. Ulanish nuqtasining shartli belgisi.
    Simsiz tarmoq ulanish nuqtasi marshrutizatorga to’g’ridan-to’g’ri o’rnatilgan bo’lishi ham mumkin. Ulanish nuqtali marshrutizatorning shartli belgisi 1.11-rasmda ko’rsatilgan.

    1.11-rasm. Ulanish nuqtali marshrutizatorning shartli belgisi.
    Modem (Modem) – kompyuter tarmoqlarida modemlar raqamli shaklda berilgan kompyuter ma’lumotlarini analog telefon liniyalari bo’ylab uzatishda sihlatiladi. Modemning shartli belgisi 1.12-rasmda ko’rsatilgan. Cisco Packet Tracerda modemning raqamli abonent liniyalari uchun (DSL-Modem) va kabelli modem (Cable-modem) modellari mavjud.

    1.12-rasm. Modemning shartli belgisi.
    Frame relay texnologiyasi bo’yicha qurilgan tashqi tarmoqqa ulanishni belgilash uchun 1.13-rasmda ko’rsatilgan bulut shaklidagi belgi ishlatiladi.

    1.13-rasm. Frame relay texnologiyasi bo’yicha qurilgan tashqi tarmoq.
    Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
    Cisco packet Tracer dasturi asosida tarmoq modelini qurishni biz konsentratorga yoki kommutatorga ulangan bir nechta kompyuterlardan iborat uncha katta bo’lmagan lokal tarmoq bilan boshlaymiz.
    1.1 Ikki kompyuterdan iborat oddiy tarmoq.
    Eng soda lokal tarmoqni ikki kompyuterning Ehernet prtlarini kesishgan UTP kabeli yordamida to’g’ridan-to’g’ri ulash orqali hosil qilish mumkin (1.14-rasm). Odatda bunday tarmoqlari vaqtinchalik yaratilib – bir kompyuterdan ikkinchisiga katta hajmli ma’lumotlarni tezkorlik bilan uzatish maqsadida foydalaniladi.

    1.14-rasm. Ikki kompyuterni kesishgan kabel yordamida bog’lash.
    1.1.1 Kompyuterlarni to’gridan-tog’ri ulash
    Ushbu topshiriqda sizdan tavsiflangan yo’llar bilan kompyuterlarni to’g’ridan to’g’ri bog’lab oddiy lokal tarmoq modelini qurish talab etiladi, masalan, 1.15-rasmda tasvirlangandek – shaxsiy kompyuter va server.
    Quyidagi amaliyotlarni bajaring:

    1. Cisco Packet Tracer dasturini yuklang.

    2. Tarmoqqa birlashtirish kerak bo’lgan qurilmalarni CPT ishchi sohasiga joylashtiring:

      1. End Devices (oxirgi qurilmalar) guruhini sichqoncha chap tugmasi orqali tanlang.

      2. End Devices guruhidan PC-PT (shaxsiy kompyuter namunasi) qurilasmini sichqoncha tugmasini chertish orqali tanlang. Sichqoncha kursorini ishchi sohaning qurilmani joylashtirmoqchi bo’lgan joyingizga o’rnating va yana sichqoncha chap tugmasini cherting.

      3. End Devices guruhidan Server-PT (server namunasi) tanlang va uni ham ishchi sohaga joylashtiring

    3. Ishchi maydonga joylashtirilgan qurilmalarni bir biri bilan bog’lang:

      1. Connections (bog’lanish) guruhini tanlang.

      2. Connections guruhidan Automatically Choose Connection Type (bog’lanish turini avtomatik tanlash) piktogramasini sichqoncha chap tugmasi orqali chertib, qurilmalarni 1.14-rasmda ko’rsatilgandek bog’lang, dastlab sichqoncha chap tugmasi orqali birinchisi, so’ng ikkichisi tanlanadi.

    4. PC0 kompyuterini sozlang:

      1. Ishchi sohadan sichqoncha chap tugmasini kompyuter piktogrammasiga chertish orqali PC0 shaxsiy kompyuterini tanlang, shundan so’ng ekranda tanlangan qurilma parametrlarini sozlash oynasi hosil bo’ladi.

      2. Shaxsiy kompyuterda Ethernet-bog’lanish parametrlarini sozlash uchun Config bo’limini tanlang va FastEthernet tugmasini bosing.

      3. FastEthernet bog’lanishi uchun Static punktiga belgi qo’yib, statik IP konfiguratsiyalarini tanlang, 192.168.1.1 manzil va 255.255.255.0 niqobni belgilang (1.15-rasm).

      4. PC0 shaxsiy kompyuter parametrlari oynasini yoping.


    1.15-rasm. PC0 kompyuterida FastEthernet interfeysi parametrlarini sozlash.

    1. Server0 serverini sozlang:

      1. Ishchi sohadan sichqoncha chap tugmasini server piktogrammasiga chertish orqali Server0 serverini tanlang, shundan so’ng ekranda tanlangan qurilma parametrlarini sozlash oynasi hosil bo’ladi.

      2. Server0 oynasidan Config bo’limini tanlang va FastEthernet tugmasini bosing.

      3. FastEthernet bog’lanishi uchun statik IP konfiguratsiyasini tanlang, 192.168.1.2 manzil va 255.255.255.0 niqobni belgilang (1.15-rasm).

      4. Server0 oynasini yoping.

    2. Qurilma parametrlari sozlamalari to’g’riligini nazorat qiling:

      1. “Kattalashtiruvchi lupa” uskunasini tanlash uchun o’ng tomondagi uskunalar panelidan Inspect tugmasini bosing.

      2. Lupani PC0 usiga olib boring vas hu holatda bir necha sekund ushlab turing. Shundan so’ng ekranda kompyuter IP-manzilini aks ettirivchi oyna hosil bo’ladi.

      3. Lupani Server0 usiga olib boring va shu holatda bir necha sekund ushlab turing. Shundan so’ng ekranda server IP-manzilini aks ettirivchi oyna hosil bo’ladi.

    3. O’ng tomondagi uskunalar panelidan Select tugmasini bosib, qurilmalarni tanlash rejimiga o’ting.

    4. Bog’lanish kabellar oxiridagi indikator-nuqtalarning holatini tekshiring. Bu nuqtalar tarmoq adapterining yorug’lik diodlari ishini akslantiradi, agar kompyuter va server o’trasida bog’lanish o’rnatilgan bo’lsa ular yashil rangda bo’ladi. Agar kabel oxiridagi nuqtalar qizil rangda bo’lsa, demak bog’lanish mavjud emas va tarmoq adapterlari parametrlarining sozlamalari to’g’riligini tekshirish lozim bo’ladi.

    5. Ishchi sohadan PC0 shaxsiy kompyuterini sichqoncha chap tugmasi yordamida tanlang.

    6. Tarmoq holatini TCP/IP protokollari steki diagnostic utilitasi yordamida tekshiring.

      1. PC0 oynasida Desktop bo’limiga o’ting.

      2. Desktop bo’limidan Command Prompt tugmasini bosing.


      3. Download 1,23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,23 Mb.