|
Личностно-ориентированная модель методической службы
|
bet | 1/2 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 210,93 Kb. | | #233809 |
Bog'liq 3.2 4-mavzu
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT VAZIRLIGI
JISMONIY TARBIYA VA SPORT BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI NUKUS FILIALI
«BOSHLАNG‘ICH GIMNАSTIKА MАSHG‘ULOTLАRINI O‘QITISH USLUBIYATI»
Moduli bo‘yicha nazariy mashg‘ulot
Maktabgacha ta‘lim muassasalari jismoniy tarbiya
instruktorlari yo‘nalishi uchun
MAVZU:
GIMNАSTIKА MАShG‘ULOTI VOSITАLАRI
Reja:
- Gimnastika mashg‘ulotining tuzilishi.
- Mashg‘ulot vositalarini tanlash.
- Umumrivojlantiruvchi mashqlar tasnifi.
- Mashqlarni meyorlash.
Maxsus ishlab chiqilgan harakat formalari gimnastikaning tipik vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida odamning hayotiy muhim harakatlantiruvchi qobiliyatlari takomillashtiriladi. Ko‘p mashqlar odamlarning mehnat harbiy va turmush faoliyatidan (Yurish, Yugirish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvozanat saqlash, uloqtirish, to‘siqlardan oshib o‘tish, yuk tashish va h,k.) olingan.
Gimnastika mashqlari pedagogik vazifalarga hamda harakatlantiruvchi faoliyat strukturasiga muvofiq tarzda quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
1. Saf mashqlari- safda birgalikda bajariladigan, bolalarda uyushqoqlik va intizomni, jamoa bo‘lib harakat qilish malakalarini, adl qomatni (safdagidek, qomat tutishni) tarbiyalashga, Shuningdek, ritm va sur`at hissini tarbiyalashga yordamlashadigan harakatlardir. Saf mashqlaridan bir tomondan jismoniy harakat mashg‘ulotlarini (ayniqsa mashg‘ulotning jamo shakllarida) oqilona uyushtirish usuli sifatida foydalaniladi, ikkinchi tomondan esa undan inson organizmini shakllantiradigan va rivojlantiradigan, uyushgan xatti-harakat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalaydigan muayyan harakatlantiruvchi faoliyat sifatida foydalaniladi.
2.Umumrivojlantiruvchi mashqlar - ko‘proq ayrim bo‘g‘in, qismlarida bajariladigan, yani har yoqlama jismoniy tayyorgarlik uchun, organizmning fukntsional imkoniyatlarini kengaytirish va qaddi qomatni tarbiyalash uchun qo‘llaniladigan mashqlardir. Ular ayrim muskul guruhlariga, tana azolariga alohida, Shuningdek, butun harakatlantiruvchi apparatga umumiy tasir ko‘rsatadi, xilma-xil ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonini engillashtiradi
- Erkin mashqlar - tana ayrim azolari bilan qilinadigan turli harakatlarni, Shuningdek, akrobatik va xoreografik mashqlarni birga qo‘shib bajarishdir. Ular (birga ko‘shib bajarilishlarni, davomiyligini sekin-asta marakkablashtirib borish yo‘li bilan) belgilangan talabalarga binoan uzluksiz kompozitsiya tarzida tuziladi. Ulardan asosiy maqsad, koordinatsion qobiliyatni takomillashtirish, ritm va harakat go‘zalligi hissini tarbiyalashdir. Ular harakat uslubini shakllantirishning samarali vositasi hisoblanadi. Erkin mashqlar buyumlarsiz (sport gimnastikasida) va qo‘lga turli buyumlar olib (o‘quv maqsadlarida badiiy gimnastikada va gimnastikachilarning ommaviy chiqishlarida) ijro etiladi. Erkin mashqlarining kompleks xarakterda ekanligi, ayniqsa ular ko‘p martalab takrorlanganda; ulardan kishi organizmi funktsional imkoniyatlarini, yani ishga yaroqliligi-qobiliyati va tayyorgarligini oshirish maqsadida ham foydalanish imkonini beradi.
Amaliy mashqlar- Yurish, Yugirish, uloqtirish, tirmashib chiqish, oshib o‘tish, emaklab o‘tish, muvozanat saqlash, to‘siqlardan oshib o‘tish va h.k. Bolalar ular yordamida hayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni egallaydilar, ularni xilma-xil sharoitda qo‘llanishni o‘rganadilar
3.
Sakrash (tayanmay va tayanib) sakrovchanlikni rivojlantirish, Shuningdek, oyoq va qo‘llarning kuchini, harakat tezligi va aniqligini, chaqqonlik va dadillikni rivojlantirish uchun qo‘llaniladi. Sakrash bolalar organizmining funktsional holatini yaxshilabgina qolmay, balki organizmga umumiy tasir ham ko‘rsatadi. Sakrash ijro etilayotganda muskullar ishidagi «portlovchan»lik tipik bir holdir.
Gimnastikaning asosiy vositalarini kishining maksimal kamol topishi uchun ko‘proq qanday tasir ko‘rsatishini hisoblagan holda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
a) jismoniy hislatlar va harakatlantiruvchi qobiliyatlarni umuman rivojlantirishga qaratilgan mashqlar (saf mashqlari,
umumrivojlantiruvchi mashqlar, o‘yin va estafetalar);
b) hayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan mashqlar (amaliy mashqlar, tayanmay sakrashlar);
v) harakatlantiruvchi qobiliyat va irodaviy hislatlarni intensiv rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan mashqlar (erkin mashqlar, tayanib sakrashlar, asboblarda bajariladigan mashqlar, akrobatika mashqlari va badiiy gimnastika).
Maktabgacha yoshdagi bolalar boshlang‘ich gimnastika mashg‘ulotlari vazifalarini hal etishda gigienik omillar, tabiatning tabiiy kuchlari va jismoniy mashqlar va boshqalardan foydalaniladi. Har xil faoliyat turlariga kiruvchi (qo‘l mehnati, musiqa asboblarini chalish, loy yoki plastilindan narsa yasash, qurish yasash, rasm chizish, kiyinish, yuvinish va boshqalar) xilma-xil harakatlar bolaning jismoniy rivojlanishiga ta’sir etadi. To‘laqonli jismoniy tarbiyaga barcha vositalar, umumiy qo‘llanilganda erishiladi, chunki ularning har biri kishi organizmiga turlicha ta’sir qiladi.
|
| |