1- jadval. Pishirish (bug`latish) qozonlarning texnik xarakteristkalari
Ko`rsatkichlar
|
Pishirish (bug`latish) qozonlari rusumlari
|
5 А
|
6 А
|
27 А
|
28 А
|
Д 9-41 А
|
Ishchi sig`imi, m3
|
0,06
|
0,012
|
0,06
|
0,15
|
0,15
|
Bug` bosimi, MPa
|
0,6
|
0,3
|
0,6
|
0,6
|
0,6
|
Aralashtirgich el.dv.
quvvati, kVt
|
-
|
-
|
1
|
1
|
-
|
Gabarit o`lchamlari, mm
uzunligi
eni
balandligi
Massa, kg
|
1100
758
1400
300
|
1400
730
1360
200
|
1275
830
1485
400
|
1120
955
1610
450
|
1800
1000
1200
440
|
Montajga qozonlar tayyor yig`ilgan holda keladi. Tayanch oyoqlar poydevorga 4 dona M16 fundament boltlari bilan qotiriladi. Gorizontallik holati aralashtirgich valiga obtarozini quyish yo`li bilaí tekshiriladi: gorizontallik va vertikallikdan 1 m uzunlikga 0,3 mm; balandlik belgisi bo`yicha og`ish 10 mm; yuqoridagi ko`rinishda montaj o`qlari bo`yicha og`ish 10 mmgacha bo`lishi kerak.
Qozon holati bir soat mobaynida salt holatda tekshiriladi.
Tekshirishda aralashtirgichning bir me`yorda, kuraklari qozon devoriga tegmasdan aylanishi, qozonning poydevorga qattiq qotirilganligi aniqlanadi.
Ishni boshlashdan oldin ehtiyot klapani sozligi tekshiriladi, qozon ichi ko`riladi va qozon mahsulot bilan to`ldiriladi. Kondensat olib chiqiladigan yo`l (10) va havo krani ochiladi. Undan keyin astag`sekin bug` ventili ochiladi va havo ventili yopiladi.
Pishirish vaqtida manometr ko`rsatgichi va kondensat otvodchik ishi doimiy nazorat qilib turiladi.
31-A rusumidagi vacuum-bug`latgichni o’rnatish. Bu qurilma mahsulotlarni bug`latish (pishirish) uchun vacuum-isitgich yoki vacuum-bug`latgich sifatida ishlatiladi.
Bu apparat ikki tanali statsionar 150 l sig`imli qozondan iborat bo`lib, uning ichida ikki kurakli aralashtirgich o`rnatilgan. Apparat qozoni flanetsli mis sig`im bo`lib, atrofi po`lat bug` qobiq bilan o`ralgan. Mis sig`imga flanetsli birikma orqali zichlagichlar va boltlar yordamida mis qopqoq mahkamlangan. Aralashtirgich elektrodvigatel, chervyakli reduktor va tishli g`ildirak juftligi orqali aylantiriladi.
|