Laboratoriya ishi 4 Biotexnologiya laboratoriyasida mikroorganizmlardan foydalanish Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar




Download 30.35 Kb.
Sana03.04.2024
Hajmi30.35 Kb.
#186049
Bog'liq
4-laboratoriya mikroorganizmlardan foydalanish
O\'zbekiston Res-WPS Office

Laboratoriya ishi 4
Biotexnologiya laboratoriyasida mikroorganizmlardan foydalanish


Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: Laminar boks, termostat, avtoklav, bakterisid lampa, yorug‘likni ta’minlovchi lyuminsensiya lampalar, stellajlar bilan jihozlangan o‘simlik o‘stirish (kultura) xonasi, issiqlikni ta’minlovchi isitish moslamalari, elektron mikroskop, pH-metr, sentrafuga, elektroforez qurilma, ozuqa muhitlar, turli o‘lchamdagi probirkalar, kolbalar, pinset, qaychi, mikro igna, tayyor va vaqtinchalik preparatlar, kimyoviy moddalar va boshqalar.

Mikrob biotexnologiyasining rivojlanish tarixi koʼp maʼnoda XX- asrning ikkinchi yarmi bilan bogʼliq. Oʼtgan asrning 40-yillarida mikroorganizmlardan penitsillin olish texnologiyasining yaratilishi bu fan rivojiga ijobiy burilish yasadi. Penitsillin ishlab chiqarilishining yoʼlga qoʼyilishi va muvaffaqiyat bilan ishlatilishida keyingi avlod antibiotiklarini qidirib topish, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish va qoʼllash usullari ustida ishlarni tashkil qilish zarurligini oldindan belgilab qoʼydi. Bugungi kunda yuzdan ortiq antibiotiklar ishlab-chiqarish texnologiyalari hayotga tadbiq qilingan.


Аntibiotiklar ishlab-chiqarish bilan bir qatorda aminokislotalar, fermentlar, gormonlar va boshqa fiziologik faol birikmalar tayyorlash texnologiyalari ham yaratila boshlandi. Bugungi kunda tibbiyot va qishloq xoʼjaligi uchun zarur boʼlgan aminokislotalar (ayniqsa organizmda sintez boʼlmaydigan aminokislotalar), fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish texnologiyalari yoʼlga qoʼyilgan.
Oxirgi 20-30 yilda, ayniqsa mikrob oqsilini olish texnologiyasi rivojlanib ketdi. Insoniyat uchun oʼta zarur boʼlgan bu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bir qatorda undan unumli va oqilona foydalanish yoʼllari amalga oshirilmoqda. Oqsil ishlab chiqarishda har xil chiqindilaridan (zardob, goʼsht qoldiqlari) va parafindan foydalanish mumkinligi isbotlangan. Hozirgi paytda buning uchun metan va metanoldan foydalanish mumkinligi ham koʼrsatib oʼtilgan.
Keyingi vaqtda mikrob biotexnologiyasining rivojlanishi immobillashgan (maxsus sorbentlarga bogʼlangan) fermentlar va mikroorganizmlar tayyorlash texnologiyalarining yaratilishi bilan uzviy bogʼliq boʼldi. Immobilizatsiya qilingan fermentlarning har xil jarayonlarda ishlatilishi (fermentlar muhandisligi) bu biokatalizatorlardan foydalanishni yanada faollashtirib yubordi. Endilikda fermentlar bir marotaba emas, bir necha marotaba uzluksiz (hatto bir necha oylab) ishlatiladigan boʼlib qoldi.
Mikroorganizmlar faoliyati va imkoniyatidan foydalanish, ularning hosildor turlarini (shtammlarini) yaratish bilan bogʼliq. Bunday vazifani mikrobiologlar bilan uzviy hamkorlikda genetiklar va gen muhandisligi usullaridan xabardor boʼlgan boshqa mutaxassislar amalga oshiradilar. Mikrob preparatlarini ishlab chiqarishni faollashtirishning yana bir yoʼli ikki yoki undan ortiq boʼlgan, biri ikkinchisining faolligini oshirib beraoladigan (simbiozda ishlaydigan) mikroorganizmlar assotsiatsiyasidan foydalanishdir. Bu yoʼl hozirgi vaqtda fermentlar, antibiotiklar, vitaminlar va metan gazi olishda hamda oqova suvlarni tozalash jarayonlarida keng qoʼllanilib kelinmoqda.
Biotexnologiyaning asosini mikrob faoliyati tashkil qiladi. Shunday ekan faol mikroorganizmlar yaratish, ularni faglardan va tashqi salbiy muhit taʼsiridan asrash masalalari ham eng muhim vazifalardan biridir.
Shu kabi qator oʼta muhim muammolarni yechishda nafaqat mikrobiologlar, biokimyogarlar, biotexnologlar, balki muhandislar va texnologlar ishtirok etishlari zarur boʼladi.
Bu esa, biotexnologiya fanini yaxshi oʼzlashtirib olish uchun yuqorida eslab oʼtilgan fanlardan xabardor boʼlmoqlikni taqoza etadi.
Biotexnologiya sanoatida produtsent sifatida prokariotlar–(bir hujayrali, yadrosi mukammal boʼlmagan organizmlar)–bakteriyalar, aktinomitsetlar, rikketsiylar va tuban eukariotlar (bir va koʼp hujayrali, yadrosi mukammal, xromosomalari maxsus lipoproteid tabiatli membranalar bilan oʼralgan)–achitqi va mitselial zamburugʼlar, eng sodda jonivorlar va suv oʼtlari hamda ularning har xil usullar (selektsiya, mutagenez, hujayra va gen muhandisligi) orqali olingan mutantlaridan foydalaniladi.
Bugungi kunda biotexnologik jarayonlarda tabiatda tarqalgan 100 mingdan ortiq turkumga mansub boʼlgan mikroorganizmlardan faqatgina bir necha yuztasi ishlatiladi, xolos.
Biotexnologiya jarayonlarida ishlatish uchun tavsiya etiladigan produtsentlarga katta talablar qoʼyiladi, ularning umumiylari quyidagilardan iborat:

  • oʼsish tezligining balandligi,

  • arzon oziqa muhitida oʼsishi,

  • boshqa mikrofloraga va fagga chidamliligi,

  • yuqori hosildorligi.

Bir nechta ozuqa muhitlarining tayyorlanishi



  1. Chapek (g/l: KH2PO4 – 1,0; MgSO4- 0,5; NaNO3 - 3,0; KCl - 0,5; FeSO4 -donalari; saxaroza -2; mikroelementlar - 1 ml; (mikroelementlar aralashmasi: 500 mg FeSO4; 156 mg MnSO4 4N2O; 167 mg ZnCl2; 200 mg CoCl2; 1 ml 19% HCl 100 ml distillangan suvda)),




  1. peptonli ozuqa muhiti (distillangan suv 1 l, 2 g/l glukoza, 0,5 g/l NaCl, 0,5 g/l MgSO4, 0,5 g/l K2HPO4, 10 g/l pepton)




  1. kartoshka-dekstrozali (KD) (200 gramm kartoshka tortilib, yarim soat davomida distillangan suvda qaynatiladi. Olingan suyuqlik bir litrgacha distillangan suv bilan to`ldiriladi va 20 g dekstroza solinadi va aralashtiriladi)

Download 30.35 Kb.




Download 30.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya ishi 4 Biotexnologiya laboratoriyasida mikroorganizmlardan foydalanish Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar

Download 30.35 Kb.