|
Lazerlarning ishlash prinsiplari
|
bet | 9/23 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 216,62 Kb. | | #160455 |
Bog'liq zo\'r Agar to‘lqinning L yo‘ldagi kuchayishi uning ko‘zgulardan qaytgandagi energiya isroflarining yig‘indisidan katta bo‘lsa, har bir yugurishdan so‘ng to‘lqinning amplitudasi borgan sari kattaroq bo‘ladi. To‘lqin energiyasining u() zichligi kuchaytirish koeffitsiyentining kattaligi to‘yinish effekti natijasida ancha kamayadigan bo‘lguncha to‘lqin kuchayaveradi. Statsionar holat muhitdagi kuchayishning energiya isroflari yig‘indisi bilan raso kompensatsiyalanish shartiga mos keladi. Shunday qilib, lazerlardan nurlanishni generatsiya qilish masalasida to‘yinish effekti prinsipial ahamiyatga ega. Nurlanishning yo‘naltirilgan oqimini generatsiyalash imkoniyatini belgilaydigan miqdoriy munosabatni quyidagi mulohazalar asosida topish mumkin. Aktiv muhitdagi biror А nuqtada vujudga kelgan va spektral zichligi I0 bo‘lgan nurlanish oqimi rezonator o‘qi bo‘ylab yo‘nalib, o‘ng tomondagi ko‘zguga borayotib kuchayadi, undan qaytadi va chap ko‘zgudan qaytgandan so‘ng o‘zining dastlabki yo‘nalishida tarqalib, yana А nuqtadan o‘tadi. Shunday qilib, nurlanish rezonatori tarqalishining bir siklida 2L ga teng yo‘l bosib o‘tadi. Agar energiya hech isrof bo‘lmasa, oqim I0 exp[2()L] ga teng kattalikkacha kuchayishi kerak, bu yerda () - kuchaytirish koeffitsiyenti. Lekin ko‘zgularning effektiv reff qaytarish koeffitsiyenti orqali hisobga olingan energiya isroflari natijasida energiya oqimining rezonatordagi bir sikl tarqalishidan keyingi zichligi I0 r2effexp[2()L] ifoda bilan aniqanadi. Shuning uchun rezonatorda nurlanish generatsiya qilish imkoniyati to‘g‘risidagi masalaning (20.3) shartga keltiriladi. Bu yerda 0() - kuchaytirish koeffitsiyentining intensivliklar kichik bo‘lgandagi, ya’ni to‘yinish effekti hisobga olinmagan holdagi qiymati (to‘yinmagan kuchaytirish koeffitsiyenti). (20.3) munosabat tenglikka aylanganda generatsiyaning bo‘sag‘a shartlariga erishilgan bo‘ladi.
|
| |