|
Lc-avtogeneratorlarning ishlash prinsipi Kuchaytirish qurilmalari, chastota ko‘paytirgichlar modulyatorlar
|
Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 31,31 Kb. | | #101550 |
Bog'liq rlrktir
LC-avtogeneratorlarning ishlash prinsipi Kuchaytirish qurilmalari, chastota ko‘paytirgichlar. modulyatorlar. detektorlar va shu kabi bir qator qurilmalar, faqat ularninng kirish uchlariga tashqi qurilmalardan signallar berilganda o‘z chiqishlarida tegishli aks ta’sir signalni paydo qiladilar. Bunday qurilmalar odatda majburan qo’zg‘aluvchi qurilmalar deb ataladilar. Ammo shunday qurilmalar borki, ularning chiqishidagi tebranuvchan kuchlanishlar. ularning kirishiga tashqaridan hech qanday ta’sir kuchlanishi berilmaganda ham hosil bo‘ladi. Bunday tebranishlar avtotebranishlar deb va ularni hosil qiluvchi qurilmalar avtogeneratorlar (AG) yoki generatorlar deb ataladilar. Tebranishlarai generatsiyalash axborot tizimlaridagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Avtogeneratorlar doimiy tok elektr manbai (EM) quvvatini so'nmaydigan davriy tebranishlar quvvatiga aylantirib beradilar. AG ning srukturaviv sxemasi 8.1-rasmda keltirilgan.
|
| |