Aksiyada ishtirok etuvchi tovarlar




Download 52,89 Kb.
bet2/2
Sana25.06.2024
Hajmi52,89 Kb.
#265537
1   2
Bog'liq
Oferta

Aksiyada ishtirok etuvchi tovarlar:
Har qanday ta’mdagi 225 gramm bitta Lay’s pachkasi
Har qanday ta’mdagi 140 grammdan ikkita Lay’s pachkasi
7.2. Ushbu Qoidalarning 7.1-bandiga binoan Lay’s mahsulotining har qanday ta’mdagi 225 gramm bitta pachkasini yoki har qanday ta’mdagi 140 grammdan ikkita pachkasini xarid qilish pozitsiyasiga ega bo‘lgan fiskal chekning fotosuratini va raqamini to‘g‘ri yuborilgan foydalanuvchilar Tashkilotchi tomonidan moderatsiyadan o‘tgandan so‘ng ishtirokchiga aylanadi. *
* sovrinlar o‘yinida Tashkilotchi tomonidan haqqoniylikka tekshirilgan chek fotosurati va uning raqami ishtirok etadi.

7.3. Bitta foydalanuvchi bittadan ortiq bo‘lmagan marta "HAVAS" savdo do‘konida berilgan fiskal chekning bitta yagona fotosuratini va raqamini yuborish huquqiga ega. Tashkilotchi tomonidan fiskal chekning raqami rad etilishi holatida. foydalanuvchi avval ro‘yxatdan o‘tkazilmagan chek bilan urinishni takrorlashi mumkin, urinishlar soni cheklanmagan. Foydalanuvchi harakatlarni toki Tashkilotchi 7.2-bandning qoidalarini hisobga olgan holda fiskal chekni qabul qilmagunicha takrorlashi mumkin.


8. AKSIYA G‘OLIBLARINI ANIQLASH
8.1. Aksiyaning butun Muddati davomida Tashkilotchi tomonidan quyidagilar o‘tkaziladi:
- Har haftalik sovrinlarning (keyingi o‘rinlarda - "Har haftalik o‘yin") 5 (besh)ta O‘yinlar, va
- ushbu Qoidalarning 8.3-bandi bilan belgilab berilgan Aksiya sovrinlarini O‘ynash Jadvaliga binoan Kafolatlangan sovrinlarni (keyingi o‘rinlarda - "Kafolatlangan sovrinlar") nomuayyan miqdorda berish.
8.2. Butun davr mobaynida Tashkilotchining bazasiga foydalanuvchining ma’lumotlari (Ismi, Familiyasi, telefon raqami va yashash shahri) va Qoidaning 7.1-bandiga muvofiq keluvchi fiskal chekning raqami kiritiladi. G‘oliblik holatida g‘olibning qo‘shimcha: Aniq yashash manzili va familiyasi, ismi, otasining ismi va ro‘yxatdan o‘tgan manzili kabi pasport ma’lumotlari, kabi ma’lumotlarni olish uchun Tashkilotchining telefon raqamidan + 998 97 008 01 23 so‘rov yuboriladi. Shaxsiy ma’lumotlar (Aniq yashash manzili va familiyasi, ismi, otasining ismi va ro‘yxatdan o‘tgan kabi pasport ma’lumotlari) mavjud bo‘lmagan taqdirda ishtirokchi Aksiyada ishtirok etishga qo‘yilmaydi.
8.3 Har haftalik sovrinlar G‘oliblari quyida "Sovrin o‘yinlari jadvali"da ko‘rsatilgan muvofiq Davrlarda (keyingi o‘rinlarda - "Mahsulotni xarid qilish davri") ushbu Qoidalarning 7.1-bo‘limida ko‘rsatilgan shartlarni bajargan Ishtirokchilar orasida ekran yozuvida https://randomus.ru/ kompyuter dasturi yordamida tasodifiy aniqlanadi, Har haftalik sovrin G‘olibi esa quyida "Sovrin o‘yinlari jadvali"da ko‘rsatilgan muvofiq Davrlarda (keyingi o‘rinlarda - "Mahsulotni xarid qilish davri") ushbu Qoidalarning 8-bo‘limida ko‘rsatilgan shartlarni bajargan Ishtirokchilar orasida fiskal chekning raqamini to‘g‘riligi tekshirilishi yordamida qo‘lda aniqlanadi:

O‘yin haftasi
(Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

Kafolatlangan sovrinlarni G‘oliblarini aniqlash sanasi
(Toshkent shahri
vaqti bo‘yicha)

Sovrnilarning miqdori va turlari

Har haftalik Sovrinlarning G‘oliblarini aniqlash sanasi
(Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

Sovrnilarning miqdori va turlari

10.04.2024 14.04.2024

10.04.2024 – 14.04.2024

Fiskal chekning fotosini va raqamini
to‘g‘ri yuborgan har bir foydalanuvchi.
Tashkilotchi tanloviga bitta Sovrin:
Telegram stikerpaki - soni chegaralanmagan
Yandeks Plyus yillik obunasiga 10% chegirma – 100 dona
Telegram premium ilovasida obunaga chegirma - 100 dona

17.04.2024 y.



O‘yin pristavkasi - 2 dona
Fitnes brasletlar – 3ta braslet
Brendlangan xudi – 5ta xudi
Brendlangan sport ryukzak-qop –
10ta ryukzak

Jami: 20ta sovrinlar





15.04.2024 21.04.2024

15.04.2024 – 21.04.2024

24.04.2024 y.



O‘yin pristavkasi - 2 dona
Fitnes brasletlar – 3ta braslet
Brendlangan xudi – 5ta xudi
Brendlangan sport ryukzak-qop –
10ta ryukzak

Jami: 20ta sovrinlar





22.04.2024 28.04.2024

22.04.2024 – 28.04.2024

01.05.2024 y.



O‘yin pristavkasi - 2 dona
Fitnes brasletlar – 3ta braslet
Brendlangan xudi – 5ta xudi
Brendlangan sport ryukzak-qop –
10ta ryukzak

Jami: 20ta sovrinlar





29.04.2024 05.05.2024

29.04.2024 – 05.05.2024

08.05.2024 y.



O‘yin pristavkasi - 2 dona
Fitnes brasletlar – 3ta braslet
Brendlangan xudi – 5ta xudi
Brendlangan sport ryukzak-qop –
10ta ryukzak

Jami: 20ta sovrinlar





06.05.2024 08.05.2024

06.05.2024 – 08.05.2024

10.05.2024 y.



O‘yin pristavkasi - 2 dona
Fitnes brasletlar – 3ta braslet
Brendlangan xudi – 5ta xudi
Brendlangan sport ryukzak-qop –
10ta ryukzak

Jami: 20ta sovrinlar





* Aksiya sovrinlarini O‘ynash Jadvaliga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan o‘rnatilgan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, hamda Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda, Tashkilotchi tomonidan tuzatish kiritilishi mumkin.
8.4. Har haftalik O‘yinlarni o‘tkazish va G‘oliblarni aniqlash sanasida Tashkilotchi Asosiy G‘oliblarni (keyingi o‘rinlarda - "Asosiy G‘olib" va/yoki "G‘olib") va Zaxira (Muqobil) G‘oliblarni (keyingi o‘rinlarda - "Muqobil G‘olib") aniqlaydi. Har bir O‘yin doirasida Asosiy g‘oliblarning soni Sovrinlarni o‘ynash doirasida o‘ynaluvchi sovrinlarning miqdoriga ekvivalent bo‘lishi kerak;
Har bir O‘yin doirasida Muqobil g‘oliblarning soni quyidagini tashkil qiladi:
- Har haftalik o‘yin - 20 (yigirma)ta ishtirokchi;
Tashkilotchi Asosiy G‘olib bilan bog‘lanish imkonsizligi yoki Asosiy G‘olib tomonidan Aksiya shartlari buzilishi yoki Asosiy G‘olibning Aksiya shartlariga boshqacha tarzda muvofiq kelmasligi holatida Asosiy G‘olibni almashtirish ehtimoli uchun Muqobil G‘oliblarni aniqlaydi.
Aksiya Tashkilotchisi shunday Zaxira (Muqobil) G‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan Ishtirokchilarning ismini oshkor qilishga majbur emas.
8.5. Har bir Asosiy G‘olib Aksiya Tashkilotchisining telefon raqamidan qo‘ng‘iroq orqali xabardor qilinadi +998 97 008 01 23
Agar Aksiyaning Asosiy G‘olibi xabarlardagi so‘rovlarga javob bermasa, yoki Aksiyaning Asosiy G‘olibi Tashkilotchi tomonidan Asosiy G‘olibni aniqlash paytidan 48 soat davomida qo‘ng‘iroqlarga javob bermayotgan, Aksiya Tashkilotchisiga bog‘liq bo‘lmagan texnik xarakteristikalarning har qanday boshqa sabablari paydo bo‘lgan holatda, hamda agar Asosiy G‘olib Aksiyaning Tashkilotchisi tomonidan uning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishga o‘z roziligini bermayotgan bo‘lsa, u holda Asosiy G‘olib Aksiyaning Tashkilotchisini qaroriga e’tiroz bildirmasdan g‘oliblikka o‘z imkonini yo‘qotadi, Ishtirokchining g‘olib bo‘lgan Arizasi esa Tashkilotchi tomonidan bekor qilinadi. Ushbu holatda Sovrin Muqobil G‘olibga qayta tayinlanadi. Muqobil G‘olib bilan aloqa mavjud bo‘lmagan yoki Muqobil G‘olib tomonidan Aksiya shartlari buzilishi yoki Muqobil G‘olibning Aksiya shartlariga boshqacha tarzda muvofiq kelmasligi holatida, Sovrin keyingi Muqobil G‘olibga o‘tadi.
8.6. Ishtirokchiga biriktirilgan telefon raqami ushbu Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan Aksiyaning butun Muddati davomida Ishtirokchida saqlanib qolishi kerak. Ishtirokchining telefon raqami o‘zgarishi holatida, Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etish huquqini yo‘qotadi, agarda ushbu Ishtirokchi G‘olib bo‘lsa, u holda G‘olib Aksiya Sovrinini olish huquqini yo‘qotadi.
9. SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI/TARTIBI
9.1. Sovrinni taqdim qilish Tashkilotchining Toshkent shahridagi ofisida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining hududlaridan tashrif buyurgan g‘oliblarga sovrinlarni toshirish G‘olib ko‘rsatgan manzil bo‘yicha pochta orqali yetkazib berish bilan amalga oshiriladi. Sovrin topshirilishi G‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (amaldagi fuqaro pasporti/ID-kartasi) asli taqdim etilishida amalga oshiriladi. G‘olibning pasporti o‘z ichiga G‘olibning yakka identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR), uning haqiqiy doimo (vaqtinchalik) yashash joyini to‘liq va aniq manzilini kiritishi kerak. G‘olibda individual identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) va/yoki G‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjatda (amaldagi fuqaro pasporti/ID-kartasi) G‘olibning haqiqiy doimo (vaqtinchalik) yashash joyini to‘liq va aniq manzili mavjud bo‘lmagan holatda, G‘olibning haqiqiy doimo (vaqtinchalik) yashash joyini to‘liq va aniq manzili va/yoki G‘olibning STIR haqidagi ma’lumotlar G‘olib tomonidan qo‘shimcha taqdim etiladi.
9.2. Agar G‘olib Aksiya sovrinlari o‘yinlari tugaganidan so‘ng 30 (o‘ttiz) ish kuni mobaynida o‘z sovrinini olib ketmasa, Tashkilotchi ushbu Sovrinni bekor qilishga haqli.
9.3. G‘olib sovrinni rasmiylashtirish / olishda G‘olibning shaxsiy ma’lumotlari va personal ma’lumotlari ko‘rsatiladigan barcha kerakli hujjatlarni (sovrinni rasmiylashtirish / olish jarayoni bilan bog‘liq) imzolash majburiyatini oladi, shuningdek u Tashkilotchiga G‘olibning shaxsiy ma’lumotlar va personal ma’lumotlari ko‘rsatiladigan barcha kerakli hujjatlarning asl nusxalari va/yoki nusxalarini taqdim etish majburiyatini oladi (sovrinni rasmiylashtirish / olish jarayoni bilan bog‘liq).
9.4. Aksiya G‘olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortishi, shu jumladan talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi, shu jumladan sovrinlarni olishda shaxsiy ma’lumotlar bilan cheklanmagan holda, G‘olibning sovrinni olishdan bosh tortishi deb hisoblanadi.
9.5. Tashkilotchilar, agar G‘olib ushbu Qoidalarning Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan barcha talab va shartlarni bajarmagan bo‘lsa, G‘olibga sovrin berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladilar.
9.6. Sovrinlar Aksiya sovrinlari o‘ynalgandan keyin 30 (o‘ttiz) ish kunidan kechiktirmasdan topshiriladi. Dushanbadan, shu jumladan, juma kungacha bo‘lgan kunlar ish kunlari hisoblanadi. Sovrinlar dushanbadan jumagacha soat 10:00 dan 12:00 gacha va 14:00 dan 18:00 gacha beriladi (O‘zbekiston Respublikasida belgilangan dam olish va bayram kunlari bundan mustasno).
9.7. Agar G‘olib Toshkent shahri hududida istiqomat qilayotgan holatda Har haftalik sovrinlarni berish joyi va manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Ko‘kcha Darvoza ko‘ch., 27
9.8. G‘olib Toshkent shahri hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan holatda Har haftalik sovrinlarni berish joyi va manzili: Tashkilotchi G‘olibdan G‘olib sovrinni pochta berish punktidan olishi mumkin bo‘lgan manzilni so‘raydi.
9.9. Aksiya sovrinlarini pullik yoki har qanday boshqa ekvivalent bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar almashtirilmaydi yoki qaytarib olinmaydi.
9.10. Ushbu Qoidalarning shartlarini bajarmagan Aksiya G‘olibi Sovrinlarni olish huquqini yo‘qotadi. Bunday holatda Aksiya Tashkilotchisi bunday Sovrinni o‘z ixtiyori bo‘yicha qo‘llaydi.
9.11. Aksiya G‘olibi ushbu holatlarda qaysi vaqtda ma’lum bo‘lishidan qat’iy nazar, quyidagi hollarda hech qanday tovonsiz, shu jumladan pulsiz tegishli sovrinni olish huquqini yo‘qotadi:
9.11.1. agar Aksiya G‘olibi unga muvofiq sovrinni topshirish paytigacha ushbu Qoidalarni qonunbuzari deb tan olinsa;
9.11.2. agar Aksiya G‘olibi og‘zaki yoki yozma ravishda elektron yoki boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda sovrinni olishdan bosh tortganligini e’lon qilsa;
9.11.3. Aksiya G‘olibini identifikatsiya qilish imkoni bo‘lmagan holatda;
9.11.4. shunday G‘olib bilan bog‘lanishning 3 (uchta) muvaffaqiyatsiz urinishlardan keyin;
9.11.5. G‘olib Tashkilotchiga shaxsiy ma’lumotlarini berishdan bosh tortgan taqdirda;
9.11.6. G‘olib ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha kerakli ma’lumotlar va hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda.
9.12. Sovringa egalik huquqi G‘olibga bunday sovrin topshirilgan paytdan boshlab beriladi, Aksiya G‘olibi o‘ziga berilgan Aksiya sovrinini keyinchalik qo‘llash bilan bog‘liq barcha choralarni mustaqil ravishda ko‘radi.
9.13. Agar Aksiya G‘olibi tomonidan sovrinni, Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan sabablarga ko‘ra Aksiya Sovrinlari o‘ynalgandan keyin 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida yuborish/qabul qilish imkoni bo‘lmasa:
- G‘olibning ishlamaydigan telefon raqami;
- G‘olib qo‘ng‘iroq qilib tushib bo‘lmaydigan noto‘g‘ri telefon raqamni ko‘rsatgan;
- G‘olib yashash joyi manzilini noto‘g‘ri ko‘rsatgan;
- kompyuter tizimlari, pochta serverlari, internet-provayderi tarmoqlari ishida uzilishlar, nosozliklar, xatoliklar;
- Internet tarmog‘ida uzilishlar, xatoliklar va nosozliklar;
- Internet, elektr energiya mavjud emasligi/bloklanishi;
- Aksiya G‘olibining pochta manzillari bilan pochta xizmatlari va (yoki) saytlarining davlat hokimiyati organlari tomonidan bloklanishi, ularni ekstremistik va (yoki) terroristik deb tan olinishi;
ushbu holatda Aksiya sovrini talab qilib olinmagan deb tan olinadi, va muvofiq G‘olib tomonidan takroran talab qilib olinishi mumkin emas, va Aksiya Tashkilotchisi tomonidan o‘z ixtiyori bo‘yicha qo‘llaniladi.
9.14. Tashkilotchi Internet-provayderlar, aloqa operatorlari, pochta, kuryer yoki boshqa xizmatlarning pochta va elektron jo‘natmalari kelmagan yoki kechikib kelgan, yo‘qolgan yoki shikastlangan har qanday xatolari uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
9.15. Aksiya Ishtirokchilari Aksiya davomida kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va kiruvchi matnli xabarlar uchun mobil telefon raqamlari mavjudligini ta’minlash uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga oladi.
9.16. Aksiya sovrinini olish huquqi Aksiya G‘olibi tomonidan uchinchi shaxsga berilishi mumkin emas. Yutib olingan sovrinni Aksiyaning boshqa sovrinlari bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlarning pullik ekvivalentlarini to‘lash amalga oshirilmaydi.
9.17. Aksiya sovrinlarining miqdori cheklangan va ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan miqdorni tashkil qiladi. Tashkilotchi tomonidan Ishtirokchilarga sovrinlarni berish majburiyati ushbu Qoidalarning 6.2-bandi va 6.3-bandida ko‘rsatilgan Sovrin fondining umumiy o‘lchami bilan chegaralangan. Shu munosabatda, Aksiya Ishtirokchisi biron bir ustamani, shu jumladan pullik tovonni talab etishi mumkin emas.
9.18. Aksiya sovrinlarini olish munosabati bilan G‘oliblarda kelib chiqadigan shaxsiy daromad solig‘ini to‘lash Tashkilotchi tomonidan o‘z hisobidan va O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq mustaqil ravishda soliq agenti sifatida amalga oshiriladi. Sovrinni olgan G‘oliblarga soliq solish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
9.19. Aksiya sovrinini olish, unga egalik qilish va tasarruf etish munosabati bilan G‘olibdan kelib chiqadigan boshqa to‘lovlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi budjetiga yig‘imlar, komissiyalar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash G‘olib tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
9.20. G‘olib xudi o‘lchamini faqat Tashkilotchi unga taklif qiladigan variantlardan tanlashi mumkin.
9.21. Agar bir xil o‘lchamdagi xudi qolsa, Tashkilotchi G‘olibga xudi o‘lchamini G‘olib uchun mos o‘lcham bilan almashtirish imkoniyatisiz qolgan o‘lchamni berish huquqiga ega.
9.22. Agar Aksiya G‘olibi nogiron bo‘lsa, sovrin bevosita G‘olibning shaxsini, vasiyning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni, vasiylik dalilini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish orqali Aksiya G‘olibining vasiyiga berilishi mumkin.
9.23. Kafolatlangan sovrinlar fiskal chekning fotosurati va raqamini to‘g‘ri yuborgan barcha foydalanuvchilarga beriladi.
9.24. Kafolatlangan sovrin varianti Ishtirokchining xohish-istaklarini ko‘rsatmasdan Tashkilotchining xohishiga ko‘ra beriladi.

10. XARAJATLAR. MAS’ULIYATNI CHEGARALANISHI


10.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi:
10.1.1. Ishtirokchilar Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinlarni olish bilan bog‘liq vazifalarni bajarmaganliklari (o‘z vaqtida bajarmaganliklari);
10.1.2. Ishtirokchilarni Aksiya qoidalari bilan tanishmasligi, shuningdek Aksiya natijalari bilan tanishmaslik;
10.1.3. Ishtirokchilardan elektron pochta xabarlari, qo‘ng‘iroqlar va/yoki elektron pochta xabarlarining, shu jumladan pochta xizmati, aloqa tashkilotlari tomonidan Aksiya o‘tkazilish vaqtida sodir etilgan texnik muammolar va/yoki Internet va/yoki aloqa kanallaridagi firibgarliklar natijasida qabul qilinmasligi;
10.1.4. G‘oliblardan sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va/yoki ma’lumotlarni olmaslik (o‘z vaqtida olmaslik);
10.1.5. Ishtirokchilardan Aksiyani o‘tkazish va Sovrinlarni topshirish uchun zarur bo‘lgan noto‘liq va/yoki noto‘g‘ri kontakt va/yoki boshqa ma’lumotlarni, shaxsiy ma’lumotlarni olish;
10.1.6. Aksiya Tashkilotchisining aybisiz uyali aloqa operatorlari, Internet-provayderlarida yuzaga kelgan har qanday texnik nosozliklar, buzilishlar, profilaktika ishlari va boshqalar uchun;
10.1.7. Ishtirokchining Aksiyada ishtirok etishi va (yoki) Sovrin olishi bilan bog‘liq har qanday xarajatlari va(yoki) zararlari uchun.
10.1.8. yengib bo‘lmas kuch holatlari (fors-major), shu jumladan favqulodda holat va/yoki sanitariya-epidemiologik cheklovlar/taqiqlar joriy etilgan taqdirda.
10.1.9. Aksiyaning barcha Ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha va har qanday xarajatlarni (shu jumladan va cheklovlarsiz, uyali aloqa, Internet tarmog‘i operatorlari xizmatlaridan foydalanish, Aksiya haqida har qanday ma’lumot olish, reklama mahsulotini sotib olish va hokazolar bilan bog‘liq xarajatlar) mustaqil ravishda to‘laydilar.
10.1.10 Tashkilotchi Aksiya sovrinlariga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi har qanday nizolar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi. Har qanday holatda, nizolar bo‘yicha yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi va bunday qaror ustidan shikoyat qilinmaydi.
11. Tashkilotchi Internet-provayderlar, aloqa operatorlari, pochta, kuryer yoki boshqa xizmatlarning pochta va elektron jo‘natmalari kelmagan yoki kechikib kelgan, yo‘qolgan yoki shikastlangan har qanday xatolari uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
11.1. Tashkilotchi taqdim etilgan sovrinni olgandan keyin Aksiya G‘olibi tomonidan undan keyingi foydalanishi va Aksiya G‘olibi va/yoki biron sababga ko‘ra taqdim etilgan sovrindan foydalana olmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi. Sovrinlarning sifati va ularga kafolatli xizmat ko‘rsatish uchun (agar taqdim etilsa) ularning ishlab chiqaruvchisi javobgar bo‘ladi.
11.2. Olingan Sovrindan faqat Ishtirokchi bo‘lgan shaxslar foydalanishi mumkin. Sovrin bitim predmeti yoki to‘lov vositasi bo‘ladigan har qanday harakatlar, operatsiyalar, bitimlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
11.3. Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Qoidalarning qoidalarini hisobga olgan holda, ishtirok etish uchun barcha arizalarni haqiqiy emas deb topishi, shuningdek Aksiyada ishtirok etish to‘g‘risidagi hujjatlarni qalbakilashtirgan yoki qalbakilashtirishdan foyda ko‘rgan yoki ushbu qoidalarni buzgan holda harakat qilishi yoki haqiqiy harakat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday odamni bezovta qilish, haqorat qilish, tahdid qilish yoki bezovta qilish niyatida noto‘g‘ri harakatlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablarini buzgan har qanday shaxsga ushbu Aksiyada ishtirok etishni taqiqlashi mumkin.
11.4. Tashkilotchi har qanday vaqtda Aksiyalarning firibgarligiga to‘sqinlik qiladigan qo‘shimcha texnik cheklovlarni joriy etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Agar biron bir Ishtirokchining nohaq xatti-harakatlariga urinish aniqlansa, uning yutug‘i bekor qilinadi va Ishtirokchining o‘zi Aksiyada ishtirok etishdan chetlashtiriladi.
11.5. Tashkilotchi Tashkilotchida mavjud bo‘lgan texnik imkoniyatlar asosida hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Qoidalar qoidalarini hisobga olgan holda Aksiyada ishtirok etishning vijdonliligini mustaqil ravishda baholaydi.
11.6. Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, har qanday turdagi harbiy harakatlar, qamallar, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari, Aksiya hududida amaldagi qonunchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar, Tashkilotchi tomonidan nazorat qilinmaydigan boshqa holatlar kabi fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda javobgar bo‘lmaydi.

12. SHAXSIY MA’LUMOTLAR


12.1. Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchi aniq va dolzarb (ishonchli) ma’lumotlarni ko‘rsatishga, shuningdek o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlari yo‘lida harakat qilib, Tashkilotchiga va u vakolat bergan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan, O‘zR 2019 yil 21 iyundagi "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonun bilan nazarda tutilgan holatlarda va hajmlarda Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarni va boshqa axborotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish, ularni uzatish, shu jumladan transchegaraviy uzatish, qo‘llash, saqlash, foydalanish, ularni saqlashga o‘z roziligini beradi.
12.2. Aksiyada ishtirok etish va Aksiya doirasida Sovrinni olish uchun Ishtirokchi O‘zR amaldagi qonunchiligi bilan ko‘zda tutilgan tartibda ushbu Oferta (Qoidalar) bilan belgilab berilgan ma’lumotlarni (shu jumladan o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini) taqdim etishi kerak.
12.3. Aksiyada ishtirok etib, har bir Ishtirokchi Tashkilotchi tomonidan u taqdim etgan ma’lumotlardan, shu jumladan, ammo cheklanmagan holda, shaxsiy ma’lumotlardan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan marketing va/yoki boshqa har qanday reklama faoliyati bilan, xususan, reklama/marketing maqsadida uning ismi, familiyasi, fotosurati, intervyusi yoki u to‘g‘risidagi boshqa materiallardan bepul foydalanish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining OAV larida nashr qilish (ism va fotosuratlar), har qanday bosma, audio va video materiallar, ommaviy axborot vositalari bilan suhbatlar, Sovrin olingan taqdirda, hamda ma’lumot, xabar yuborish (shu jumladan, reklama xususiyati) va hokazolar uchun, hudud, vaqt va foydalanish usuli bo‘yicha hech qanday cheklovlarsiz va bunday foydalanish Tashkilotchi tomonidan hech qanday tarzda qoplanmasligiga o‘z roziligini tasdiqlaydi.
12.4. Aksiyada ishtirok etib, Aksiya G‘olibi Tashkilotchiga va u vakolat bergan shaxsga uning shaxsiy ma’lumotlaridan, shu jumladan fotosuratlar, intervyular, telefon raqamlari, e-mail va (yoki) u haqidagi boshqa materiallardan Tashkilotchining reklama va(yoki) marketing maqsadlarida foydalanish huquqini beradi, xususan, lekin cheklanmasdan: Tashkilotchi va u vakolat bergan shaxsga Ishtirokchining ma’lumotlari va materiallarini ommaviy axborot vositalarida, har qanday bosma nashrlarda, Internetda, hudud, vaqt va foydalanish usulida hech qanday cheklovlarsiz nashr etish huquqi beriladi; va bunday foydalanish Aksiya Tashkilotchisi tomonidan Ishtirokchiga hech qanday tarzda qoplanmaydi (to‘lanmaydi).
12.5. Aksiyada ishtirok etib, har bir Ishtirokchi kelajakda Tashkilotchi va u vakolat bergan shaxsdan o‘zining mobil telefon raqamiga, e-mail manziliga SMS-xabarlar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (pochta jo‘natmalarini) qabul qilish uchun amal qilish muddati cheklanmagan holda rozilik beradi.
13. BOSHQA SHARTLAR
13.1. Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etishning barcha qoidalari va shartlari bilan tanishishini va ularning to‘liq va shartsiz/shartsiz roziligini tasdiqlaydi.
13.2. Aksiya qoidalari Aksiyani o‘tkazish muddati davomida Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilishi va/yoki qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin. Aksiya Tashkilotchisi istalgan vaqtda Aksiya shartlari, Aksiya o‘tkazish qoidalari va muddatlariga bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi, shuningdek Tashkilotchi aksiya o‘tkazilishini muddatidan oldin tugatish huquqiga ega. Reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalarini o‘zgartirish va / yoki qo‘shimchalar kiritish Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchining veb-saytida e’lon qilingan taqdirda mumkin.
13.3. Aksiya Tashkilotchisi, o‘z xohishiga ko‘ra, Ishtirokchilarga sabablarni tushuntirmasdan va ular bilan yozishmalarga kirmasdan, Aksiya Ishtirokchilarining har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topish, hamda Aksiyada ishtirok etishni taqiqlash, Tashkilotchi Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirayotgani yoki har qanday ma’lumotni soxtalashtirishdan foyda ko‘rayotgani to‘g‘risida asosli shubhaga ega bo‘lgan har qanday shaxsga mukofot olishni rad etish huquqiga ega.
13.4. Ushbu Qoidalarni, ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan har qanday bahsli masalalarni va / yoki masalalarni noaniq talqin qilishga imkon beradigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq yakuniy qaror qabul qiladi.
13.5. Mazkur Qoidalar bilan ko‘zda tutilmagan barcha holatlarda, Aksiya Tashkilotchisi va Ishtirokchilari/G‘oliblari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan rahbarlik qiladi.
13.8. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek nizolarni hal etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilanadi.
13.9. Ushbu Ommaviy ofertaning amal qilish muddati - Aksiya o‘tkazilish sanasi yakunlanguniga qadar.
13.10. Tashkilotchi istalgan vaqtda Aksiya shartlarini o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish, uni muddatidan oldin to‘xtatish, Aksiya haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilish huquqiga ega. Aksiya va uning shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchining veb-saytida e’lon qilingan taqdirda mumkin.
13.11. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirmaslik huquqini, ushbu Qoidalarda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, va nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda ham o‘zida qoldiradi.
Download 52,89 Kb.
1   2




Download 52,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aksiyada ishtirok etuvchi tovarlar

Download 52,89 Kb.