Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tavsifi. Xomashyo tavsifi




Download 1,46 Mb.
bet3/10
Sana04.06.2024
Hajmi1,46 Mb.
#260221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI XUDOYBERDIYEV SH.A.

1. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tavsifi. Xomashyo tavsifi
Suv tarkibli shishasimon jinslar asosida sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi ko‘pchigan perlit ishlab chiqarishda asosiy xomashyo material bo‘lib perlitlar va qisman gidratlangan obsidianlar xizmat qiladi. Uning tarkibida uchuvchan komponentlar 1,5 dan 10% gacha tashkil etadi. Perlitlar o‘zining genezisi, teksturasi va texnologik xususiyatlari bo‘yicha shartli ikkita sinfga bo‘linadi:
A - g‘ovak, vulqon lavasining sovishi va qotishida dastlabki hosil bo‘lgan jins;
B - massiv, ikkilamchi shishasimon massaning gidratatsiya jarayonida tarkibni
o‘zgartirishi (asosan past montmorillionitli va kristallangan) natijasida xosil
bo‘lgan jins.
B sinfga mansub jinslarda uchuvchan komponentlar 2 dan 7% gacha mavjud bo‘lib, beton uchun yaroqli ko‘pchigan perlit g‘ovak to‘ldiruvchisini ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Bu g‘ovak to‘ldiruvchi aylanma, vertikal va qaynovchi qatlam pechlarida xomashyoga termik ishlov berib olinadi.
Xomashyo jinslarga qo‘yiladigan talablar jadvalda keltirilgan. A
sinfga mansub perlit issiqlikdan himoyalovchi va konstruksion-issiqlikdan
himoyalovchi betonlar uchun g‘ovak to‘ldiruvchi, B sinfga mansub perlit esa
konstruksion-issiqlikdan himoyalovchi va konstruksion betonlar uchun g‘ovak
to‘ldiruvchi olishda ishlatiladi. Gidratlangan obsidianga bo‘sh gidratlangan massiv shisha mansub bo‘lib, tarkibida bog‘langan suv 0,3 dan 1% gacha tashkil etadi. Masalan obsidian
perlitli va obsidian jinslarini aylanma pechda kuydirish asosida uyilma zichligi
100 dan 400 kg/m3 gacha chaqir tosh va qum olinadi. Ko‘pchigan perlit chaqir
toshining suvshimuvchanligi 1 soat davomida massa hisobida 80% dan oshmasligi kerak.


Ko‘pchigan perlit ishlab chiqaruvchi korxonalar bir-biridan texnologik
sxemasi, ishlatilayotgan tog‘ jinslarining tayyorlanish darajasi (maydalash va
fraksiyalash), xomashyo materiallar xususiyati, tavsifi va to‘ldiruvchini
qo‘llash sohasiga ko‘ra asbob-uskunalar bo‘yicha farqlanadi.
Termik ishlov berish fraksiyalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida olinadigan chaqirtosh uchun har bir fraksiyadan kelib chiqib issiqlik ishlov berish qurilmalari tanlanadi.
Mustahkam kichik suvshimuvchanlikka ega B sinfli perlit asosidagi to‘ldiruvchi olishda issiqlik ishlovi ikki bosqichli sxemada bajariladi; A sinfli perlit asosidagi o‘ta engil qum olishda kuydirish ishlari bir bosqichli sxemada bajariladi. Perlitga issiq ishlov berish xomashyoni kuydirishda yorilishini kamaytiradi, ko‘pchigan perlitning strukturasini va ko‘pchish jarayonini yaxshilaydi, tayyor mahsulotning mustahkamligini oshiradi va suv shimuvchanlikni kamaytiradi.
Perlit xomashyosida kimyoviy bog‘langan suv termik ishlovdan so‘ng massa bo‘yicha 1-3% ni tashkil etadi. Termik ishlov aylanma pechlarda qaynovchi qatlam pechlarida va boshqalarda bajariladi. Termik ishlov harorati xomashyo xususiyatlari va ko‘pchigan perlitning berilgan tavsifi asosida aniqlanadi: B sinfdagi perlitlar uchun 300-6000S atrofida bo‘lib, gazlarning pechga xom granulalarni ortish donasidagi harorati 2000S, materialning keyingi isish harorati 15-20 0S/min tashkil etadi. Issiqlik tayyorlov pechlarida suyuq va gaz ko‘rinishidagi yoqilg‘ilar ishlatiladi, shu bilan birga kuydirish pechlaridan chiqadigan gazlar, bu gazlar bilan isigan havo ham qo‘llaniladi.
Issiqlik tayyorlov pechlaridan isigan material o‘z oqimi yoki maxsus qurilmalar yordamida kuydirish pechlariga uzatiladi. Isitilgan material turli konstruksiyalarga ega pechlar (aylanma, vertikal, qaynovchi qavat)da kuydiriladi. Pechning konstruksiyasi kuydirilayotgan donalar o‘lchami, tayyor maxsulotning berilgan xususiyatlari va rejalashtirilgan mahsuldorlik bo‘yicha tanlanadi. Mayda perlit qumlari yuqorida ko‘rsatigan barcha konstruksiyadagi pechlarda kuydiriladi, chaqir tosh va yirik qumni kuydirish asosan aylanma pechda bajariladi, shu bilan birga qaynovchi qatlam pechlari ham qo‘llaniladi.
Vertikal pechlarning ishlash prinsipi quyidagicha: ma’lum balandlikdan erkin tushayotgan material donalari gazlar harakat tezligining etarlicha o‘zgarishida pechning pastki konus qismida turib qoladi, issiq gaz ta’sirida ko‘pchiydi, yo‘nalgan gazlar oqimida pechdan tashqariga chiqariladi.
Vertikal pechlarda yirikligi 2mm gacha, ko‘pincha 1,2mm gacha maydalangan jinslar kuydiriladi. Bu pechda dastlab jinslar isitiladi, so‘ngra bir necha sekundgacha pishiriladi. Bu ko‘pchitilgan qum donalarining darzliligi, yuqori darajada ochiq g‘ovaklar va suv shimuvchanligi (massa bo‘yicha 500% ga etadi), kichik mustahkamligi bilan tushuntiriladi. Natijada xomashyoning kuydirishdagi darz ketishida donalarni katta qismining o‘lchami 2mm dan oshmaydi. Bir vaqtning o‘zida chaqirtosh va qum yoki faqat chaqirtoshni kuydirishda aylanma pechlar qo‘llaniladi, uning o‘lchami, aylanish tezligi va burchak qiyaligi berilgan kuydirishning davomiyligi va agregatning mahsuldorligi bo‘yicha tanlanadi.
Perlit jinsining yirik fraksiyalari (chaqiq tosh va yirik qum) pechning harakatlanuvchi qavatida, mayda donalar esa osma holatida kuydiriladi. Qisqa muddatli kuydirish (20-60sekund) pech barabanining katta tezlikda (8-18 ayl/min) aylanishi va ikkita forsunka yordamida gaz alangasining yo‘naltirilishi natijasida erishiladi.
Qaynovchi qatlam pechining ishlashi xuddi suyultirilgan qatlamni qo‘llashga ko‘ra asoslangan. Bu pechlarda dona yirikligi 10mm gacha, ko‘pincha yirikligi 5mm gacha qumlar olinadi. Perlitga termik ishlov berish ikki kamerali pechda bajariladi, birinchi kamerada dastlabki isitiladi, ikkinchisida esa kuydiriladi. Kuydirish davomiyligini 5-15minutgacha o‘zgartirish mumkin.
Ko‘pchigan perlit ishlab chiqarish texnologik liniyalari, mahsuldorligi 25, 50 va 100ming m3/yil da, fraksiyalangan jinslar va gaz ko‘rinishidagi yoqilg‘ini qo‘llash rasmda keltirilgan.


Download 1,46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tavsifi. Xomashyo tavsifi

Download 1,46 Mb.