№5-Laborotoriya mashg’uloti. 4G avlod mobil aloqa tizimlarini tadqiq qilish Ishdan masad
LTE standartidagi tarmoqlaring arxitekturasi, resurslar to‘ri, pastga va yuqori kanalarini tashkil etishni o‘rganish
1.LTE standartining arxitekturasi bilan tanishish. 2.LTE resurslar to‘rni o‘rganish.
3.LTE pastga va yuqori kanalarini tashkil etishni o‘rganish.
G tarmoqlar o‘tkazish qobiliyati va potensial abonentlari sonini hisoblash.
Hisobot tarkibi
Ishning nomi va maqsadi.
LTE standartidagi tarmoqlaring arxitekturasi, resurslar to‘ri, pastga va yuqori kanalarini tashkil etish sxemalari va hisoblash natijalari.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
4G sotali tizimlarni qurilishi uchun nomzod ma’lumotlarni uzatilishi tezliklaridagi ehtiyojlarni qondirish uchun CDMA va UMTS texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha standart bo‘lgan 3GPP Long Term Evolution (LTE) loyihasi hisoblanadi. Bu takomillashtirishlar samaradorlikni oshirish, kechikishlarni kamaytirish, ko‘rsatiladigan xizmatlarni kengaytirish va takomillashtirish, shuningdek mavjud protokollar bilan integratsiyalanishga tegishli bo‘ldi. 3GPP LTE standarti bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish tezligi nazariy jihatdan qabullashga (download) 326,4 Mbit/s va uzatishga (upload) 172,8 Mbit/sga etadi. Xalqaro standartda qabullashga 173 Mbit/s va uzatishga 58 Mbit/s tavsiflangan. LTE fizik darajaning asosi paketli uzatish, adaptivko‘p sathli modulyasiyalash, ko‘p tomonlama ulanish uchun OFDMA texnologiya va qabul qilish va uzatishda ko‘p antennali ajratish (MIMO) hisoblanadi.
LTE bazaviy stansiyasining ishlash radiusi quvvat va ishlatiladigan chastotaga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin. Optimol holda bu k km atrofida, lekin zarurat bo‘lganida ishlash masofasi 30 kmni yoki hatto 100 kmni
(antenna etarlicha ko‘tarilganida) tashkil etadi.
LTEning qamrab olish zonasida qilingan qo‘ng‘iroq yoki ma’lumotlarni uzatish seansi texnik jihatdan 3G (W-CDMA, CDMA2000) yoki GSM/GPRS/EDGE tarmog‘iga uzilishsiz uzatilishi mumkin. SHunday qilib, LTE tarmoqlarining rivojlanaishi mavjud rivojlangan ham GSM, ham CDMA operatorlar tarmoqlarida bo‘lishi mumkin, bu tarmoqni qurish narxini sezilarli pasaytiradi (WiMax tarmoqlarga qaraganda).
|