|
«Lay’s bo’lmasa, futbol ham bo’lmas» reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalari (keyingi o‘rinlarda "qoidalar") Aksiya nomlanishi «Lay’s bo’lmasa, futbol ham bo’lmas»
|
bet | 1/2 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 52,89 Kb. | | #265537 |
Bog'liq Oferta
«Lay’s bo’lmasa, futbol ham bo’lmas»
REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI
(KEYINGI O‘RINLARDA - "QOIDALAR")
1. Aksiya nomlanishi «Lay’s bo’lmasa, futbol ham bo’lmas» (keyingi o‘rinlarda - «Aksiya»).
1.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasining "Reklama to‘g‘risida"gi Qonunga binoan rag‘batlantiruvchi aksiya hisoblanadi va lotereya hisoblanmaydi.
2. Aksiya tashkilotchisi va reklama beruvchisi haqidagi ma’lumotlar:
2.1. Aksiya tashkilotchisi (keyingi o‘rinlarda – "Tashkilotchi"): “LUDI I CIFRY” MChJ: O‘zbekiston, Toshkent sh. Ko‘kcha Darvoza ko‘ch., 27, tel +99897 008 01 23.
2.2. Aksiya Reklama beruvchisi: "PEPSICO HOLDINGS TOSHKENT" MChJ shaklidagi Xorijiy korxona: O‘zbekiston, Toshkent sh., 100150, Oybek ko‘ch., 24, tel.: +99871 281 46 09.
3. Aksiya o‘tkazilish muddati: 2024 yil 10 apreldan 2024 yil 10 maygacha (keyingi o‘rinlarda ham – "Aksiya muddati" yoki «Aksiya davri»).
3.2. Aksiya mahsulotini xarid qilish muddati: 2024 yil 10 apreldan, shu jumladan, 2024 yil 8 maygacha.
3.4. Aksiya G‘oliblarini aniqlash muddati: mazkur Aksiya Qoidalarining 9.2-bandida ko‘rsatilgan Sovrinlarni o‘yinini o‘tkazish jadvaliga binoan 2023 yil 17 apreldan, shu jumladan, 2024 yil 10 maygacha.
3.5. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqti bo‘yicha hisoblanadi.
4. HUDUD, PROMO-SAYT VA XABAR QILISH TARTIBI
4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida (keyingi o‘rinlarda - O‘zR) telegram bot @lays_football (to‘g‘ri nomlanishga almashtirilsin) internet-tarmog‘ida Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida istiqomat qiluvchi foydalanuvchilar orasida o‘tkaziladi.
4.2. Ishtirokchilarni Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan, ularning o‘zgarishlari, qo‘shimchalari), Aksiya qoidalari haqida xabar qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
1) Tashkilotchining https://lays.uz rasmiy internet-sahifasida (yuqorida, joriy va quyida – «Sayt»)
2) Tashkilotchi Hamkorining https://havasfood.uz rasmiy internet-sahifasida
3) Tashkilotchining tanlovi bo‘yicha boshqa usullarda.
5. AKSIYA ISHTIROKCHILARI
5.1. Aksiyada O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan va ro‘yxatdan o‘tgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanuvchi 14 yoshga to‘lgan barcha mehnatga layoqatli jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
5.2. Aksiyada ishtirok etish quyidagilarga ruxsat etilmaydi:
• Tashkilotchi xodimlari;
• Aksiya Tashkilotchisi bilan affillangan deb hisoblanuvchi shaxslar;
• Tashkilotchi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatlarni o‘rnatgan va Aksiya tashkillashtirilishi va (yoki) uning o‘tkazilishi, aksiya mahsulotlarini sotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi shaxslarning xodimlari va vakillari;
• yuqorida sanab o‘tilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari, to‘liq qarindoshlar va qondosh qarindoshlar (umumiy ota yoki onaga ega bo‘lgan) aka-ukalar va opa-singillar;
• Aksiyaning ushbu Qoidalari shartlarini bajarmagan shaxslar.
5.3. Ushbu Qoidalarning 5.1-bandi va ushbu Qoidalarning boshqa bo‘limlari shartlariga muvofiq kelmaydigan shaxslarning ishtirok etish dalillarini aniqlash holatida, Tashkilotchi bunday shaxslarga Aksiyada ishtirok etishni va/yoki sovrinni olishni rad qilishga haqli.
6. AKSIYANING SOVRIN FONDI
6.1. Aksiyaning Sovrin fondi Reklama beruvchining pul mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi, o‘z ichiga Kafolatlangan sovrinlarni va Har haftalik sovrinlarni (joriy, yuqorida va quyida - "Aksiya sovrinlari") oladi.
Aksiya sovrinlarining umumiy miqdori chegaralangan.
6.2. Kafolatlangan sovrinlar:
• Aksiyada har bir foydalanuvchi, fiskal chekning fotosuratini va raqamini to‘g‘ri jo‘natib, Tashkilotchining tanlovi bo‘yicha telegram ilovasida stiker-pakni yoki Yandeks plyusda obuna bo‘lishga 10% chegirmani yoki telegram premium ilovasida obunaga chegirmani oladi.
6.3. Har haftalik sovrinlar:
• Aksiyada har bir foydalanuvchi, fiskal chekni fotosuratini va raqamini to‘g‘ri jo‘natib, tasodifiy yo‘l bilan quyidagilarni yutib olish imkonini qo‘lga kiritadi:
PS5 o‘yin pristavkasi – sovrinlarning umumiy miqdori 10 (o‘n)ta sertifikatlar;
Brendlangan xudi – sovrinlarning umumiy miqdori 25 (yigirma besh)ta;
Brendlangan sport ryukzak-qop – sovrinlarning umumiy miqdori 50 (ellik)ta ryukzaklar;
Fitnes brasletlar – sovrinlarning umumiy miqdori 15 (o‘n beshta) brasletlar.
6.5 Aksiya sovrinlarining tashqi ko‘rinishi, ularning o‘lchami, rasmi, qadoq rangi va boshqa xarakteristikalari reklama materiallarida taqdim etilgan tasvirlar, va Ishtirokchilarning shaxsiy taxminlariga mos kelmasligi mumkin. Aksiya Sovrinlari sifatida taqdim etilayotgan tovarlarning sifati uchun javobgarlik ushbu tovarlarni ishlab chiqaruvchisining zimmasiga yuklatiladi.
6.6 Sovrinlarning pullik ekvivalentlari Tashkilotchi tomonidan berilmaydi, boshqa Sovrinlarga almashtirilishi amalga oshirilmaydi.
7. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI
7.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi aksiya mahsulotini xarid qilish Muddatida muayyan harakatlarning quyidagi ketma-ketligini bajarishi zarur:
Telegram bot @lays_football (to‘g‘ri nomlanishga almashtirilsin)ga Lay’s pozitsiyasiga ega bo‘lgan "HAVAS" savdo do‘konlari tomonidan berilgan fiskal chekning fotosurati va raqamini yuborish
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
«Lay’s bo’lmasa, futbol ham bo’lmas» reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalari (keyingi o‘rinlarda "qoidalar") Aksiya nomlanishi «Lay’s bo’lmasa, futbol ham bo’lmas»
|