• Yuqorienergetik fotonli nurlanish manbalari.
  • MDH davlatlarda ishlab chiqarilgan ayrim gamma-apparatlarning asosiy xarakteristikalari (tavsiflari)




    Download 0.54 Mb.
    bet4/13
    Sana04.04.2021
    Hajmi0.54 Mb.
    #14175
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    MDH davlatlarda ishlab chiqarilgan ayrim gamma-apparatlarning asosiy xarakteristikalari (tavsiflari).

    Apparat turi0

    Nurlanish manbai

    Aktiv qismi

    ning diametri, mm



    Qulayligi

    Puldan radiatsion kallakga masofa, m

    Apparatning massasi, kg

    Yortitilayotgan po‘lat

    ning qalinligi, mm



    Universal shlangli

    “Gammarid-11”

    Tuliy-170

    3

    Ko‘tarib yuradigan

    5

    10,5

    1 – 15

    “Gammarid-11”

    Seziy-137

    3

    >>

    5

    16

    6 – 50

    “Gammarid-11”

    Seziy-137

    5

    >>

    8

    19

    15 – 80

    “Gammarid-11”

    Seziy-137

    5

    >>

    13

    19

    15 – 80

    RID-41

    Kobalt-60

    7

    Ko‘chma

    50

    45

    30 – 200

    Qulflanadigan

    “Magistral-1”

    Seziy-137

    5

    Ko‘chma

    30

    35

    15 – 80

    RID-12

    Tuliy-170

    9

    Ko‘tarib yuradigan

    5

    11

    1 – 15

    RID-32

    Kobalt-60

    7

    Ko‘chma

    30

    295

    30 – 200

    RID-44

    Kobalt-60

    15

    Statsionar

    50

    620

    30 – 200

    “Gammarid-20”

    Iridiy-192

    3

    Ko‘tarib yuradigan

    8

    15

    6 – 60

    “Stapel-5”

    Iridiy-192

    1,5

    >>

    3,5

    11,5

    6 – 40

    “Stapel-20”

    Iridiy-192

    3

    >>

    30

    24

    6 – 40


    Frontal yoritish uchun gamma defektoskoplar radiatsion-himoya zonalario‘lchamlarining cheklanganligi tufayli universal shlangli defektoskoplarni qo‘llanish mumkin bo‘lmaganda dala, montaj qilish sharoitlarida,stapellarda, dokda yoki sexda ishlash uchun mo‘ljallangan. Frontal (yo‘naltirilgan) nurlanishli defektoskoplar neftgaz quvurlarni o‘tkazishda (“Gazoprom”), kema qurish sanoatida (“Stapel-5M” va “Stapel-20”) va katta qalinlikdagi buyumlarni nazorat qilishda juda kam mashinasozlikda (RPD-32) payvand birikmalrini nazorat qilish uchun keng qo‘llaniladi.



    3.4-rasm.Shlangli “Gammarid” defektoskoplarining kinematik sxemasi:

    1-uzatuvchi g‘ildirak, 2-uzatuvchi tros,



    3-tutashtiruvchi shlang, 4-nurlanish manbaini tutqich, 5-radiotsion kallak, 6-ampuloprovod, 7-kollimatsiyalovchi kallak.

    3.5-rasm.Frontal va panoramali yoritish uchun “Magistral-1” defektoskopining kinematik sxemasi:

    1-boshqarish uzatmasi, 2-uzatuvchi tros,

    3-tutashtiruvchi shlang, 4-nurlanish manbai-tutqichi, 5-radiatsion kallak.




    Panoramali yoritish uchun gamma-qurilmalar magistral gazoneftquvurlari, shar yoki silindr shakldagi yuqori bosim idishlari, shuningdek g‘ovak aylanish jismlari ko‘rinishdaga boshqa buyumlar sifatini nazorat qilishda keng qo‘llaniladi.

    Shlangli turdagi defektoskoplardan farqli ravishda “Magistral-1” defektoskopida nurlanish manbaini uzatish uchun (manba tutqichini radioatsion kallakdan ko‘chirish uchun) dastaki xam, elektromexanik uzatkich 1 dan ham foydalanish mumkin (3.19-rasm). Elektromexanik uzatkich kalakning truprovod (quvur) ichida 1,5 km gacha masofaga ko‘chishini ta’minlaydi.



    Xorijda “Zayfert” firmasining (GFR) “Gammamet”, TK-30, Gammavolt SO-100, AGS firmasining (Fransiya) GAM-120, “Prodakts” firmasining (Angliya) Mark III va boshqa gamma-apparatlari keng qo‘llaniladi. Bu apparatlarda nurlanish manbai sifatida Iridiy-192 izotopdan foydlaniladi. Mazkur apparatlarning o‘ziga xos xususiyatlari massaning uncha katta emasligi ixchamligidir.

    Yuqorienergetik fotonli nurlanish manbalari. Radioatsion defektoskopiyada quyidagi elektronlar tezlatkichlari qo‘llaniladi: chiziqli tezlatkichlar, mikrotronlar va betatronlar. Yuqori nurlanish energiyasi tufayli bu manbalardan qalinligi 70 mm va undan ortiq bo‘lgan buyumlarni nazorat qilishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

    Chiziqli tezlatkich (3.6-rasm) silindr sirtida joylashtrilgan fokuslovchi elektronmagnit 2 bo‘lgan vakuumli silindrik tezlatkich kamera 1 ko‘rinishda ishlangan. Yuqori chastotali generator 3 volnovod 5 da yuguruvchi elektromagnit to‘lqining hosil bo‘lishni ta’minlaydi, bu to‘lqining elektr maydoni silindr o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan. Pushka 7 bilan generatsiyalanuvchi elektronlar 30 – 100 keV energiya bilan impuls tarzda yuguruvchi to‘lqin elektr maydoni bilan tezlashtiriladi. Keyin tezlashtirilgan elektronlar nishon 4 ga kelib tegadi, unda (5  75000)∙10-5 Kl/kg ekspozitsion dozali tormoz nurlanishi vujudga keladi. CHiziqli tezlatkichlarning afzalligi tormoz nurlanishning intensivligi katta bo‘lishidan iborat. Masalan, 10 – 25 MeV energiyali chiziqli tezlatkichlar ekspozitsion dozasini quvvati nishondan 1 m masofada 2000 – 25000 R/min ni tashkil etgan tormoz nurlanishni vujudga keltiradi. SHu tufayli ular 400 – 500 mm qalinlikdagi payvand choklarini nazorat qilishda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi.

    3.6-rasm.CHiziqli tezlatkich sxemasi:

    1-kamera, 2-elektromagnit, 3-generator,

    4-nishon, 5-volnovod, 6-vakuumli nasos,



    7-elektron pushka (to‘p).

    3.7-rasm. Mikrotron sxemasi:

    1 - kamera, 2 - rezonator, 3 - elektromagnit,

    4 - volnovod, 5 - magnitron, 6 - nishon,

    7 - uyg‘onish chulg‘ami, 8 - vakuumli nasos.

    Tezlatkichlar nurlatkich va elektr ta’minot bloklari, issiqlik almashtirgichlar va boshqarish bloklaridan iborat ixcham qurilmadan iborat. Sanoatda LUE-10/1D, LUE-10/2D, LUE-15-1500D, LUE-8-5V, LUE-5-500D tezlatkichlar qo‘llaniladi.



    Mikrotron (3.7-rasm) vaqt bo‘yicha o‘zgarmas va magnit maydoni bir jinsli elektronlarni siklik rezonansli kuchaytirgichi. Mikrotronda vakuumli kamera 1 ga kiritilgan elektronlar turli radiusli, lekin o‘ta yuqori chastotali maydoni elektronlarni tezlashtiradigan rezonator 2 joylashgan joyda umumiy urinish nuqtasiga ega bo‘lgan aylana bo‘ylab xarakatlanadi. Tezlanish rezonansi elektronlarning rezanatorning tezlashtiruvchi oralig‘ini har kesib o‘tganda yuqori chastotali kuchlanish davrining karrali ortishi natijasida vujudga keladi. Rezanator volnlvod 4 orqali kuchli impulsli magnitron 5 vositasida uyg‘otiladi. Vakuumli kamera nosos 8 yordamida uzluksiz so‘rma ostida bo‘ladi. Ohirgi orbitadagi tezlashtirilgan elektronlar yohud (4  70)*10-3 Kl/kgdiapazonda ekpozitsion dozali rentgen nurlanishi vujudga keladigan nishon 6 ga kelib tushadi, yoki maxsus qurilma yordamida kameradan chiqarib tashlanadi. Mikrotronning elektron dastasi boshqa turdagi tezlatkichlardan farqli ravishda yuqori monoenergetiklikka ega. Mikrotronning asosiy afzalliklari rentgen nurlanishining yuqori intensivligida, tarqalishi kichikligida va elektronlar dastasi ko‘ndalang kesimi diametrda nisbatan kichikligida (effektiv fokus dog‘i 2 – 3 mm ni tashkil etadi). Sanoatda RMD-10T, MT-20, MR-30 va boshqlar qo‘llaniladi.

    Chiziqli tezlatkichlar va mikrotronlar kichik fokusga ega bo‘lib, yuqori intensivlikdagi tormozli rentgen nurlanishni olishni ta’minlaydi, shu tufayli radioatsion defektoskopiya uchun istiqbolli nurlanish manbalari bo‘ladi.

    Masalan, LUE-10/1D chiziqli tezlatkichdan foydalanilgan nurlanish vaqti S060 izotopiga nisbatan 15 – 20 marta qisqaradi, nazoratning sezgirligi esa 0,8 – 1% ni tashkil etadi.

    Radiatsion defektoskopiyada elektronlarni boshqa tezlaktkichlari betatronlar ko‘p tarqalgan. Betatronda elektronlarni tezlashtirish ularning doiraviy orbita bo‘yicha harakatlanishida vaqt bo‘yicha o‘sib boruvchi magnit maydonida yuz beradi. Betatron (2.18-rasm) elektromagnit 3 ning qutblari orasida joylashgan toroidal vakuumli tezlatkich kamera 1 ko‘rinishda ishlangan. Elektron to‘p 5 elektronlarni toroidal kameraga generatsiyalaydi, u erda elektronlar o‘zgaruvchan magnit maydon vujudga keltiradigan uyurmali elektr maydonda tezlashadi.



    3.8-rasm. Betatron sxemasi:

    1-kamera, 2-magnit korpusi, 3-elektromagnit, 4-rentgen nurlanish,

    5-elektron pushka (to‘p), 6 -nishon.


    Betatronlar chiziqli tezlatkichlar va mikrotronlarga qaraganda kichik nurlanish intensivligini ta’minlashiga qaramay, ular massasi kamligi, gabarit o‘lchamlari uncha katta bo‘lmaganieksplutatsion va iqtisodiy ko‘rsatkichlari ancha yuqori bo‘lgani tufayli defektoskopiyada juda keng qo‘llaniladi.



    Download 0.54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MDH davlatlarda ishlab chiqarilgan ayrim gamma-apparatlarning asosiy xarakteristikalari (tavsiflari)

    Download 0.54 Mb.