|
Lazerlar haqida umumiy ma’lumot Muhitda tarqalayotgan nurlanishning yutilishi va kuchayishi
|
bet | 3/11 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 100,52 Kb. | | #133983 |
Bog'liq Lazerlar Mazer (Maser - microwave amplification by stimulated emission of radiation) - ingliz so‘zlaridagi bosh harflardan tashkil topgan va mazmuni mikroto‘lqinni majburiy nurlanish hisobiga kuchaytirishdir. Shu ishlari uchun ular 1964 yili Nobel mukofotining sovrindori bo‘lishdi. Kvant elektronikasining rivojlanishi elektromagnit to‘lqinning yangi, infraqizil va ko‘zga ko‘rinuvchi sohalarida kogerent nurlanish olishga yo‘naltirildi. Dunyoning ko‘p ilmiy laboatoriyalarida lazerlar yaratish ustida ish boshlab yuborildi. Bu ishlarning rivojlanishida A.M. Proxorovning kvant qurilmalarida ochiq optik rezanotor sifatida Fabri-Pero ( etaloni) interferometrini qo‘llash g‘oyasi hal qiluvchi omil bo‘ldi. Birinchi gazli lazer (Laser – light amplification by stimulated emission of radiation – ya’ni yorug‘likni majburiy nurlanish hisobiga kuchaytirish demakdir) 1961 yilda neon va geliy aralashmasida yaratildi. Uzluksiz ish holatida infraqizil sohada to‘lqin uzunligi 1,15 mkm bo‘lgan kogerent nurlanish berdi. 1962 yilda geliy-neon lazerlarida ko‘zga ko‘rinadigan sohada, 0,63 mkm to‘lqin uzunlikli, qizil rangli kogerent nurlanish hosil qilindi. Shundan beri geliy–neon lazeri takominllashib kelinmoqda.
Muhit atomlarining qandaydir ikki holati energiyalarining Em-En ayirmasiga mos bo‘lgan chastotali yassi to‘lqin shu muhitda tarqalayotgan bo‘lsin. Nurlanishning oqimi Buger qonuniga muvofiq o‘zgaradi, bunda yutish koeffitsiyenti (20.1) munosabat bilan aniqlanadi: (20.1) bu erda - Eynshteyn koeffitsiyenti, gm, gn - va Nm, Nn lar - m,n holatlarning statistik og‘irliklari va balandliklari. (20.1) dagi Nn/gn va Nm/gm hadlar mos n→m va mn o‘tishlarning ulushlarini ko‘rsatib, bu o‘tishlarda fotonlar yutiladi va induksiyalangan ravishda chiqariladi.
|
| |