• 3. Lazerlarning ishlashi
  • Lazerlar haqida umumiy ma’lumot Muhitda tarqalayotgan nurlanishning yutilishi va kuchayishi




    Download 100,52 Kb.
    bet5/11
    Sana10.01.2024
    Hajmi100,52 Kb.
    #133983
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Lazerlar
    1-sinf odobnoma, Mavzu ko`chish hodisalari, yol-harakati-qoidalari-va-harakat-xavfsizligi-asoslari, kredit siyosati, bux ku, examples-1659067337616, 2-3-Amaliy mashg\'ulot-Funksiyaning hosilasi. Funksiyaning ekstremumlari, 4-5-Amaliy mashg\'ulot-Boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral, Hayot faoliyati havfsizligi mustaqil Xavfsizlikni taminlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish, Mahsulot tayyorlash texnologiyasi amaliy Zargarlik mahsulotlaridagi bezaklarning turlari va ulardagi ramziy ma’nolar, Audit, Xorijiy investisiyalar mustaqil O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari, BOLALAR TAFAKKURI VA INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI (1), 7-Mavzu Korreksion pedagogika va inklyuziv ta’lim asoslari (1), 2 Qutblanish

    Yuqorida muhokama qilingan va majburiy o‘tishlar bilan bog‘langan kogerent nur chiqarishdan tashqari, muhit atomlari spontan o‘tishlarda ham qatnashib, natijada bir-biri bilan hamda tashqi maydon bilan kogerent bo‘lmagan to‘lqinlar chiqarilishini yoddan chiqarmaslik kerak. Shunday qilib, aktiv muhitning nurlanishi har doim kogerent va kogerent bo‘lmagan qismlarning aralashmasidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi munosabat, xususan, tashqi maydonning intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Oxirgi holni tushuntirish oson, chunki majburiy chiqarish jarayonida qatnashgan atomlar uyg‘onish energiyasidan mahrum bo‘ladi va, demak, spontan ravishda nurlantira olmaydi. Yuqoridagini batafsil analiz qilish majburiy o‘tishlar ta’sirida kogerent bo‘lmagan spontan nurlanishning to‘liq intensivligigina emas, balki uning spektral tarkibi ham o‘zgarishini ko‘rsatadi.

    3. Lazerlarning ishlashi

    Energetik sathlari invers ravishda bandlangan muhitning yorug‘likni kogerent kuchaytirishi bunday muhitdan monoxromatik nurlanishning yo‘naltirilgan oqimi hosil qilish uchun foydalanish imkoniyatini belgilab berdi.

    Fabrin-Pero interferometrlarida qo‘llaniladigan ko‘zgularga o‘xshash ikki ko‘zgu o‘rtasiga qo‘yilgan aktiv muhit yorug‘likni qanday nurlantirishini ko‘raylik (20.1-rasm).

    rasm. Optik kvant generatorining prinsipial chizmasi


    Bunday sistemani aktiv optik rezonator deb aytish qabul qilingan. A nuqtadagi uyg‘ongan atom invers balandlikka ega bo‘lgan sathlar o‘rtasidagi spontan o‘tish natijasida to‘lqin chiqargan bo‘lsin.

    To‘lqin aktiv muhitda o‘tadigan yo‘l qancha katta bo‘lsa, to‘lqin shuncha kuchayadi. Rezonator o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan yo‘nalishlarda kuchaytirish eng kam bo‘ladi. Boshqa yo‘alishlarga birmuncha ko‘proq yo‘l mos keladi va demak, birmuncha ko‘proq kuchaytirish mos keladi. (20.1-rasmda) bunday hol kuchaytirilayotgan yorug‘lik oqimidagi strelkalarning sonini ko‘paytirish bilan sxematik ravishda ko‘rsatilgan. Kuzgudan qaytgandan keyin to‘lqin yana aktiv muhitda tarqaladi va uning amplitudasi o‘sib boradi. Keyin to‘lqin qarama-qarshi turgan ko‘zguga etadi, undan qaytadi va aktiv muhitda ko‘chayishda davom etadi, shundan so‘ng aytib o‘tilgan sikldagi hamma bosqichlar takrorlanadi va rezanatordagi to‘lqinning energiyasi ortib boradi.


    Download 100,52 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 100,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lazerlar haqida umumiy ma’lumot Muhitda tarqalayotgan nurlanishning yutilishi va kuchayishi

    Download 100,52 Kb.