• Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning samaradorligini baholash uchun 2 ta uslubiy yondoshish qo‘llaniladi
  • E’tiboringiz uchun rahmat!
  • Лекция Военная эпидемиология




    Download 1 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana12.07.2023
    Hajmi1 Mb.
    #76617
    Bog'liq
    11 - Taqdimot
    Nabijon Boqiy. Qatlnoma, Al Beruniy School, 13247 2 46CE1ACD3FFC48D4DBF1EDD0BDAF6F7093DF5467


    QO‘SHINLARNI EPIDEMIYAGA 
    QARSHI TAYYORLASH VA 
    BAKTERIOLOGIK QUROLLAR 
    TA’SIRIDAN HIMOYA QILISHNI 
    TASHKILLASHTIRISH.


    Epidemik vaziyatni qo‘shinlarning xizmat, jangavor
    tayyorgarlik va jangavor faoliyati kabi turli holatlarida
    baholash, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar
    samaradorligini retrospektiv baholashni, shuningdek, 
    qo‘shinlarni epidemiyaga qarshi himoya qilish chora-
    tadbirlari borasidagi ishlarning sifatini ham nazarda
    tutadi. Qo‘shinlarni epidemiyaga qarshi
    himoyalashning sifati xuddi aholini epidemiyaga qarshi
    himoyalashdagi kabi harbiy tibbiyot amaliyotidagi
    chora-tadbirlarning qanchalik to‘g‘ri tanlanganligi va
    sifatli o‘tkazilganligiga bog‘liq. 



    Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning
    samaradorligini baholash uchun 2 ta uslubiy
    yondoshish qo‘llaniladi: 
    1. Shaxsiy tarkib orasidagi yuqumli kasalliklar
    darajasi va strukturasini bitta va faqat o‘sha
    qismlardagi dinamikasini tahlil qilish, o‘tkaziladigan
    chora-tadbirlar to‘plami va sifatini taqqoslash orqali; 
    2. Turli qismlar, qo‘shilmalar yoki shaxsiy tarkib
    guruhlari orasidagi yuqumli kasalliklar darajasi va
    strukturasini tahlil qilish, o‘tkazilgan chora-tadbirlar
    to‘plami va sifatini tahlil qilish orqali. 



    U yoki bu tekshirishlarning oxirgi natijalarini
    interpretatsiya qilishda ehtiyotkorroq bo‘lmoqlik
    lozim. Samaradorligi turlicha bo‘lgan bir qancha
    chora-tadbirlar sifatli o‘tkazilgan bo‘lsada, yuqori
    samarali bo‘lgan chora-tadbirlarni hisobini to‘g‘ri
    olmaslik yolg‘on tasavvurlarga olib kelishi mumkin. 
    Yuqumli kasalliklarning kamayishi nafaqat ongli
    ravishda yondoshib qilingan chora-tadbirlarning, balki, 
    xizmat sharoiti, jangavor tayyorgarligi yoki jangavor
    faoliyatlar sharoitining o‘zgarishi natijasida ham
    shaxsiy tarkib orasida yuqumli kasalliklarning yuqish
    havfi kamayishiga olib kelish mumkin. 



    Qo‘shinni epidemiyaga qarshi himoya qilish sifati epidemiyaga qarshi
    tizimning 3 ta o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq elementlarida olib borilgan
    ishlar sifatiga bog‘liq: 
    1. Epidemiologo-diagnostik
    2. Tashkiliy-boshqaruv
    3. Ijrochilik tizimlarida.
    BAKTERIOLOGIK RAZVEDKA 
    Bakteriologik razvedka deyilganda, harbiy qism qo‘mondonligi va
    xizmatlari, hamda qo‘shin razvedka o‘tkazish bo‘linmalari, kimyoviy
    xizmat bo‘linmalari, tibbiy va vertikal xizmatlarni jalb qilgan holda
    dushman tomonidan bakteriologik vositalarni qo‘llash ehtimoli borligi
    to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘z vaqtida to‘plash; bakteriologik
    vositalarni qo‘llash usullarini aniqlash; havo, tuproq, suv, oziq-ovqatlar
    pichanlarni bakterial vositalar bilan zararlanganligini o‘z vaqtida aniqlash
    va qo‘llanilgan bakteriologik vositaning turini aniqlash uchun o‘tkaziladigan
    kompleks chora-tadbirlar tushuniladi. Bunday razvedkani qismlarda tibbiy
    xizmat bo‘limi boshqaradi. 



    Bakteriologik razvedkaning vazifalarini shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish
    mumkin: 
    1. Dushman tomonidan bakteriologik qurol qo‘llanilishi xavfi
    tug‘ilganda razvedka xizmati tomonidan olingan ma’lumotlarni yig‘ish va
    umumlashtirish; 
    2. Bakteriologik qurol indikatsiyasi; 
    3. Qo‘llanilgan bakteriologik qurol masshtablarini aniqlash. 
    Razvedka ma’lumotlarini yig‘ish va umumlashtirish
    Ma’lumotlarni yig‘ish tibbiy bo‘lmagan xizmatchilar tomonidan ham 
    amalga oshiriladi. Ko‘pgina yig‘ilgan ma’lumotlarni baholash uchun
    tibbiy xodim talab etiladi. Bu esa, xususan dushman qismlarida epidemik
    jarayon tabiiy yo‘l bilan kechishi hisobiga ba’zi bir yuqumli
    kasalliklarning tarqalishi xavfini e’tiborga olib, o‘z qismlari o‘rtasida
    ommaviy emlash o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholashda
    bakteriologik quroldan himoyalanish zahiralarini yaratishda va boshqalarda
    ahamiyatlidir.



    INDIKATSIYA.
    Bakteriologik qurol indikatsiyasi deganda dushman tomonidan
    bakteriologik qurol qo‘llanilganligi faktini va bunda ishlatilgan bakterial
    vosita turini aniqlashga qaratilgan barcha chora-tadbirlar majmuasi
    tushuniladi.
    Dushman tomonidan bakteriologik qurol qo‘llanilganligi faktini aniqlash
    maxsus bo‘lmagan indikatsiya deyiladi va bunda qo‘llanilgan
    qo‘zg‘atuvchini aniqlashni maxsus indikatsiya deyiladi. Shunga ko‘ra,
    maxsus bo‘lmagan indikatsiya bakteriologik qurol qo‘llanilgan paytda
    o‘tkaziladi, maxsus indikatsiya esa bakteriologik qurol ishlatilganda uni
    asoratlarini yo‘qotishda qo‘llaniladi. Indikatsiyani o‘tkazish uchun asosan
    kimyoviy va tibbiy xizmat kuch va vositalari ishlatiladi. 
    Maxsus bo‘lmagan indikatsiyaning vazifalarini radiatsion-kimyoviy
    razvedka bo‘limlari va barcha harbiy xizmatning kuzatuv postlari olib borishi
    kerak. Bakteriologik qurol qo‘llanilganda shubha tug‘diruvchi holatlarga
    quyidagilar kiradi: snaryadlarni portlatish natijasida va dushman
    samolyotlari ketidan aerozol hosil bo‘lishi, yerda suyuqlik tomchilari
    kukunsimon moddalar yoki bo‘g‘imoyoqlilarni, kemiruvchilarni g‘ayri-
    tabiiy to‘planishi va boshqalar.


    E’tiboringiz uchun rahmat!

    Download 1 Mb.




    Download 1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Лекция Военная эпидемиология

    Download 1 Mb.
    Pdf ko'rish