• 10-rasm. IDTning elektrik sxemasi Indikasiya tizimi. Displeylar. Haydovchi
  • Laboratoriya ishi №8 Mavzu: Elektr jixozlari va tizimlarini kompleks diagnostika qilish




    Download 441.17 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana16.05.2023
    Hajmi441.17 Kb.
    #60145
    1   2
    Bog'liq
    АЕЕТваГЖ 4-лабор
    2, 1 Masofaviy ta’lim tushunchasi Masofaviy o`qitish usullari Ma, S3O1 TextileFibers INGLIZ TILI, Ijtimoiy media tahdid va xavf-hatar Tayyorladi Xolboyeva Dilora-azkurs.org, Erkin mavzuda mozaika yasash, 1-mavzu, Tarmoq iqtisodiyoti fanidan joriy nazorat-fayllar.org, 2-Topshiriq (2), 3-task, CamScanner 2023-10-20 22.54 (2) compressed, 1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditat, 140- MT AMALIYOT-2024
    Ichki datchiklar tizimi (IDT) — bu takomillashgan NBT bo‘lib, ITD mavjud avtomobil asosiy tizim va 
    mexanizmlari maxsus datchiklarga ega bo‘lib haydovchini xabarlaydi yoki kompyuterda axborotni saqlaydi. Masalan, VAZ 
    avtomobillarida ITD quyidagi taxlil qiladi (10-rasm): akkumulyator batareyasining yuklanishsiz holatdagi, starter 
    qo‘shilgandagi va uning stop rejimidagi kuchlanishning holatini; generator diodlarining sozligi; o‘t oldirish tizimi ulanganda 
    va starter qo‘shilgandagi o‘t oldirish g‘altagidagi kuchlanishni; uzgichdagi kontaktlarda kuchlanishning kamayishi
    uzgichning kontaktlari berk holatining burchagi; silindrlar bo‘yicha uchqun berilishining sinxron emasligi; nazorat aylanish 


    chastotalarida o‘t oldirishning ilgariligi burchagi; silindrlarni navbat bilan o‘chirishda dvigatelning aylanishlar chastotasini 
    pasayish darajasini. 
    Tizimni uzluksiz takomillashtirib bormoqdalar. 
    10-rasm. IDTning elektrik sxemasi
    Indikasiya tizimi. Displeylar. Haydovchi ahborotlarni asboblar panelidan oladi. Elektronika panelni elektron 
    axborot qurilmasi va indikatorli qilib tayyorlash imkonini berdi. Elektron indikatorlar ilgari bo‘lganidek faqat bitta 
    parametrning signalini emas, balki turli tuman xabarlarni berishi va axborotlar hajmini keskin oshirishi mumkin. Haydovchini 
    bir vaqtning o‘zida ortiqcha ma’lumotlar bilan yuklamaslik uchun, panelda uch-beshta asosiy parametrlar va besh-oltita 
    yoritkichli signallar taqdim etiladi. qolgan ma’lumotlarni haydovchi hoxishga ko‘ra chaqirib oladi. 


     
    MSIEEBT dvigatel majburiy salt ishlaganda yonilg‘ini uzatilishini to‘xtatish uchun xizmat qiladi. 
    Bu tizim joriy qilinishi yonilg‘ini 2...3% ga tejash va chiqindi gazlardagi zaharli moddalarni miqdorini 
    15...30% ga kamaytirish imkoniyatini beradi. 
    MSIEEBT quyidagicha ishlaydi (7.4-rasm). Majburiy salt ishlash rejimini aniqlash uchun dvigatel 
    tirsakli valini aylanish chastotasi, drossel to‘siqchasining holati datchiklari xizmat qiladi. 
    MSIEEBTni ishlashi uchun quyidagi shartlar bir vaqtni o‘zida bajarilishi kerak: 
    - dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi ma’lum belgilangan qiymatdan yuqori bo‘lishi 
    kerak; 
    - drossel to‘siqchasi to‘la yopilgan bo‘lishi kerak;
    - sovitish tizimidagi suyuqlik temperaturasi 65
    0
    C dan yuqori bo‘lishi kerak.
    Oxirgi shart sovuq dvigatel qizdirilayotganda, uni salt ishlashdagi aylanishlar chastotasi
    belgilangan qiymatdan baland bo‘ladi va bu hol MSIEEBT tomonidan majburiy salt ishlash rejimi 
    sifatida qabul qilinishi va yonilg‘i uzatilishini to‘xtatib qo‘yilishi bilan bog‘liq. 
    Dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi haqidagi signal sifatida o‘t oldirish g‘altagining 
    bilamchi chulg‘amidan olingan signal ishlatiladi. Drossel to‘siqchasining holati datchigi sifatida 
    karburatorga joylashtirilgan mikro almashlab-ulagich ishlatiladi. Agar drossel to‘siqchasi ochiq bo‘lsa 
    almashlab-ulagich kontaktlari tutash, yopiq bo‘lsa - uzilgan bo‘ladi.
    Majburiy salt ishlash rejimi vujudga kelsa, elektron blok elektromagnit klapanga yopilish haqidagi 
    boshqaruv signalini beradi va karburatorni salt ishlash tizimi orqali dvigatelga yonilg‘i uzatilishi 
    to‘xtatiladi. Majburiy salt ishlash rejimi tugab drossel to‘siqchasi ochilsa yoki tirsakli valning aylanish 


    chastotasi ortib ma’lum qiymatga yetganda elektron blok elektromagnit klapanni ochadi va karburatorni 
    salt ishlash tizimi orqali yana yonilg‘i uzatila boshlaydi.
    7.5-rasmda majburiy salt ishlash ekonomayzeri elektron boshqarish blokining umumiy sxemasi 
    keltirilgan. Elektron boshqarish bloki ikkita kuchlanish komparatori, teskari aloqa zanjiri va
    nosimmetrik triggerdan iborat. Blok quyidagicha ishlaydi. O’t oldirsh tizimidagi uzgichdan kelayotgan 
    signal mikrosxema A1 kirish qisqichi 4 ga uzatiladi. Mikrosxema A1 ning chiqish joyida (qisqich 3) 
    davomiyligi doimiy bo’lgan impulslar shakllanib, ularni qaytarilish chastotasi kirish signalining 
    chastotasiga mos buladi. VT1 va VT2 tranzistorlar kalit vazifasini bajarib, ular A1 mikrosxemaning 
    chiqish joyida impulslar vujudga kelganda vaqt belgilovchi kondensator C1 ni zaryadsizlanishini 
    ta’minlaydi. Impulslarni vujudga kelishi oraligidagi vaqt davomida kondensator C1 - R1 va R2 
    rezistorlar orqali zaryadlanadi. Kirish signali chastotasi kamayishi bilan C1 kondensatorning 
    zaryadlanish mumkin bo’lgan kuchlanishning maksimal qiymati ortib boradi.
    VT3 va VT4 tranzistorlar chegaraviy element vazifasini bajaradi. Kondensator C1 dagi kuchlanish 
    8 V dan (tayanch kuchlanish) ortishi bilan bu tranzistorlar ochiladi. Shunday qilib, kirish signal 
    chastotasi ulanish chegarasidan kam bo’lganda, kondensator C1 chegaraviy elementning tayanch 
    kuchlanishidan ortiqroq qiymatga ega bo’lgan kuchlanishgacha zaryadlanib ulguradi. Bunda, VT3 va 
    VT4 tranzistorlar ochiladi va mikrosxema A2 orqali VT6 tranzistor bazasiga yuborilgan signal ta’sirida 
    VT6 tranzistor ochiladi. Bu esa, o’z navbatida VT8 tranzistorini ochilishi va shtekker X6 orqali 
    elektromagnit klapan 2 ga kuchlanish uzatilishini ta’minlaydi. Shtekker X5, drossel to’siqchasi holati 
    datchigi S1 kontaktlari orqali, «massa» bilan ulanganda (ya’ni drossel to’siqchasi yopiq holat) 
    elektromagnit klapanga uzatilayotgan kuchlanish kirish signali chastotasiga bog’liq ravishda o’zgaradi. 
    Shtekker X5 «massa» dan ajratilsa (ya’ni drossel to’siqchasi ochilsa) tranzistor VT7 yopiladi, VT5 
    tranzistor esa ochiladi. Bu chiqish tranzistori VT8 ni ochilishiga va tok manbaining musbat qutbini 
    (kirish signali chastotasidan qat’iy nazar) elektromagnit klapaniga ulanishiga va karburatorni salt ishlash 
    naychasini ochilishiga olib keladi. 
    Shunday qilib, majburiy salt ishlash rejimida, ya’ni tirsakli valning aylanishlar chastotasi, elektron 
    boshqarish blokining komparatorini ishga tushish chegarasidan yuqori bo’lganda elektromagnit 
    klapanga tok kelmaydi va dvigatelga yonilg’i uzatilmaydi. Aylanish chastotasi komparatorni ishga 
    tushishi chegarasidan pasayganda elektromagnit klapan ochiladi va dvigatelga yonilg’i uzatilish jarayoni 
    tiklanadi. Agar drossel to’siqchasi ochiq bo’lsa, tirsakli valning aylanish chastotasi qiymatidan qat’iy 
    nazar, dvigatelga yonilg’i uzatilishi davom etadi.
    Majburiy salt ishlash rejimida dvigatel silindrlarida havoni keskin siyraklanishi vujudga kelishi 
    sababli moy sarfini ortishi - bu tizimning kamchiligi hisoblanadi.
    Majburiy salt ishlash rejimida dvigatel silindrlarida havoni keskin siyraklanishi vujudga kelishi 
    sababli moy sarfini ortishi - bu tizimning kamchiligi hisoblanadi.

    Download 441.17 Kb.
    1   2




    Download 441.17 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi №8 Mavzu: Elektr jixozlari va tizimlarini kompleks diagnostika qilish

    Download 441.17 Kb.
    Pdf ko'rish