Detalga ishlov berish marshrutini tuzish




Download 1,21 Mb.
bet2/2
Sana14.05.2024
Hajmi1,21 Mb.
#232875
1   2
Bog'liq
2-лаб иши

Detalga ishlov berish marshrutini tuzish
Marshrut tuzish murakkab vazifalardan bо’lib, bir-necha variantli echimga еgadir. Buning maqsadi detalga ishlov berishning umumiy rejasini berish, texnologik jarayon amallarini mazmunini belgilash va jihozlarning tiplarini tanlab olishdan iborat. Ishlov berishning umumiy ketma-ketligini о’rnatishda qabul qilingan о’rnatuv bazasiga birinchi bо’lib ishlov beriladi. Кeyin еsa qolgan yuzalarga ketma-ketligida ishlov beriladi;
Aniq, javobgarligi yuqori bо’lgan mashinalar ishlab chiqishda, marshrutni kо’pincha uchta ketma-ket bajariluvchi jarayonlarga ajratiladi: qora, toza va pardozlov ishlovlarini berish jarayonlariga.
Birinchisida materialning asosiy massasini qо’yim va о’stirma sifatida olib tashlanadi, ikkinchisida о’tuvlararo ahamiyatga еga, uchinchisida detalning berilgan aniqligi va g’adir-budirligi ta’minlanadi. Bunday davrlarga bо’linishining qulayligini quyidagi fikrdan bilsa bо’ladi. Masalan: Qora ishlov berish jarayonida nisbatan katta xatoliklar о’ringa еga, qaysiki bular kesish kuchi va tanavorni mahkamlash kuchi ta’sirida texnologik tizimning deformasiyalanishi, hamda uning intensiv ravishda qizishidan kelib chiqadi.
Pardozlov ishlovi berish davrini marshrut oxiriga rejalashtirishimiz ishlov berish jarayonida va transportirovka qilishda yakunlovchi ishlovi berilgan yuzalarning tasodifiy jarohat olishidan saqlab qoladi. Bundan tashqari, qora ishlov berish maxsus ajratilgan eyilgan yoki noaniq jihozlarda malakasi past bо’lgan ishchilar bajarishi mumkin.
Agarda detalga termik ishlov berish kо’zda tutilgan bо’lsa, mexanik ishlov berish texnologik jarayoni ikki qismga ajratiladi: termik ishlovgacha bо’lgan jarayonga va undan keyingisiga. Detalning еgri-bugri bо’lib ketishini oldini olish maqsadida, berilgan aniqlik va g’adir-budirlikni ta’minlash uchun kо’pincha detalni tо’g’rilash yoki ayrim yuzalarga boshqatdan ishlov berish kо’zda tutiladi.





Download 1,21 Mb.
1   2




Download 1,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Detalga ishlov berish marshrutini tuzish

Download 1,21 Mb.