• Umumiy ma’lumotlar
  • Yong‘inni o‘chiradigan birlamchi va statsionar vositalar mavjud. Birlamchi
  • Yong‘inni ko‘pik bilan o‘chirish.
  • Yong‘inni inert gazlar bilan o‘chirish.
  • Kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar
  • Xavo - ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar Ko‘pikli-havoli
  • Uglekislotali o‘t o‘chirgichlar
  • Kukunli o‘t o‘chirgichlar Kukunli o‘t o‘chirgichlar
  • Laboratoriya ishi №6 Yong‘inni o‘chirishning texnik vositalari va avtomatik vositalari yong‘in signalizatsiyasi va aloqasi Ishdan maqsad




    Download 465,36 Kb.
    Sana18.05.2024
    Hajmi465,36 Kb.
    #241728
    Bog'liq
    6-Laboratoriya ishi


    Laboratoriya ishi №6
    Yong‘inni o‘chirishning texnik vositalari va avtomatik vositalari yong‘in signalizatsiyasi va aloqasi


    Ishdan maqsad: Talabalarning turli xildagi o‘t o‘chirgichlarning qo‘llanish joyi ishlash tuzilishi va prinsipi bilan tanishtirish.
    Umumiy ma’lumotlar
    Yong‘inlarni o‘chirish odamlarning hayotini asrab qolish hamda sog‘lig‘ini saqlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni asrash hamda yong‘inlarni bartaraf etish harakatlaridan iboratdir.
    Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etish tartibini Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati belgilaydi.
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati boshqaruv organlari va bo‘linmalarining yong‘indan saqlash xizmatining boshqa turlari, vakolatli organlar, avariya-ta’mirlash xizmatlari va o‘zga xizmatlar bilan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etishni ta’minlashga doir hamkorligi kelishuvlar bilan tartibga solinadi.
    Yong‘inni o‘chiradigan birlamchi va statsionar vositalar mavjud.
    Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga harakatlanadigan, qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlar, gidropulpalar, chelak, suvli bochka, belkurak, qumli yashik, asbest yopqich va boshqalar misol bo‘ladi.
    Statsionar o‘t o‘chirish vositalariga ko‘pik generatorlari, matopompalar, sirinkler va drincher kallaklari, havo ko‘pik generatorlar, o‘t o‘chirish mashinalari va boshqa turdagi vositalar kiradi.
    Yong‘inni ko‘pik bilan o‘chirish.
    Yong‘inni o‘chirishda ko‘pik samarali va qulay vosita hisoblanadi, yengil alangalanadigan, yonadigan suyuqliklarni yonishini bartaraf etishda keng qo‘llaniladi.
    Ko‘pik suyuqlikni yupqa pardasi bilan ajratilgan gaz yoki havo pufakchalari massasidan iborat. Hosil bo‘lish turiga qarab kimyoviy va havo-mexanik ko‘piklari mavjud.
    Vaqtincha ishlaydigan kimyoviy ko‘piklar o‘t o‘chirgich (OXP-10, OP-5, OP-M) larda ishlatiladi.
    Havo mexanik ko‘pigi (PVG), (PO-1, PO-6) larni tashkil etadi.
    Yong‘inni inert gazlar bilan o‘chirish.
    Yong‘inni o‘chirish uchun inert aralashmalar suv bug‘i, karbondioksidi, azot, argon, tutun gazi, galogen birikmali moddalar ishlatiladi, yani brom eti, xlorbrommetan, brom etifron va boshqalar. Inert gazlar bilan yong‘inni o‘chirish bu hosil bo‘layotgan issiqlikni aralashtiruvchilarni qizdirish uchun saralanishiga, reaksiyani, issiqlik xaroratini va jarayon tezligini kamaytirishga asoslangan.
    Gazni berish uchun o‘t o‘chirgichlar (OU-2, OU-5, OU-8, OU-15), statsionar moslamalar (UP-1M, UP-“M va boshqalar) qo‘llaniladi.
    Kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar.
    Kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo’lgan kimyoviy ko’pik bilan o‘t o‘chirishga mo’ljallangan OXP-10 turidagi o‘t o‘chirgichlarning o’chiruvchi aralashmasi ikki qismdan iborat ishqorli va kislotali qismiga 120 g. H2SO4 va Fe2 (S04) moddalari (sulfat kislota va temir sulfat).
    O‘t o‘chirgich ko’rinarli joyga poldan 1.5 m balandlikda o’rnatiladi. O‘t o‘chirgich osilgan joylar atrofi har doim berk bo‘lishi lozim. O‘t o‘chirish aralashmalari o‘z xossalarini 3-6 yil davomida saqlab qoladi.
    Xavo - ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar
    Ko‘pikli-havoli o‘t o‘chirgichlar qattiq materiallarni va yonuvchan suyuqliklarni o‘chirish uchun ishlatiladi. Ular yong‘inning dastlabki bosqichlarida samaraliroq hisoblanadi. Ishqoriy metallarni, tarmoqqa ulangan elektr jihozlarini va yonish uchun kislorodga muhtoj bo‘lmagan materiallarni bunday aralashmalar bilan o‘chirish taqiqlanadi.
    Uglekislotali o‘t o‘chirgichlar
    OU-2, OU-5 va OU-8 markali xavo ishtirokisiz yonuvchi va tok ta’siridagi jihoz yong‘inidan tashqari hamma turdagi yong‘inda qo‘llaniladi. Uglekislotali o‘t o‘chirgich yonuvchi yuzani sovitish va yopish zonasidagi kislorod hamma yonuvchi gazlarning konsentratsiyasini kamaytirishga asoslangan holda ya’ni yuqori holiga o‘tadi. Qolgan qismi qattiqlanib uglekislota qorni yong‘in o’chog’iga keltiradi. U 25° C dan +50 °C gacha haroratda normal ishlaydi.
    Korpusni 5 yilda bir marta gidravlik sinovdan o’tkaziladi.
    Uglekislota avtomobillar omborxonalarda yong‘in chiqishida qo‘llaniladi.
    Kukunli o‘t o‘chirgichlar
    Kukunli o‘t o‘chirgichlar 1000 V gacha kuchlanishga ega yonayotgan elektr jihozlarini va yonuvchan suyuqliklarni o‘chirish uchun foydali. Ularni kislorod yo‘qligida yonadigan materiallarni o‘chirish uchun ishlatish taqiqlanadi.Bunday qurilmalar har yili tekshiruvdan o‘tkaziladi va har besh yilda bir marta yong‘inga qarshi vosita bilan to‘ldiriladi. OPS-6 va EPS- 10 markalari mavjud.
    O‘t o‘chirish ikki kismdan iborat.
    A) Kukun uchun idish shlangli sifon trubka o‘zaytirgich va changlatib beruvchi moslama.
    B) Siqilgan gaz va ventel uchun balon. Bu ballon idishga ulangan bulib manometr bilan ta’minlangan.




    Download 465,36 Kb.




    Download 465,36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi №6 Yong‘inni o‘chirishning texnik vositalari va avtomatik vositalari yong‘in signalizatsiyasi va aloqasi Ishdan maqsad

    Download 465,36 Kb.