|
Лаборатория иши-2 gost 11-07-86 bo'yicha texnologik hujjatlar shakllarini to'ldirish
|
bet | 1/2 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #232875 |
Bog'liq 2-лаб иши
Лаборатория иши-2
GOST 3.11-07-86 bo'yicha texnologik hujjatlar shakllarini to'ldirish
Ishdan maqsad: GOST 3.11-07-86 bo'yicha texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish detal yuzalarga ishlov berish uchun marshrut tanlashni va tuzishni o‘rganish.
Nazariy qism
Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish
Ishlab chiqilgan texnologik jarayonlar tegishli texnologik hujjatlarda rasmiylashtiriladi, qaysining batafsillik darajasi ishlab chiqarish turiga va xarakteriga, va shuningdek ishlanuvchi buyumning murakkabligiga va aniqligiga bog’liq holda о’rnatiladi. GOST 3.1107-86 ga binoan texnologik hujjatlarda quyida keltirilgan texnologik jarayonlar bayoni qabul qilinishi mumkin.
Texnologik jarayonning marshrutli bayoni, qaysinda marshrutli kartada о’tuvlarini va texnologik rejimlarini kо’rsatmasdan, ularning hamma texnologik amallarini ketma-ket bajarilishining qisqartirilgan bayoni beriladi. Texnologik jarayonning marshrutli bayoni odatdagidek yakka, mayda seriyalab va tajribaviy ishlab chiqarishlarda qо’llaniladi.
Texnologik jarayonning operasion bayoni, qaysindaki hamma texnologik amallarning о’tuvlari va texnologik rejimlari kо’rsatilib, ular ketma-ket bajarilishining tо’la bayoni beriladi.
Texnologik jarayonning operasion bayoni, seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishlarda hamda shu murakkab detallar uchun mayda seriyalab va hatto yakka ishlab chiqarishlarda ham qо’llaniladi.
Texnologik jarayonning marshrutli-operasion bayoni, marshrutli kartada texnologik amallarning ketma-ket bajarilishi tartibida qisqartirilgan bayoni beriladi. Boshqa texnologik hujjatda еsa alohida amallarning tо’la bayoni beriladi.
Texnologik jarayonlar uchun hujjatlar shakllarining komplektini tanlash, ishlab chiqarish turiga va harakteriga hamda ishlab chiqiluvchi va qо’llaniluvchi texnologik jarayonlar kо’rinishlariga bog’liq holda olib boriladi. ishlab chiqarish turini va texnologik jarayon kо’rinishini ishlatish uchun texnologik hujjatlar shakllarining komplekti tanlab olinadi.
Texnologik hujjatlarning yagona tizimida (THYaT) о’rnatilgan qoidaga binoan marshrutli karta umumiy maqsad uchun hujjat hisoblanadi. Ya’ni bu hujjatda har qanday kо’rinishdagi ishlarning texnologik jarayonining bayonini berish mumkin, shu qatorda yig’uvlarni ham. Marshrutli karta majburiy hujjat hisoblanadi. Texnologik jarayonni marshrutli bayon еtishda, uning texnologik amallari yirikroq qilib yoziladi, ya’ni о’tuvlari va texnologik rejimlari kо’rsatilmaydi.
Mexanik ishlov berish va yig’ish texnologik jarayonlarini amalga oshirish uchun, о’tuvlar va texnologik rejimlari kо’rsatilishi zarur bо’lgan holda texnologik jarayon kartalaridan yoki operasion kartalaridan foydalaniladi. Texnologik jarayonni operasion bayon еtishdagi hujjatlar komplektiga jamlovchi hujjat hisoblanuvchi marshrutli karta ham kiradi.
Detallarni alohida yuzalarga ishlov berish uchun marshrut tanlash.
Marshrut tanlash ishchi chizma va qabul qilingan tanavor talablariga asosan olib boriladi. Berilgan kvalitet aniqligiga, yuzalar g’adir-budirligiga va о’lchamlarini hisobga olgan holda, og’irligi va shakliga qarab bitta yoki bir-nechta yakunlovchi ishlov berish usullari tanlab olinadi, hamda shunga mos jihozlar belgilanadi. Ishlov berish usullarining tavsifnomalari qо’llanilganda bu masala osonroq echiladi. Tanavor kо’rinishini bilgan holda, shuningdek birinchi marshrut tanlash ham qulay echiladi.
Agarda, masalan, tanavor aniqligi yuqori bо’lmasa shu yuzaga ishlov berishda qora ishlov berish usulidan boshlanadi. Tanavor yuqori aniqlikka еga bо’lsa, toza, ba’zi hollarda еsa yakunlovchi usullardagi marshrutlarni qо’llash mumkin.
Yakunlovchi va birinchi usullardagi marshrut asosida о’rtacha о’tuvlar aro usullar о’rnatiladi. Bunda har bir yakunlovchi usulga, bitta yoki bir-nechta о’tuvlararo usullar tо’g’ri kelishi mumkin.
Marshrut tuzishda har bir keyin keluvchi usul oldingisidan aniqroq bо’lishi kerakligiga ahamiyat beriladi. Yuzalarga ishlov berish marshrutini tanlash shu yuzalarga qо’yimlar о’rnatish bilan bog’liq. Berilgan yuzalarga о’rnatiluvchi marshrutlar soni bir-qancha bо’lishi mumkin. Ammo еffektivligi va rentabelliligi bо’yicha bir xilda bо’lmaydi. Bu kо’rsatkichlar bо’yicha marshrut tanlash murakkab va sermehnat masaladur. Bu masalani hal qilish uchun tiplik marshrutlar normativlari tuzilsa ancha engillashishi mumkin. Marshrut variantlari sonini tajriba asosiga kо’ra kamaytirish mumkin. Masalan, shu yuzani bir о’rnatuvda ketma-ket о’tuvlar yordamida bir stanokda bajarish yо’li bilan.
|
| |